Iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan bo’lib, resurslarning cheklanganligi va
ehtiyojlarni yuksalib borishi sharoitida samarali xo’jalik yuritish qonunlari va iqtisodiy
faoliyat muammolarini o’rganadi.
Iqtisodiyot nazariyasi kishilar faoliyatini o’rganar ekan, tad-qiqot asosida xulosalar
chiqariladi. Uning amaliy faoliyati shundaki, chiqarilgan xulosalar oldindan ko’rish imkoniyatini
beradi.
K. M. Keyns «Iqtisodiy nazariya bevosita xo’jalik yuritish siyosatida qo’llaniladigan
tayyor tavsiyalar yig’indisi emas. U ta’limotdan ham ko’ra ko’proq usul, intellektual instrument,
fikrlash texnikasi bo’lib, uni egallagan kishiga to’g’ri xulosa chiqarishga yordam beradi», degan.
To’g’ri xulosa chiqarish — bu kelajakdagi faoliyat yo’nalishini to’g’ri belgilash degani.
Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy siyosatning asosini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |