Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish. Matndagi terminlarning ma’nosini
izohlash. Matnni ijodiy so‘zlash.
Yozma nutq:
“San’at mening hayotimda” mavzusida esse yozish. San’atkorlarni
ta’riflab, reklama matnini tayyorlash. O‘zbek kinosining mavzulari va muammolari haqida
publitsistik maqola yozish. Madaniy hordiq odobi qoidalarini yozish.
Umumxalq leksikasiga kirgan san'atshunoslik terminlari. Undalmalar.
O‘zbekistonda san’atning deyarli barcha turlari mukammal rivojlangan. Musiqa san’atida
qadimgi davrlardan to bugungi kunimizgacha bebaho kuy, qo‘shiqlar, cholg‘u asboblari va
musiqa nazariyasiga oid asarlar yaratilgan. Juda ko‘p mahoratli sozandalar, bastakorlar, hofizlar
o‘zbek san’ati dovrug‘ini olamga taratishgan. Xususan, Tamaraxonim, Halima Nosirova,
Ma’murjon Uzoqov, Komiljon Otaniyozov, Botir Zokirov, Farrux Zokirov, Munojot
Yo‘lchiyeva kabi o‘zbek qoshiqchilarining nomi jahonga mashhurdir. O‘zbek milliy
qo‘shiqchiligi va sozandachiligi kundan kunga rivojlanib, ravnaq topib bormoqda.
O‘zbekiston tasviriy san’ati ham o‘zining qadimiy ildizlariga ega. XV-XVI asrlarda
Behzod, Mirak Naqqosh, Qosimali kabi buyuk rassomlar asos solgan an’analar hozirgacha
davom etib kelmoqda. Respublika tasviriy va amaliy san’at bilim yurtida qadimiy
hunarmandchilik turlarining san’at darajasiga ko‘tarilgan ganchkorlik, zargarlik, yog‘och
o‘ymakorligi, naqqoshlik, kulolchilik sirlari yosh avlodga o‘rgatilayotgan bo‘lsa, rassomchilik
kollejida tasviriy san’atning rang-tasvir, portret, peyzaj, naturmort kabi turlari o‘qitilmoqda.
249
O‘zbek rassomlari Chingiz Ahmarov, Abdulhaq Abdullayev, Bahodir Jalolov, Ro‘zi Choriyev,
Muzaffar Abdullayev, Jamol Usmonovlarning asarlari dunyodagi ko‘pgina nufuzli
ko‘rgazmalarda namoyish qilingan.
Kino san’ati ham O‘zbekistonda juda yuqori darajada rivoj topgan. Kinoning barcha turlari
– badiiy film, hujjatli film, teleseriallar, multiplikatsiya, ilmiy-ommabop filmlar sanoatining
shuhrati MDH mamlakatlarida mashhur. Har yili “O‘zbekfilm” kinostistudiyasida tarixiy,
sarguzasht, detektiv, sevgi va hayot hamda mehr-vafo haqidagi yuzlab filmlar suratga olinadi.
“Mahallada duv-duv gap”, “O‘tgan kunlar”, “Kelinlar qo‘zg‘aloni” kabi filmlarni
o‘zbekistonliklar juda sevib tomosha qilishadi.
O‘zbek teatr san’ati ham o‘z tarixiga, rivojlanish bosqichi ham o‘ziga xos an’analariga
ega.Teatr san’ati darg‘alari Abror Hidoyatov, Sora Eshonto‘rayeva, Shukur Burhonov, Nabi
Rahimov, G‘ani Ag‘zamov, Soyib Xo‘jayev kabilar o‘zbek teatr san’atini yuqori pog‘onaga
ko‘targanlar. Ular ishtirokidagi har bir spektakl tomoshabinlarga olam-olam ma’naviy ozuqa
bergan.
O‘zbekistonda, shuningdek opera, balet, estrada, me’morchilik kabi san’at turlari ham katta
yutuqlarga ega bo‘lgan holda rivojlanib bormoqda.
Yunus Rаjаbiy
Musiqа – vоqеlikni bаdiiy tоvush оbrаzlаridа аks etishi vа kishi psiхоlоgiyasigа fаоl
tа’sir o‘tkаzuvchi sаn’аt turidir.
O‘zbеkistоndа mаshhur ijrоchilаr, аn’аnаviy uslubdаgi хоnаndаlаr Mа’murjоn Uzоqоv,
Jo‘rахоn Sultоnоv, Kоmiljоn Оtаniyozоv, Оrifhоji Аlimаhsumоv, Оchilхоn Оtахоnоv,
Fаttоhхоn Mаmаdаliyеvlаrning dоvrug‘ini оlаmgа tаrаtgаn sаn’аt hаm musiqаdir.
O‘zbеk musiqаsining bilimdоnlаridаn biri mаshshоq vа hоfiz, bаstаkоr vа оlim Yunus
Rаjаbiy o‘zining butun iste’dodini хаlq ishigа bаg‘ishlаdi.
Yunus Rаjаbiy o‘zbеk хаlq musiqаsini o‘rgаnishdа judа ko‘p yillаr dаvоmidа hаlоl
mеhnаt qilib kеldi.
O‘zbеk milliy musiqаsini o‘rgаnish nаtijаsidа Yunus Rаjаbiy 1960-yildа «O‘zbеk хаlq
muzikаsi» nоmli bеsh tоmlik kitоbini nаshr ettirdi. Bu kitоbning nаshr etilishi o‘zbеk musiqа
mаdаniyati sоhаsidа kаttа vоqеа bo‘ldi.
Хаlq mаdаniy mеrоsini ehtiyotlаb vа hurmаt bilаn sаqlаb kеlgаn, o‘zbеk musiqаsini
yanаdа rivоjlаntirishgа kаttа hissа qo‘shgаn Yunus Rаjаbiy hаqiqiy ijоdkоr vа оlim edi.
Аkаdеmik Yunus Rаjаbiy 1976-yildа vаfоt etgаn.
Do'stlaringiz bilan baham: