(m.sartorius) va medial tomondan oyoqni yaqinlashtiruvchi muskul (m. adductor
longus) bilan chegaralangan. Uchburchakning tubini Yonbosh-bel (m. iliopsoas) va
taroqsimon muskullar (m. pectineus) hosil qiladi. Kavak teshigi (lacuna vasorum)
orqali qorin bo‘shlig‗idan chiqqan qon tomirlar va teri osti nervi sonning uchburchak
sohasi orqali yo‘nalib, pastki burchagiga kelganda, yaqinlashtiruvchi canal (canalis
burchagida bo‘lib, sonni yaqinlashtiruvchi katta muskul (m. adductor magnus) bilan
sonning medial tomondagi serbar muskuli (m. vastus medialis) orasida joylashadi.
Taqim-boldir kanalining medial chegarasini sonni yaqinlashtiruvchi katta muskul (m.
325
adductor magnus), lateral chegarasini esa sonning medial tomondagi serbar muskuli
(m. vastus medialis) hosil qiladi. Kanalni old tomondan ana shu ikki muskul orasida
tortilgan fibros plastinka (lamina vastoadductoria) chegaralab turadi. Kanalning
chiqish teshigi taqim osti chuqurligining Yuqori burchagiga ochiladi. Bu kanal orqali
sondan taqim osti sohasiga son arteriyasi va venasi o‘tadi.
Taqim osti chuqurchasi (fossa poplitea) rombsimon shaklda bo‘lib, Yuqori
burchagi lateral tomondan ikki boshli muskul (m. biceps femoris) bilan, medial
tomondan esa yarim parda va yarim pay muskullari (mm. semimembranosus et
semitendinosus) yordamida chegaralangan. Rombsimon chuqurlikning pastki
burchagi m. gastrocnemius ning medial va lateral boshlari bilan chegaralanadi. Taqim
osti chuqurchasini shu nomdagi arteriya, vena, quymich nerv (n. ischiadicus) yoki
uning shoxlari (katta va kichik boldir umumiy nervlari), yog‗ to‘qimasi va limfa
tugunlari to‘ldirib turadi .
Taqim osti chuqurchasidan taqim-boldir kanali (canalis cruropopliteus)
boshlanadi. Bu kanal boldirning orqa tomonida orqadan m. soleus va oldindan m.
tibialis posterior muskullari orasida bo‘lib, kanaldan n. tibialis va a. et v. tibialis
posterior lar yotadi va ular medial to‘piqning orqa tomonidan oyoq kafti tomoniga
o‘tadi. Canalis cruropopliteus ning shaxobchasi canalis musculoperoneus inferior
(kichik boldir muskulining pastki kanali) bo‘lib, undan a. peronea o‘tadi. Bu kanal os
fibulae ning o‘rta qismi bilan mm. flexor hallucis longus et tibialis posterior
oralig‗ida joylashadi.
Boldirning Yuqori qismida kichik boldir muskulining Yuqori kanali (canalis
musculoperineus superior) joylashgan bo‘lib, undan n. peroneus superficialis o‘tadi.
Oyoq kaftida m. flexor digitorum va m. abductor hallucis orasida kaftning
medial egati (sulcus plantaris medialis ) bo‗lsa, m.flexor digitorum bilan m. abductor
digiti minimi o‗rtasida kaftning lateral egati (sulcus plantaris lateralis) joylashgan. Bu
egatlardan qon tomirlari va nervlar yo‗naladi.
Do'stlaringiz bilan baham: