- Podagrani oldini olish bu kasallikning paydo bo’lishi va rivojlanishi uchun moyilligi yoki irsiy xavfi mavjud bo’lgan odamlar uchun ayniqsa muhim hisoblanadi. Birlamchi podagra qonda purin asoslari konsentratsiyasining oshishi fonida rivojlanadi, shuning uchun ovqatlanishdagi cheklovlarga amal qilish nafaqat kasallikni davolash, balki oldini olish chorasi sifatida ham qaraladi.
- So’g’lom turmush tarzi va muntazam shifokor ko’rigidan o’tib turish ham podagrani oldini olish chorasidir. Podagra rivojlanishiga turki bo’luvchi xavf omillariga doimiy ochlik (vazn tashlash yoki sog’lomlashtirish uchun bo’lsa ham), tezda vazn yo’qotish, ba’zi preparatlarni qabul qilish (sitostatiklar, har qanday shakldagi siydik haydovchi preparatlar [tabletkalar, o’tlar, choylar]), ko’p alkogol ichimliklari ichish, jarohatlar, depressiya, yuqumli kasalliklar va boshqalar kiradi. Kasallik tashxisi mavjud bo’lganda ham ushbu profilaktik choralar kasallikni yengillashtirishi, rivojlanishini sekinlashtirishi yoki to’xtatishi, umumiy ahvolni yaxshilashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |