Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


 Kredit uyushmalari va ularning operatsiyalari



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/315
Sana11.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#346118
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   315
Bog'liq
PUL VA BANKLAR Darslik

17.2. Kredit uyushmalari va ularning operatsiyalari 
 
Kredit  uyushmasi
  – 
mikromoliyalash  tashkilotlari  tarkibidagi 
asosiy  moliya  muassasasi  hisoblanib,  vaqtinchalik  bo‘sh  pul  mablag‘-
larini  jalb  qilish  asosida  mikrokredit  va  kreditlar  berish  bilan  shug‘ul-
lanadigan tijorat tashkilotidir.  
Kredit  uyushmasiga  Markaziy  bankning  tegishli  me’yoriy  huj-
jatlarida, kredit uyushmasi – kreditlar berish hamda boshqa  moliyaviy 
xizmatlar ko‘rsatish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan 
ixtiyoriy  teng  huquqli  a’zolik  asosida  tuziladigan  kredit  tashkiloti 
sifatida ta’rif berilgan.  
Kredit uyushmalariga iqtisodiy adabiyotlarda notijorat moliyaviy 
tashkilot  sifatida  ta’riflar  berilgan.  Bizningcha  dastlabki  kredit 
uyushmalari  notijorat  asosida  tashkil  topgan  bo‘lishi  mumkin,  biroq 
hozirgi  kunda  mamlakatimizda  tashkil  etilayotgan  va  faoliyat 
yuritayotgan  barcha  kredit  uyushmalarining  asosiy  maqsadi  foyda 
olishga qaratilgan. 
Kredit  uyushmalari  faoliyatiga  kengroq  ma’noda  e’tibor 
qaratadigan  bo‘lsak,  kredit  uyushmalari  kooperativ  tashkilot  bo‘lib, 
jismoniy  va  yuridik  shaxslarning  vaqtinchalik  bo‘sh  pul  mablag‘larini 
tegishli  shartlar  asosida  o‘ziga  jalb  etadi  va  o‘zining  a’zolariga  ushbu 
mablag‘lar hisobidan kreditlarni taqdim etadi.  
Ayrim  ma’nbalarga  ko‘ra,  dastlabki  kredit  uyushmalari  1844 
yilda Angliyaning Rochdeyl shahrida to‘qimachlik korxonasi ishchilari 
tomonidan  tashkil  etilgan.  XIX  –  asrning  60  yillarida  kredit 
uyushmalari  tashkil  etish  g‘oyalari  Germaniya  va  Avstriyalik  Fridrix 
Rayffayzen  va  German  Shultse  –  Delichlar  tomonidan  ilgari  surildi. 
Shu  davrda  kredit  uyushmalari  faoliyati  rivojlandi  va  moliyaviy 
muassasalar sifatida mamlakat moliya tizimiga kirib keldi.  
Rayffayzen  dastlabki  qishloq  xo‘jaligiga  xizmat  ko‘rsatadigan 
kredit  klasslari,  shuningdek,  savdo  –  sotiqni  kreditlaydigan 
uyushmalarning asoschisi hisoblanadi.  
Shultse  –  Delich  tomonidan  tashkil  etilgan  kredit  uyushmala-
rining  asosiy  faoliyati  shaharlarda  faoliyat  yuritadigan  hunarmand, 
kosib va mayda tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatishga qaratildi.  
Hozirgi  kunda,  kredit  uyushmalari  AQSh,  Kanada,  Irlandiya, 
Avstraliya,  Janubiy  Koreya,  Tayvan  mamlakatlarida  juda  keng 
rivojlangan,  shuningdek,  ayrim  MDX  mamlakatlarida  (Rossiya, 


298 
Qozog‘iston,  Estoniya)  ham  jadal  rivojlanish  bosqichini  o‘z  boshidan 
kechirmoqda.  

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish