o‘sig‗i (spina iliaca anterior superior) dan boshlanib, katta boldir suyagining g‗adir-
F u n k s i y a s i. Tizza Bo‗g‗imida boldirni, Chanoq Bo‗g‗imida sonni bukib
Q o n t o m i r l a r i: a. circumflexa femoralis lateralis, a. genus suprema, a.
314
Medial guruh. Taroqsimon muskul (m. pectineus) qov suyagining o‘tkir qirrasi
– lig. pubicum superius dan boshlanib, shu suyakning qirrali chizig‗i (linea pectinea)
ga yopishadi. Taroqsimon muskul bilan m. iliopsoas oralig‗ida uchburchak shaklli
chuqurcha (fossa iliopectinea) hosil bo‘ladi.
F u n k s i y a s i. Sonni bir-biriga yaqinlashtiradi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. obturatorius (LII–III) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. obturatoria, a. pudenda externa, a. profunda femoris.
Sonni yaqinlashtiruvchi uzun muskul (m. adductor longus) qov suyagidan
boshlanib, son suyagi g‗adir-budur chizig‗ining ichki labiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Sonni bir-biriga yaqinlashtiradi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. obturatorius dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. obturatoria, a. pudenda externa.
Sonni yaqinlashtiruvchi katta muskul (m. adductor magnus) qov va quymich
suyaklari –tuber ischiadicum dan boshlanib, son suyagining g‗adir-budur chizig‗iga
yopishadi. Muskulning tepa qismi ko‘ndalang yo‘nalgan bo‘lib, unga sonni
yaqinlashtiruvchi kichik muskul (m. adductor minimus) deyiladi.
F u n k s i y a s i. Sonni bir-biriga yaqinlashtiradi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. obturatorius dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. obturatoria. a. pudenda externa.
Sonni
yaqinlashtiruvchi kalta
muskul
(m.
adductor brevis).
Sonni
yaqinlashtiruvchi katta muskul tagida joylashgan bo‘lib, qov suyagidan boshlanib son
suyagi g‗adir-budur chizig‗ining tepa qismiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Sonni bir-biriga yaqinlashtiradi.
315
I n n e r v a t s i y a s i: n. obturatorius dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. obturatoria, aa. perforantes.
Nozik (ingichka) muskul (m. gracilis) sonning medial tomonida teri ostida
joylashib, qov suyagining pastki qismidan boshlanadi va boldir suyagining g‗adir-
budur do‘mbog‗i (tuberositas tibiae) ga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Sonni bir-biriga yaqinlashtiradi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. obturatorius (LIII–IV) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. obturatoria, aa. perforantes.
Orqa guruh (115). Ikki boshli son muskulining (m. biceps femoris) uzun
boshchasi (caput longum)– quymich suyagining shu nomli do‘mbog‗i (lig.
Sacrotuberale dan, kalta boshchasi (caput brevis) esa son suyagi g‗adir-budur
chizig‗ining lateral labi – septum intermusculare laterale femoris dan boshlanib,
ikkala boshcha birlashgan holda kichik boldir suyagining boshchasiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Sonni yozadi; boldirni bukib tashqariga buradi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. ischiadicus (LIV–V–SI) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. circumflexa femoris medialis, aa. perforantes.
Do'stlaringiz bilan baham: