Bobga oid testlar
1. 1922 yilda bo‘lib o‘tgan Genuya konferentsiyasida qandayy
kelishuv imzolandi?
A. Birinchi jahon urushidan keyingi davrda oltin standarti amal
qilishi hususidagi kelishuv.
B. Yangi oltin deviz standartini amaliyotga kiritish to‘g‘risidagi
kelishuv.
D. Birinchi jahon urushidan oldingi pul tizimini qayta tiklash
hususidagi kelishuv.
E. Qog‘oz pul – kredit tizimiga o‘tish kerakligi xususidagi
kelishuv.
2. Bretton – Vuds konferentsiyasi qaysi yili bo‘lib o‘tdi va bu
konferetsiyadan ko‘zlangan maqsadi nima bo‘lgan?
A. 1945 yilda Bretton – Vuds shaxrida, oltin standartini pul
tizimini tiklash maqsadida bo‘lib o‘tdi.
B. 1944 yilda Bretton – Vuds shaxrida, urushdan keyingi davrda
jahon iqtisodiyotini tiklash maqsadida bo‘lib o‘tdi.
D. 1944 yilda Bretton – Vuds shaxrida, oltin deviz standartini
amaliyotga joriy etish maqsadida bo‘lib o‘tdi.
E. 1944 yilda Bretton – Vuds shahrida, Xalqaro valyuta
jamg‘armasini tashkil etish maqsadida bo‘lib o‘tdi.
3. Devalvatsiya nima?
A. Devalvatsiya – bu milliy valyuta kursining chet el valyuta
kursiga nisbatan rasman qonuniy asosida pasaytirilishi.
B. Devalvatsiya – bu milliy valyuta kursining chet el valyuta
kursiga nisbatan rasman qonuniy asosida oshirilishi.
D. Devalvatsiya – bu milliy valyuta kursining chet el valyuta
kursiga nisbatan rasman qonuniy asosiga tenglashtirilishi.
E. Devalvatsiya bu – valyuta siyosatining bir yo‘nalishi bo‘lib,
importni rag‘batlantirish uchun o‘tkaziladi.
354
4. Bretton – Vuds valyuta tizimiga ko‘ra oltinning rasmiy qiymati
qaysi valyutaga bevosita bog‘landi?
A. Dollarga, 1 unsiya oltin = 35 dollar.
B. Fransiya frankiga, 1 unsiya oltin = 40 frank.
D Dollar va funt sterlingga, 1 unsiya oltin = 35 dollar, 25 funt
sterling.
E. Germaniya markasi, 1 unsiya oltin = 38 marka.
5. Yamayka konferentsiyasiga asosan jahon valyuta tizimida
qanday o‘zgarishlar ro‘y berdi?
A. Funt sterling va dollar jahon valyutasi sifatida qabul qilindi.
B. Oltin qiymati qat’iy belgilangan baholarda aniqlanishi belgilab
olindi.
D. Oltinni dollarga nisbatan rasmiy qiymati e’lon qilindi.
E. Valyuta kurslarini qat’iy belgilangan kursi o‘rniga, suzib
yuruvchi valyuta kurslari joriy etildi.
6. SDR maxsus to‘lov birligi qanday operatsiyalarda ishlatiladi?
A. Mamlakatlar o‘rtasidagi valyuta – kredit munosabatlarida.
B. AQSh va Yevropa davlatlari o‘rtasidagi eksport – import
operatsiyalarda.
D.
Xalqaro
valyuta
jamg‘armasining
xisob
– kitob
operatsiyalarida.
E. Mamlakatlar o‘rtasida qarz munosabatlarida.
7. Dastlabki xalqaro tizimining vujudga kelishi qaysi yillarga
to‘g‘ri keladi?
A. 1830 yillarga.
B. 1840 yillarga.
D. 1850 yillarga.
E. 1860 yillarga.
8. Milliy valyuta tizimining elementlari qaysi javobda noto‘g‘ri
keltirilgan?
A. Milliy valyuta.
B. Xalqaro valyuta.
D. Konvertatsiya shartlari.
E. Milliy valyuta pariteti.
355
9. Milliy valyuta tizimining elementlari qaysi javobda to‘g‘ri
keltirilgan?
A.Valyutalarni o‘zaro konvertirlash shartlari.
B. Valyuta pariteti rejimining reglamenti.
D. Xalqaro valyuta.
E. Konvertatsiya shartlari.
10. Xalqaro valyuta tizimining elementlari qaysi javobda no-
to‘g‘ri keltirilgan?
A. Xalqaro valyuta likvidligini davlatlararo tartibga solish usuli.
B. Mamlakatning xalqaro hisob – kitoblar reglamenti.
D.Xalqaro kredit mablag‘lari muomalasini unifikatsiyalash
qoidalari.
E. Xalqaro hisob–kitoblar shakllarini qo‘llash qoidalari.
11. Banklar o‘rtasida korrespondent munosabatlarda qo‘llanila-
digan “loro” hisorbvaraqlar:
A. Xorijiy banklarning mahalliy banklardagi hisobvaraqlari.
B. Mahalliy banklarning xorijiy banklardagi hisobvaraqlari.
D. Hisob – kitoblarning shakli.
E. Banklarning valyutadagi daromad hisobvarag‘i.
12. Banklar o‘rtasida korrespondent munosabatlarda qo‘llani-
ladigan “nostro”hisorbvaraqlar:
A. Xorijiy banklarning mahalliy banklardagi hisobvaraqlari.
B. Mahalliy banklarning xorijiy banklardagi hisobvaraqlari.
D. Hisob – kitoblarning shakli.
E. Banklarning valyutadagi xarajat hisobvarag‘i.
13. Xalqaro hisob – kitoblarni amalga oshirishda AQSh dollari-
ning ulushi 1982 yilda:
A. 40 foizga yetdi.
B. 78 foizga yetdi.
D. 55 foizga ko‘tarildi.
E. 5 foizga ko‘tarildi.
14. 1955 yilda xalqaro to‘lovlarning oltin bilan to‘lanadigan
ulushi:
A. 45 foizni tashkil etdi.
356
B. 55 foizni tashkil etdi.
D. 65 foizni tashkil etdi.
E. 75 foizni tashkil etdi.
15. Xalqaro hisob – kitoblarda eng ko‘p qo‘llaniladigan hisob –
kitob shakli:
A. Akkreditiv.
B. Inkasso.
D. Cheklar bilan hisob – kitob.
E. Bank o‘tkazmalari.
16. O‘zbekiston tijorat banklari qanday valyuta operatsiyalarni
bajaradi?
A. Joriy xalqaro va kapital harakati bilan bog‘liq operatsiyalar.
B. Kapital harakati bilan bog‘liq bo‘lmagan valyuta operatsiyalar.
D. Joriy bo‘lmagan valyuta operatsiyalari.
E. Xalqaro hisob – kitoblarni shakllari.
357
Do'stlaringiz bilan baham: |