Tashqi yopqich muskul (m. obturatorius externus) yopqich teshik va uning
membrana tashqi Yuzalaridan boshlanib, Chanoq-son Bo‗g‗imi kapsulasining orqa va
pastidan o‘tib, son suyagining katta ko‘st chuqurchasiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Sonni tashqariga buradi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. obturatorius (LIII–SIV) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. obturatoria, a. circumflexa femoris lateralis.
SON MUSKULLARI
Son muskullari (114, 115lar) uch (oldingi, medial va orqa) guruh bo‘lib
joylashgan.
Oldingi guruh. To‘rt boshli muskul (m. quadriceps femoris) sonning oldingi,
qisman Yonbosh sathini qoplab joylashadi. Muskulning to‘rtta boshchasi bor:
a) to‘g‗ri (boshchasi) muskul (m. rectus femoris) Yonbosh suyagining oldingi
pastki o‘sig‗i (spina iliaca anterior inferior) dan, quymich kosachasi tepa chetidan, m.
tensor fasceae latae va m. sartorius ning boshlanish joyidan boshlanib, tepasida
boshqa boshchalar bilan qo‘shiladi.
312
b) lateral tomondagi serbar muskul (m. vastus lateralis) linea intertrochanterica
dan, son suyagi g‗adir-budur chizig‗ining lateral labidan boshlanib, pastga yo‘naladi,
patella dan tepada qolgan boshchalar bilan qo‘shiladi.
Chanoq va son muskullari.
1–m. psoas minor; 2–m. psoas major; 3–lig. inguinale; 4–m. piriformis; 5–arcus
iliopectineus; 6–lacuna vasorum; 7–m. pectineus; 8–m. adductir longus; 9–trigonum
femorale; 10–m. gracilis; 11–m. sartorius; 12–m. adductor magnus; 13–m. vastus
medialis; 14–retinaculum patellae mediale; 15–tendo m. sartorii; 16–tuberculum
tibiae; 17–lig. patellae; 18–patella; 19–tendo m. recti femoris; 20–tractus iliotibialis
21–m. vastus lateralis; 22–m. rectus femoris; 23–m. tensor fasciae latae; 24–m.
iliopsoas; 25–spina iliaca anterior superior; 26–m. iliacus.
313
d) medial tomondagi serbar muskul (m. vastus medialis) sonning labium mediale
linea aspera femoris dan boshlanib, pastga yo‘naladi-da, boshqa boshchalar bilan
qo‘shiladi.
e) o‘rtadagi serbar muskul (m. vastus intermedius) son suyagining oldingi
Yuzasidan boshlanib, bu to‘rtta muskul boshchalari son suyagining pastki qismida
bitta kuchli payga birlashadi va tizza qopqog‗i suyagini o‘raydi, boldir tomon borib
katta boldir suyagining g‗adir-budur do‘mbog‗i (tuberositas tibiae) ga yopishadi.
Muskul payining bir qismi patella ning ikki Yonboshida retinacula patellae (payning
kengaygan qismi)ni hosil qilib tizza qopqog‗ini mustahkamlaydi.
F u n k s i y a s i. Boldirni tizza Bo‗g‗imida yozadi. Muskulning to‘g‗ri
boshchasi esa sonni Chanoq-son Bo‗g‗imida bukadi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. femoralis (LII–IV) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. femoralis, a. profunda femoris.
Do'stlaringiz bilan baham: |