Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/315
Sana11.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#346118
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   315
Bog'liq
PUL VA BANKLAR Darslik

 
 
1.4. Pulning funksiyalari 
 
Pulning  mohiyati  uning  funksiyalarida  yanayam  yaqqolroq  na-
moyon bo‘ladi. Pul iqtisodiy kategoriya sifatida nechta funksiyani baja-
rishi  iqtisodchi  olimlar,  nazariyachilar  va  iqtisodchilar  o‘rtasida  juda 
uzoq davrdan buyon tortishuvlarga sabab bo‘lib kelmoqda.  
Iqtisodiyotni  markazdan  boshqarish  sharoitida  nashr  etilgan 
adabiyotlarda,  pul  beshta,  ya’ni 
qiymat  o‘lchovi,  muomala  vositasi, 
to‘lov vositasi, jamg‘arma vositasi va jahon puli  funksiyalarini
 baja-
rishi ta’kidlanadi.  
Iqtisodiyotni  boshqarishning  bozor  munosabatlari  joriy  etilgan 
mamlakatlar iqtisodiy adabiyotlarida, pul uchta, ya’ni qiymat o‘lchovi, 
muomala  vositasi  va  jamg‘arma  vositasi  funksiyalarni  bajarishi  bayon 
etiladi. P.Samuelson Aristotelning ta’limotlariga tayangan holda pul fa-
qat  ikkita,  ya’ni  ayirboshlash  vositasi,  baho  mashtabi  birligi  yoki  o‘l-
chov hisobi funksiyalarini bajarishini ta’kidlaydi
16
.  
                                           
15
 O‘zbekiston hududida tanga va qog‘oz pullarning chiqarilishi va amal qilishi bn bog‘liq materiallar. 
F.Mullajonovning  O‘zbekiston  Respublikasi  bank  tizimi  kitobi.  T.:  O‘zbekiston,  2001.  6  –  27  b.dan 
foydalanilgan holda tayyorlandi. 
16
 Самуэльсон П. Экономика вводной курс. М., 1964. С. 69. 


19 
Angliya  –  amerika  iqtisodchi  olimlari  pulning  uchta  funksiyasi 
(muomala vositasi, qiymat o‘lchovi va jag‘arma vositasi) mavjudligini 
e’tirof  etishadi
17
.  Jumladan,  Edvin  Dj.  Dolan,  Kolin  D.  Kempbell, 
Rozmari  Dj.  Kempbellar  pul  muomala  vositasi,  qiymat  o‘lchovi  va 
jamg‘arma vositasi funksiyalarini bajarishini ta’kidlaydi
18
.  
Nemis  iqtisodchi  olimi  K.Knis  (1821  –  1898)  pulning  to‘rtta 
ya’ni, qiymat o‘lchovi, muomala vositasi, to‘lov vositasi va jamg‘arma 
vositasi funksiyalarini e’tirof etadi.  
S.Fisher,  R.Dornbush,  R.Shmalenzilar  ham  pulning  to‘rtta 
funksiyalarini  bajarishlarini  e’tirof  etib,  ularni  quyidagi  ketma  – 
ketlikda  amal  qilishini  ta’kidlaydi:  birinchisi  –  muomala  vositasi  va 
to‘lov  vositasi,  ikkinchisi  –  o‘lchov  hisobi,  uchinchisi  –  qiymatni 
saqlash vositasi, to‘rtinchisi – kechiktirilgan to‘lovlarni o‘lchovi
19

K.Marks pulning funksiyalari konsepsiyasida uni uchta funksiyasi 
mavjudligini  ta’kidlaydi.  U  pulning  funksiyalarini  quyidagi  ketma  – 
ketlikda ifodalaydi. Birinchisi – qiymat o‘lchovi, ikkinchisi – muomala 
vositasi,  uchinchisi  –  moliyaviy  pul.  K.Marksning  pulning  uchinchi 
funksiyasi  ayrim  iqtisodchilar  tomonidan  jamg‘arma  vositasi,  to‘lov 
vositasi va jahon puli kabi vazifalarini bajarishi mumkin degan fikrlar 
ilgari suriladi
20

Rossiyalik  iqtisodchi  olim,  professor  O.I.Lavrushin
21
,  professor 
V.A.Shegorsov
22
,  professor  V.V.Ivanov  va  professor  B.I.Sokolovlar
23
 
tahrirlari  ostida  chop  etilgan  “Pul,  kredit  va  banklar”  darsliklarning 
barchasida pul beshta funksiyani bajarishi e’tirof etiladi. 
O‘zbekistonlik  iqtisodchi,  professor  Sh.Z.Abdullaeva  pul  to‘rtta 
funksiyani  bajarishini,  ular  qiymat  o‘lchovi,  muomala  vositasi,  to‘lov 
vositasi va jamg‘arma vositasi funksiyalari ekanligini ta’kidlaydi
24
.  
                                           
17
  Харрис  Л.Денежная  теория.  М.,  1990.  С.75;  Долан  Э.,  Линдсей  Д.  Макроэкономика.  СПб., 
1994. С. 7 – 8. 
18
  Эдвин  Дж.  Долан,  Колин  Д.  Кэмпбелл,  Розмари  Дж.  Кэмпбел.  Деньнги,  банковское  дело  и 
денежно  –  кредитная  политика/  Пер.  с.  англ.  А.А.Лукашевич,  А.П.Маноцкова,.  Е.Б.Ярцева, 
М.Б.Ярцев. М.: СПб, 1991. С. 26. 
19
 Фишер С., Дорнбуш Р., Шмалензи Р. Экономика. М., 1993. С. 474 – 475. 
20
 Пезенти А. Очерки политической экономики капитализма. Т.1. С. 472 – 473. 
21
 Деньги, кредит, банки: Учебник/Кол. авт. Под ред. О.И.Лаврушина. М.: КНОРУС, 2007. С. 57. 
22
  Деньги,  кредит,  банки: Учебник  для  вузов/  Под.  ред.  В.А.  Щегорцова. М.:ЮНИТИ  –  ДАНА, 
2005. С. 14. 
23
  Деньги,  кредит,  банки:  Учебник/Под  ред.  В.В.Иванова,  Б.И.Соколова.  М.:  ТК  Велби, 
Проспект, 2008. С. 26. 
24
 Abdullayeva Sh.Z. Pul, kredit va banklar.T.: Iqtisod – Moliya, 2007. 13 b. .  


20 
Professor  O.Yu.Rashidov  tahriri  ostida  chop  etilgan  “Pul,  kredit 
va  banklar”  darsligida  pul  beshta,  ya’ni  qiymat  o‘lchovi,  muomala 
vositasi,  to‘lov  vositasi,  jamg‘arma  vositasi  va  jahon  puli  vazifalarini 
bajarishini ta’kidlanadi
25
.  
Ko‘rinib  turibdiki,  pulning  funksiyalari  haqida  xorijiy  va 
mahalliy  iqtisodchi  olimlarning  fikrlari  turlicha  bo‘lib,  birinchi  guruh 
olimlar  pulni  beshta  funksiyasi  mavjudligini  ta’kidlashsa,  ikkinchi 
guruh  iqtisodchi  olimlar  uning  to‘rtta  funksiyani  bajarishini  e’tirof 
etadi. Uchinchi guruh iqtisodchi olimlar, asosan anglo  – amerikaliklar 
uni  uchta  funksiyani  bajarishini  bayon  etadi.  Hatto  ayrim  iqtisodiy 
adabiyotlarda  pulni  oltita  funksiyani  bajarishi  qayd  etilib,  oltinchi 
funksiya sifatida baho masshtabi ekanligini isbotlashga urinishadi
26
.  
Iqtisodchi  olimlar  pulning  funksiyalari  haqida  turlicha  talqin 
etishiga  quyidagilar  sabab  bo‘ladi.  Bir  guruh  iqtisodchi  olimlar,  pul-
ning funksiyasini zamonaviy sharoitda uning xossalaridan kelib chiqib 
bayon  etadi,  boshqa  guruh  olimlar  esa  turli  mamlakat  olimlarining 
pulni  funksiyalari  xususidagi  fikrlariga  tayangan  holda  unga  talqin 
beradi.  Yana  boshqa  guruh  iqtisodchi  olimlar  esa  pulning  funksiyala-
rini ta’riflashda uning tarixan vujudga kelishi bilan bog‘liq voqelik va 
nazariyalarga tayanadi.  
Pulning  funksiyalari  xususida  fikr  yuritganda  uning  asl  (haqiqiy 
pul)  qiymatiga  ega  bo‘lgan  va  asl  qiymatiga  ega  bo‘lmaganligi 
(o‘rinbosar  pullar)  ga  e’tibor  qaratish  lozim.  Chunki  muomalada  asl 
qiymatga ega bo‘lgan pullar to‘lov vositasini bajarganda ularda pulning 
barcha  funksiyalari  namoyon  bo‘ladi  va  aksincha.  Asl  qiymatga  ega 
bo‘lgan  pullar  sifatida  qimmatbaho  metallar  oltin  va  kumushni,  kredit 
pullarni  va  100  foiz  oltin  bilan  ta’minlangan  pullarni  qayd  etish 
mumkin.  Asl  qiymatga  ega  bo‘lmagan  pullarga  qog‘oz  pullar,  oltin 
asosiga ega bo‘lmagan kredit pullar kiradi. 
Haqiqatda  ham  qimmatbaho  metallar  to‘lov  vositasini  bajargan 
paytda  ular  pulning  barcha  funksiyalarini  bajargan.  Qimmatbaho 
metallar  o‘rnini  qog‘oz  pullar  egallagandan  so‘ng,  qog‘oz  pullarning 
inflyatsiyaga  uchrashi  natijasida  ular  pulning  barcha  funksiyalarini 
bajarmay  qo‘ydi.  Shuning  uchun  bo‘lsa  kerak,  yuqorida  ko‘rib  chiqil-
                                           
25
 Rashidov O.Yu. va bosh. Pul, kredit va banklar: Darslik. T.: TDIU, 2008. 22 b.  
26
  Деньги,  кредит,  банки:  Учебник/Под  ред.  В.В.Иванова,  Б.И.Соколова.  М.:  ТК  Велби, 
Проспект, 2008. С. 25. 


21 
ganidek,  vaqt  o‘tishi  bilan  pulning  funksiyalari  haqida  turli  qarashlar 
vujudga kela boshladi.  
Pulning  funksiyalari  xususidagi  fikrlarga  tayanib,  pul  to‘rtta, 
ya’ni 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish