OYOQ FASSIYALARI
Oyoqda Yuza (fascia superficialis) va chuqur (fascia profundus) fassiyalar
tafovut qilinadi. Oyoqning Yuza fassiyasi gavdaning boshqa yerlaridagi Yuza
fassiyalar kabi teri ostida joylashib, oyoqning barcha muskullarini teridan keyin o‘rab
turadi. Sonning chuqur va serbar fassiyasi (fascia lata) qalin va pishiq bo‘lib, tepada
dumba sohasida (fascia glutea), pastda son va boldirga o‘tib ketadi.
Sonning serbar fassiyasi sonning lateral tomonida yanada qalinlashib, Yonbosh
suyagi bilan sonning lateral ko‘st o‘sig‗i oralig‗ida taranglashadi va tractus iliotibialis
qismini paydo qiladi. Son fassiyasining Yuza varag‗i sonning uchburchak (trigonum
femorale) sohasida, Chov boylami ostida ovalsimon teshik yoki teri osti yirtig‗i
(hiatus saphenus)ni hosil qiladi. Hiatus saphenusning Yoni o‘roqsimon qirrasiga
margo falciformis deyiladi va tepa shoxi (cornu superius) Chov boylamiga birikadi,
pastki shoxi (cornu inferius) sonning chuqur fassiyasiga o‘tib ketadi. Hiatus saphenus
g‗alvirsimon plastinka (lamina cribrosa) bilan qoplangan bo‘lib, undan v. saphena
magna o‘tib, son venasiga qo‘shiladi. Bundan tashqari, fossa ovalis da limfa
tomirlari, teri osti yog‗ qatlami joylashadi. Fassiyaning chuqur varag‗i taroqsimon
muskul, bel-Yonbosh muskullarini qoplaydi, unga Yonbosh-taroqsimon fassiya
(fascia iliopectineus) deyiladi. Bu ikki muskulning joylashgan yeri bir oz chuqurroq
(fossa iliopectinea) bo‘lib, u yerda son arteriyasi va venasi joylashadi.
Son serbar fassiyasining medial va lateral tomonidan muskullararo to‘siq
(septum intermusculare laterale et mediale) chiqib, son suyagining ikki tomoniga
yopishadi. Shunday qilib, sonning serbar fassiyasi oldingi medial va orqa guruh
muskullarini alohida-alohida qin hosil qilib o‘raydi. Medial tomondagi muskullararo
to‘sig‗i (septum intermusculare mediale) sonning to‘rt boshli muskulini sonni
yaqinlashtiruvchi muskullardan ajratsa, lateral tomondagi muskullararo to‘siq
(septum intermusculare laterale) sonning to‘rt boshli muskulini orqa muskullardan
ajratadi.
Bundan tashqari, sonning hususiy fassiyasi har bir muskulni qin hosil qilib o‘rab
turadi. Sonning keng fassiyasi sonning lateral tomonida qalinlashib, Yonbosh, katta
boldir suyagi oralig‗ida taranglashadi. Bunga Yonbosh katta boldir yo‘li tractus
iliotibialis deb ataladi.
Sonning Yuza fassiyasi bilan chuqur fassiya oralig‗ida vena qon tomirlari va
nerv tolalari joylashgan.
Boldir fassiyasi sonning serbar fassiyasi davomi bo‘lib, boldir sohasida oldingi,
orqa va lateral guruh muskullarini qin hosil qilib o‘raydi.
Boldir fassiyasi (fascia cruris) katta boldir suyagining oldingi qirrasi bilan
medial Yuzasining suyak ustki pardasiga yopishgan bo‘lib, oldingi lateral va orqa
guruh muskullarini muskullararo to‘siq (septum intermusculare) lar orqali bir-biridan
323
ajratib, ularni mustahkam o‘rab turadi. Bundan tashqari, septum intermusculare
anterius cruria kichik boldirning uzun va kalta muskullarini alohida qin hosil qilib
o‘raydi. Orqadagi muskullararo to‘siq (septum intermusculare posterius cruris) esa
boldirning orqa guruh muskullarini kichik boldir muskullaridan ajratib turadi. To‘piq
sohasida qalinlashib, ko‘ndalang joylashgan old va orqa tasmani hosil qiladi.
Tepadagi ushlagich tasmalar (retinaculum mm. extensorum superius) boldirning
old guruh muskul paylarini ushlab turadi. Bu tasmadan pastroqda (oshiq-boldir
Bo‗g‗imi ro‘parasida) yozuvchi muskullarning ikkinchi pastki tasmasi (retinaculum
mm. extensorum inferius) joylashgan. Bu tasmalar o‘z navbatida muskul payi
o‘tishiga moslashgan to‘rtta kanalchani hosil qiladi. Eng chekkada joylashgan keng
kanalchadan m. extensor digitotum longus va m. peroneus tertius paylari o‘tadi.
Ikkinchi kanaldan – m. extensor hallucis longus, uchinchi kanaldan (bosh barmoq
tomonda) m. tibialis anterior o‘tadi.
Muskul paylari sinovial qinlar (vagina synovialis) bilan o‘ralgan. To‘rtinchi
kanal o‘rta kanalning orqasida joylashgan bo‘lib, undan a. et v. dorsales pedis n.
peroneus profundus o‘tadi. Bundan tashqari, to‘piqlar orasida boldir fassiyasi
qalinlashib, tasma hosil qiladi. Jumladan ichki to‘piq tasmasi (retinaculum mm.
flexorum) ostidan m. flexor digitorum longus va m. flexor hallucis longus paylari
to‘piqni aylanib o‘tadi. Bu kanal Yuzasida a. tibialis posterior va n. tibialis lar uchun
maxsus kanal joylashgan.
Tashqi to‘piq orqasida boldir fassiyasi qalinlashib, retinaculum mm. peroneorum
superius et inferius ni hosil qiladi, undan mm. peronei longus et brevis paylar o‘tadi.
Ushbu tasmalar ostidan oyoq panjalariga boruvchi muskul paylari qinlarga o‘ralgan
bo‘ladi. Bu pay-qinlar muskul paylarini ishqalanishdan saqlab turadi. Oyoq panjasi
ustidan fassiya (fascia dorsalis pedis) juda Yupqa bo‘lib joylashadi, ostki (kaft)
sohasida esa qalinlashib, kaft aponevrozi (aponeurosis plantaris) ni hosil qiladi. Bu
aponevroz orqadan m. flexor digitorum brevis ga yopishsa, old tomonda bo‘linib,
beshta barmoqqa boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |