Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti



Download 145,5 Kb.
bet8/10
Sana19.03.2022
Hajmi145,5 Kb.
#501004
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Nazarova Sitora Alisher qizining KURS ISHI

Kobalt (Co). O‘simliklarning 1 kg quruq massasi tarkibida o‘rtacha 0,021
mg kobalt mavjud. Ayrim o‘simliklarda bu ko‘rsatkich 11,6 mg/kg ni tashkil etadi.
Kobalt qo‘proq dukkakli o‘simliklarda uchraydi, ko‘proq tuganaklarda yig‘iladi.
Shuningdek, kobalt generativ organiarda ham to‘planadi, changdonda yig‘iladi va
uning o‘sishini tezlashtiradi.
O‘simlik tarkibidagi yalpi kobaltning 50% ion, 20% vitamin B12 va qolgan
30% barqaror organik birikmalar shaklidadir. B12 mikroorganizmlar tomonidan
sintezlanib, o‘simliklarga tuproqdan o‘tadi yoki azot to‘plovchi tuganaklarida hosil
bo‘ladi. B12 uchraydigan o‘simliklar dukkaklilar, turup, piyozlar hisoblanadi.
Uning 30% ga yaqini yuqori darajada barqarorlikka ega bo‘lgan hali
aniqlanmagan organik birikmalar tarkibida uchraydi. O‘simliklar kobaltni
molibdenga nisbatan 300 marta kam talab qiladi. Kobalt bakteriya va fermentlarning faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Kobalt ta’sirida qand lavlagining
hosildorligi gektariga 30-35 sentnerga shakar miqdori esa 0,8% ga oshishi kuzatiladi.
Kobaltli mikroo‘g‘itlar sifatida kobalt sulfat, kobalt nitrat va kobalt xlorid
tuzlaridan foydalaniladi.
Rux (Zn). Rux ham o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan mikroelementlardan
biri hisoblanadi. Rux o‘simliklarning issiqlikka va sovuqlikka bo‘lgan chidamliligini oshiradi, fosforning ko‘proq o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Rux
tanqisligida noorganik fosforning organik shaklga o‘tishi sekinlashadi, shuningdek
o‘simliklar tanasida saxaroza va kraxmal miqdori kamayadi, azotning nooqsil shakldagi birikmalari to‘planishi kuzatiladi.
Rux yetishmaganda o‘simlik hujayralarining bo‘linishi sekinlashadi, barglar
och yashil (ba’zan oq) tusga kiradi, shakli o‘zgaradi, poyadagi bo‘glim oralari
qisqaradi, mevalar burishib qoladi.
Ruxning tanqisligiga grechika, xmel (qulmoq), qand lavlagi, kartoshka, qizil
beda o‘ta sezgir bo‘ladi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, begona o‘tlar madaniy
ekinlarga nisbatan ruxga boyligi bilan ajralib turadi. Ninabargli o‘simliklar
tarkibida va shuningdek, zaharli zamburug‘larning tarkibida rux ko‘p uchraydi.
Dala ekinlarining ruxga bo‘lgan talabi mevali daraxtlarga nisbatan pastroq bo‘ladi.
Rux nafas olish fermenti karbongidraza tarkibiga kirib, o‘simliklarda auksin
(fitogormon)lar hosil bo‘lishini aktivlashtiradi. Hozirgi vaqtda 30 dan ortiq rux
tutuvchi fermentlar ma’lum.
Fotosintez reaksiyalarida marganes, mis, temirlarning qatnashishi qayd
etilgan, ruxning qatnashishi ko‘rsatilmagan. Lekin u xlorofilldan oldingi
moddalarning hosil bo‘lishidaqatnashadi. Fotosintez jarayonida rux tutuvchi
ferment karboangidraza ma’lum ahamiyatga ega. Rux tutuvchi karboangidraza
no‘xat, petrushka va pomidor xloroplastida aniqlangan. Karboangidraza fermenti
o‘zida 0,31-0,34% foiz rux tutadi.
Oziqa moddalar eritmasida ruxning bo‘lmasligida paxta hosili 43,5 % ga
kamaydi. G‘o‘za shonalash fazasigacha rux tanqisligini deyarli sezmaydi,
keyinchalik unga talab keskin ortdi. Yalpi shonalashda rux bo‘lmasligida hosil
sezilarli kamayib, 68,6 g/tup (78,18 %) ni tashkil etgan bo‘lsa, nazoratda 87,8
g/tup bo‘lgan. Yalpi gullashgacha rux yetishmagan hosildorlik yanada kamroq
bo‘lgan.
Rux konsentrasiyasi 0,5 dan 1 mg/l gacha oshganda paxta hosili ham oshadi,
lekin rux dozasining keyingi 5-20 mg/l gacha ortishida paxta hosili kamayadi.
Rux mikroelementi chigitlarning dala unuvchanligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi,
o‘sish va rivojlanish yaxshilandi hamda paxta hosili 0,9-1,5 s/ga ortishini ta’minladi. Shunisi qiziqki, azotli o‘g‘it me’yoridan qat’iy nazar fosforsiz rux qo‘llash yetarlicha qo‘shimcha hosil olishni ta’minlamadi (0,6+2,0 s/ga). Rux hisobiga birmuncha ko‘p qo‘shimcha hosil (3,2-5,1 s/ga) 250 kg/ga azot va 175kg/ga fosfor fonida olindi.
Ushbu tajriba ma’lumotlari rux samaradorligi tuproqning fosfor bilan
ta’minlanishiga bog‘liqligini tasdiqlaydi. Tuproq tarkibida fosforning dastlabki
miqdori 16,7-21,7 mg/kg bo‘lib, fosforli o‘g‘itlar g‘o‘za hosildorligiga hamisha
ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Lekin, nisbatan yuqori hosil ruxli fosforli o‘g‘itlar qo‘llanilganda olindi.
So‘nggi vaqtda rux mikroelementini vitaminlar, jumladan «C» vitaminning
to‘planish jarayoni bilan bog‘liq ekanligi aniqlangan. olimlarning tekshirishlariga
ko‘ra, rux mikroelementi o‘simlikning yaproq va poyalarida uglevodlar miqdorini
ko‘paytiradi, bu esa o‘simliklarning sovuqqa, qurg‘oqchilikka va sho‘rtob
tuproqlarga chidamli bo‘lishiga bevosita bog‘liq.
Rux birikmasi tuproq chirindisi tomonidan oson yutiladi, shuning uchun
ham bu mikroelementning bir qismi tuproqning chirindili qavatiga chiqadi.
Tarkibida rux bo‘lgan mikroo‘g‘itlar tuproqqa solinganda o‘simlik azot, fosfor,
kaliy, kalsiy birikmalarini yaxshi o‘zlashtiradi. Bu mikroelement tuproq
makroorganizmlari uchun ham zarur hisoblanadi.
Keyingi yillarda g‘o‘zada ruxli mikroo‘g‘itlar samaradorligini o‘rganish
sezilarli kengaydi. Faqatgina 2001-2005 yillarning o‘zida 27 ta tajriba o‘tkazilib,
rux hisobiga olingan qo‘shimcha hosil o‘rtacha 3,9 s/ga ni tashkil etgan.
Ruxli o‘g‘it sifatida ba’zi sanoat chiqindilari, rux sulfat (ruxning miqdori
22%) va polimikroo‘g‘it (PMO‘-7), ruxli oq bo‘yoq ishlab chiqaruvchi zavodlarning chiqindilari ishlatiladi.



Download 145,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish