3. Tanglay chodirini ko‟taruvchi muskul – m. levator veli palatini bosh
suyakning asosi, eshituv nayidan boshlanib, Yumshoq tanglayga yo‘naladi va tanglay
chodirini ko‘taradi.
4. Tanglay chodirini taranglovchi muskul – m. tensor veli palatini eshituv
nayidan boshlanib, vertikal yo‘naladi va hamulus processus pterygoidei ni aylanib
o‘tib, Yumshoq tanglay aponevroziga birikib ketadi. Bu muskul ko‘ndalang
yo‘nalishda tanglay chodirini taranglaydi.
5. Tilcha muskuli –m. uvulae tanglay suyagining spina nasalis posterior idan
boshlanib, tilchani kattalashtiradi.
Og‗iz bo‘shlig‗idan halqumga o‘tish joyida – bo‘g‗iz teshik (tomoq) – fauces
bo‘lib, Yuqoridan Yumshoq tanglay chodiri, ikki Yon tomondan tanglay ravoqlari,
pastdan tilning orqa Yuzasi va til ildizi bilan chegaralanib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |