bosqich.
Bu bosqich ishlab chiqarishning mujassamlashuvi, mexanizatsiyalashuvi va avtomatlashtirilishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda marketing tushunchasi mahsulotni ishlab chiqaruvchidan xaridorgacha bo‘lgan jarayonni nazorat qilish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlikdan iborat degan mavzuni shakllantiradi.
bosqich.
Bu bosqich 1929-1933- yillarda yuzaga kelgan takror ishlab chiqarishdagi inqiroz bilan bog‘liq. Marketing bunda sotuv bilan bog‘liq bo‘lgan mazmunini yo‘qotadi. Marketing bilan shug‘ullanuvchi tijorat tashkilotlari tashkil etila boshlandi. 1926-yilda AQSHda Marketing va reklama bo‘yicha Milliy Assotsiatsiya tashkil etildi. Bu tashkilot 1973- yilda Amerika marketing uyushmasiga aylantirilib, qayta tashkil etildi. Bugungi kunda bu tashkilot o‘z atrofiga 25 mingga yaqin tadqiqotchilar, biznes vakillari va o‘qituvchilarini birlashtirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |