1.1 Mikroelementlarning tavsifi
Ta’sir etuvchi moddasi mikroelement bo‘lgan mineral o‘g‘itlarga mikroo‘g‘itlar deyiladi. Davriy sistemadagi 107 ta elementlarning 80% shu jumladan og‘ir metallarning barchasi (temir bundan mustasno) mikroelementlardir.
Ular o‘simlik va hayvonlar organizmida (quruq holdagisiga nisbatan hisoblanadi) 0,01% dan oshmaydi. Har yerga solinadigan normasi 0,1-3kg dan oshmaydi. Hozirga qadar 14 ta mikroelementning hayotiy jarayonlardagi muhim
roli, ahamiyati aniqlangan.
Shular jumlasiga B, Mn, Cu, Zn, Co, Mo va boshqalar kiradi. Ular hayotiy
jarayonga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim moddalar, fermentlar, gormonlar, pigmentlar va boshqalar tarkibiga kiradi. Ular o‘simliklar organizmida turli fiziologik va
biokimyoviy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatadi.
Masalan: ular fermentlar aktivligini oshirish orqali, uglevodorodlar
almashinuviga ta’sir o‘tkazadi, fotosintez jarayonida nurni o‘zlashtirishni kuchaytiradi, oqsil sintezini tezlatadi. Ayrim mikroelementlar o‘simliklarning
ayrim foydali xossalarini kuchaytiradi. Qurg‘oqchilikka, sovuqqa chidamliligini
oshiradi, urug‘ning rivojlanishini va pishishini tezlashtiradi, kasalliklarga
chidamliligini oshiradi va xokazo. Zarur mikroelementlarning etmasligi esa
o‘simlik va hayvonlarda modda almashinuvini buzilishiga, ularni turli kasalliklarga
chalinishiga olib keladi.
Masalan: borning etishmasligi bahorgi bug‘doy, kanop va qand lavlagini
kasalliklarga chidamliligini kamaytiradi, marganets etishmasligi fotosintez
intensivligini kamaytiradi, molibden etmasligi barglarda nitratlarning to‘planishiga
va hosilida oqsilning kamayishiga, temirning etmasligi esa barglar xloroziga olib
keladi. Biroq mikroelementlarning ko‘pi ham o‘simlik va hayvonlarga zaharli
ta’sir etadi. Ayniqsa, ko‘pgina og‘ir metallar (masalan, qo‘rg‘oshin va simob)
zaharli ta’sir etadi. Shuning uchun ham tuproqda mikroelementlar miqdori va sifati
aniqlanishi va unga ekiladigan ekinlarning ularga bo‘lgan talabi o‘rganilmog‘i
lozim va shu ma’lumotlar asosida u yoki bu mikroelement turi va miqdoridan
foydalanish kerak bo‘ladi.
Ayrim xorijiy mamlakatlarda keyingi yillarda mikroelementlardan
foydalanish (tarkibida mikroelementlar saqlovchi yangi tur o‘g‘itlarning yaratilishi
va ishlab chiqarilishi ayniqsa kengayib bormoqda) tez sur’at bilan o‘sib bormoqda.
Mikroo‘g‘it sifatida tarkibida mikroelementlar saqlovchi tabiiy ruda
minerallari, ba’zi sanoat ishlab chiqarish chiqindilari, texnik tuzlar, maxsus
tayyorlangan moddalar va aralashmalar, masalan, kompleksonatlar (ichki
kompleks birikmalar); firitlar (qattiq aralashmalar suyuqlanmasidan olinadigan
shishasimon yoki metalsimon donachalar) va boshqalar ishlatiladi.
Mikroo‘g‘itlar ekishdan oldin tuproqqa solish yoki o‘simlikka changlantirish
(sepish) va purkash hamda urug‘larga ishlov berish yo‘li bilan ishlatiladi. Keng
qo‘llaniladigan mikroo‘g‘itlarga borli, misli, ruxli, marganetsli, molibdenli va
kobaltli o‘g‘itlar kiradi.
Mikroo‘g‘itlar kuzgi, lalmi (bahorgi), texnik ekinlar uchun ham, sabzavotlar
uchun ham ishlatiladi, urug‘ va danaklar ularda ivitiladi, hosildorlik yetarlicha
oshadi, olinadigan mahsulotning fitoftoroz bilan zararlanishi hamda nitrat va
radionuklidlar miqdori kamayadi.
Mikroelementlar mineral o‘g‘itlarning asosiy ozuqa elementlari o‘rnini bosa
olmaydi, faqatgina ular ta’sirini to‘ldiradi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish
amaliyoti ko‘rsatishicha, mikroelementlar biri o‘rnini boshqasi bosa olmaydi.
Tuproqda mikroelementlar kam bo‘lganda qishloq xo‘jaligi o‘simliklari yetarlicha
hosil bermaydi, o‘simlik esa turli kasalliklarga chalinishi mumkin.
Fosforli, azotli va kaliyli o‘g‘itlardan foydalanish hamma vaqt ham kerakli
natijani beravermaydi. Buning asosiy sababi tirik organizmlar normal hayot
faoliyati uchun kerakli va kam konsentratsiyada bo‘ladigan kimyoviy elementlar
mikroelementlarning tuproqda yetishmasligi yoki bo‘lmasligidadir. Binobarin,
yuqori sifatli hosil olish uchun o‘simliklarning mineral oziqlanishida tuproqqa
asosiy elementlardan tashqari mikroelementlarni ham to‘ldirib turish darkor
bo‘ladi.
Mikroo‘g‘itlar – o‘g‘itlarning alohida muhim guruhi bo‘lib, ular ko‘pgina
turli xil komponentlar bilan bir qatorda o‘simliklar uchun kerak bo‘ladigan
mikroelementlardir. Qishloq xo‘jaligida borli, marganesli, kobaltli, molibdenli,
misli va ruxli o‘g‘itlar keng miqyosda qo‘llaniladi. Shu bilan bir qatorda ozuqa
sifatida yoddan foydalaniladi.
Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligida mikroo‘g‘itlardan foydalanish miqyosi
kengayib bormoqda. Ularni makroo‘g‘itlar tarkibiga kiritishda komponentlarning
ta’sirlashishi natijasida sodir bo‘ladigan kimyoviy jarayonlarni ham e’tiborga olish
kerak bo‘ladi.
Bizni o‘rab turgan hamma narsalar, jonli va jonsiz mavjudotlar, havo, suv,
tuproq, hayvon, o‘simliklar hamda hammasi kimyoviy elementlarning aralashmasi
yoki birikmasidan iboratdir. Tabiatda ba’zi elementlar tez-tez va ko‘p miqdorda,
ba’zilari onda sonda va oz miqdorda uchraydi. Kislorod (erkin yoki birikma
holida) eng ko‘p miqdorda uchraydi. Tuproq og‘irligining 49,3% ni kislorod
tashkil etadi.
Masalan, yod yer qobig‘ida atigi 0,0001% dir. Bu ikki element o‘rtasidagi
farq g‘oyat kattadir. Hozirgi davrda yer qobig‘ining tarkibi yetarli darajada to‘la
o‘rganilgan. Uning tarkibida kisloroddan tashqari anchagina kremniy (26%),
alyuminiy (7,45%), temir, kalsiy, natriy, kaliy, magniy va vodorod bor. Bu 9 ta
element yer qobig‘i butun massasining 98% dan ko‘prog‘ini tashkil etadi, shuning
uchun ham ular makroelementlar deb ataladi. Biz o‘rgana oladigan yer qobig‘i
massasining 2% dan kamrog‘i boshqa qolgan elementlarga to‘g‘ri keladi. (1.1jadval)
1.1 jadval
Yer qobig‘idagi ba’zi elementlarning (%) hisobida miqdori.
C-0,35
|
Cu-0,01
|
Mn-0,10
|
J-0,001
|
S-0,10
|
Zn-0,02
|
Mo-0,001
|
To-0,001
|
N-0,4
|
Co-0,02
|
B-0,005
|
P-0,12
|
Tabiatda o‘simlik va hayvonlar organizmida, tuproq va suvda juda kam
miqdorda, ko‘pincha 0,001 dan 0,0000000000001% gacha bo‘ladigan kimyoviy
elementlarga mikroelementlar deyiladi.
Bunday elementlarga rux, marganes, bor, mis, molibden, kobalt, xrom, yod,
brom va boshqa elementlar kiradi. Mikroelementlarning yetishmasligi
o‘simliklarning qator kasalliklarini keltirib chiqaradi. Tegishli mikroo‘g‘itlardan
foydalanish kasallikning oldini olibgina qolmay, balkiancha yuqori va sifatli hosil
olishga olib keladi.
Mikroelementlarning ijobiy ta’sir etishining asosiy sababi, ularning
oksidlovchi-qaytaruvchi jarayonlarda, azot almashinuvida qatnashishi
o‘simliklarning kasalliklarga va tashqi muhitning noqulay sharoitlariga nisbatan
chidamliligini oshirish bilan bogiiq bo‘ladi. Ko‘pincha mikroelementlardan ultra
mikroelementlar deb ataladigan guruhga ajratiladi. Bunday elementlar tabiatda
0,00001% dan ham kam bo‘ladi (oltin, simob, radiy, uran va boshqalar). Bularning
aniq chegarasini belgilash qiyin, chunki «ultra» qo‘shimchasi tabiatda bunday
kimyoviy elementlarning kam ekanligini ko‘rsatadi.
«Mikroelementlar» degan nomning o‘zi ham ma’lum darajada shartlidir.
Tirik organizmlar va o‘simliklardagi birorta muhim biokimyoviy yoki fiziologik
jarayon u yoki bu turdagi mikroelementlarsiz amalga oshmaydi.
Hozirgi paytda rux, mis, molibden, marganes, bor, kobaltning fiziologik va
biokimyoviy roli anchagina o‘rganilgan, ularning o‘simliklar metabolizmidagi roli,
to‘qimalardagi sintetik jarayonlardagi bevosita yoki bilvosita ishtiroki,
organizmning o‘sishi va rivojlanishiga ta’siri yetarlicha aniqlangan. Bu mikroelementlarning o‘simliklardagi biologik jarayonlarga, uglevod almashinuviga, oksidlanish qaytarilish reaksiyalariga va fosforlanishga ta’sir etish mexanizmi o‘rganilgan.
Mikroelementlar fermentlar tarkibida ishtirok etib, nuklein almashinuvida va
oqsillar sintezida tengsiz aktivator vazifasini bajaradi, o‘simlik to‘qimalaridagi
turli xil birikmalarda modda almashinuvi tezligi va energiyasiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Mikroelementlar o‘simlik organizmi metabolizmida muhim fiziologo biologik vazifani bajaradi. Ular to‘qimadagi sintetik jarayonlarda qatnashadi,
xususan, o‘simliklar o‘sishi va rivojlanishida, shuningdek organizmdagi
reaksiyaning tezligi va yo‘nalishini belgilab beradi. Ular yetishmaganda organik
moddalar sintezi, fosfor va azot almashinuvi buziladi, o‘simlik to‘qimalaridagi
asosiy almashinish jarayonlari tezligi pasayadi.
Mikroelementlar tuproqda turli xil shakllarda bo‘ladi va o‘simliklarga turli
darajada o‘zlashadi. O‘simliklar uchun kerak bo‘ladigan mikroelementlarning
tuproqda kam bo‘lishi ularda turli xil kasalliklarni keltirib chiqaradi.
O‘simliklar hayotiy faoliyatida har bir mikroelement o‘ziga xos funksiyani
bajaradi. Masalan, mis va molibden o‘simliklar nafas olishi bilan bog‘liq bo‘lgan
oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida, fotosintezda, azot va fosfor almashinuvida,
shuningdek aminokislotalar va xlorofill biosintezida hamda molekulyar azot
fiksatsiyasida qatnashadi.
O‘simliklar oziqlanishida misning yetishmasligi fermentlar faolligini
pasaytiradi,xlorofill va nuklein kislotalarning me’yorida hosil bo‘lishi hamda
oqsillar biosintezi buziladi. Buning natijasida o‘simlik hosildorligi pasayadi.
Shakar lavlagidan yuqori hosil olishda ruxning katta ahamiyat kasb etishi
ham aniqlangan. Shuningdek, rux ko‘pchilik donli ekinlarda kasalliklarga
chidamlilikni oshiradi. Rux yetishmaganda g‘o‘za azotning o‘zlashishi kamayadi,
oqsil sintezi buziladi, natijada paxta hosildorligi pasayadi. Dala sharoitida
o‘tkazilgan tajribalar natijasida mis, rux va molibden ammofos tarkibida paxta
hosildorligiga va vilt bilan kasallanishning oldini olishga ijobiy ta’siri aniqlangan.
Mikroelementlar o‘simlikning o‘sishiga, rivojlanishiga va hosil to‘plashiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.
Bunda kasallangan o‘simlikdagi viltning 25-27% ga kamayishi, hosildorlikning 10-13% ga ortishi aniqlangan. Kasallangan o‘simliklarda rux va
molibdenga bo‘lgan talab sog‘lom o‘simlikka nisbatan katta bo‘ladi.
Mikroelementlarni asosiy o‘g‘itlar bilan birgalikda qo‘llanilishi
o‘simliklarga azot o‘zlashishini 5-9% ga va fosfor o‘zlashishini 4-5% ga oshiradi, bu esa paxta hosildorligini 2,5 dan 7,0 s/ga ga oshishini ta’minlaydi. Turli xil qishloq xo‘jalik ekinlarining har xil mikroelementlarga bo‘lgan talabi turli tuproqlarda bir xil bo‘lmaydi.
Tuproqda kerakli shakldagi bor, marganes, mis, molibden, ma’lum
sharoitlarda esa kobalt, rux, yod, vanadiy va boshqa mikroelementlar yetishmasa,
qishloq xo‘jaligi ekinlarida o‘ziga xos kasalliklar yuzaga keladi, bu esa hosil sifati
pasayishiga olib keladi. Bunday hollarda mos holdagi mikroo‘g‘itlardan foydalanish natijasida o‘simliklar kasallanishi bartaraf etiladi va o‘simlik mahsulotlari sifati yaxshilanadi.
Mikroelementlar ta’sirida ko‘pgina o‘simliklardagi saxaridlar, kraxmal yoki
oqsil, vitamin va yog‘lar miqdori ortadi. Shuningdek, mikroelementlar
qo‘llanilganda o‘simliklarning qurg‘oqchilikka, haroratning ortishi va pasayishiga
chidamliligi ortadi, zararkunandalar va kasalliklarga chidamliligi ortadi.
Qishloq xo‘jaligining mikroo‘g‘itlarga bo‘lagan talabi keyingi paytlarda
mikroelementlar bilan boyitilgan asosiy shakllardagi oddiy va kompleks mineral
makroo‘g‘itlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali amalga oshirilmoqda.
Ularning iqtisodiy samaradorligi ham yuqori bo‘lishi aniqlangan.
Ba’zi elementlar tuproqda va tog‘ jinslarida (temir, aluminiy, kremniy) ko‘p
miqdorda uchraydi, tirik organizmlarda esa juda kamdir. Tirik organizmlardagi
asosiy massani suvda oson eruvchi birikmalar va gaz hosil qiladigan kimyoviy
elementlar tashkil etadi. Bularni organizm yaxshi o‘zlashtiradi. Lekin aluminiy va
kremniy yer qobig‘ida juda keng tarqalgan (qum, loy, liar xil silikatlarning g‘oyat
ko‘p qismi ana shu elementlardan tashkil topgan). Tirik organizmlarda esa bir
necha ming marta kam chunki ular organizmda qiyin eriydigan birikmalar hosil
qiladi.
Kobalt va nikel yer qobig‘ida tirik organizmdagiga nisbatan taxminan 100-
400 marta ko‘p bo‘ladi. Ammo tirik organizm ucliun mos birikma hosil qiladigan
va tez eriydigan kimyoviy elementlar- uglerod, azot,fosfor va yod yer qobig‘ida
kam uchraydi.
Organizmlar ham kimyoviy elementlar miqdorining kam yoki ko‘pligi bilan
bir-biridan farq qiladi. Masalan, o‘simliklarda kremniy, aluminiy, hayvon
organizmida azot, kalsiy, fosfor, bor yoki yod ko‘p bo‘ladi. O‘simlik va hayvonlar
orasida nav yoki turlar borki, ularda bir element boshqa elementga qaraganda ko‘p
miqdorda bo‘ladi.
Masalan, dengiz hayvonlarining orgnizmida yod ko‘p bo‘ladi.
O‘simliklarning me’yorl rivojlanishi uchun 10 ta kimyoviy elementning zarurligi
allaqachon isbotlangan. Bunday elementlarga kislorod, vodorod,uglerod, azot, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, oltingugurt va temir kiradi. O‘simlik oziqasi tarkibida
yuqorida ko‘rsatilgan elementlardan birortasi mavjud bo‘lmasa u qurib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |