Vazifa: 1.
Qadimgi Yunon va Rim notiqligi haqida nimalarni bilasiz?
2.Sharq notiqligi haqida nimalar bilasiz?
GRAMMATIKA: ME’YOR TUSHUNCHASI
«Me’yor - bu til birliklarni o‘zaro yaxshi tushunish zarurati
tufayli undan foydalaniladigan xalq tomonidan yaratilgan, til
qurilishining amalda bulgan xususiyatidir.
Til me’yori -nutq madaniyati nazariyasining markaziy
tushunchasidir. Nutq madaniyatiga bag‘ishlangan ishlarda ko‘pincha
haqida gap boradi. Lisoniy birliklarni xuddi shu shaklda qo‘llash
kamchilik ekanligini nimaga asoslanib aytamiz? Nutqimizda
uchraydigan so‘zlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatuvchi
ma’lum o‘lchov bo‘lishi kerak. Bu o‘lchov adabiy til me’yori hisoblanadi. Demak, me’yor - bu
ijtimoiy jarayonda birga mavjud bo‘lgan, bor bo‘lgan, yangi paydo bo‘lgan yoki o‘tmishning
kam ishlatiladigan til unsurlarini tanlashning natijasi sifatida shakllangan, jamiyatga xizmat
qiladigan foydali til vositalari yig‘indisidir, keng ma’noda bu unsurlarni baholashdir.
Aynan mana shu zaruriyat til sistemasining yagonaligiga erishish yo‘lida odamlarga biron
variantni ma’qul ko‘rish, boshqasidan voz kechish istagini tug‘diradi.
Demak, me’yor deganda til unsurlarining xalq o‘rtasida ko‘pchilikka ma’qul bo‘lgan
variantini qo‘llash tushuniladi.
Me’yor tushunchasi til taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lib, tilda uzoq muddat yashaydi. Lekin
bu me’yor o‘zgarmas hodisa degan xulosaga olib kelmaydi. Davr o‘zgarishi bilan odamlarning
bilishi, dunyoqarashi, hayotga bo‘lgan talabi o‘zgarishi bilan me’yor ham o‘zgarib boradi.
Demak, me’yor davr xarakteriga egadir. Masalan, mustaqillik e’lon qilinguncha, sovet,
komsomol, kommunizm degan so‘zlar adabiy til uchun me’yor hisoblangan. Bugungi adabiy til
uchun esa bu so‘zlar me’yor hisoblanmaydi.
Umumtil boyligi doirasida qaraladigan dialektizmlar, sheva unsurlari, jargon va argolar,
kasb - hunarga oid ko‘pgina so‘zlar o‘zbek xalqining hammasiga tushunarli bo‘lmasa ham, o‘sha
sheva va lahjalarda, so‘zlashuvdagi kishilar yoki ma’lum ijtimoiy guruh uchun tushunarlidir.
Masalan,
do‘ppi
Samarqandda
qalpoq
, Xorazmda
takya
, Buxoroda
kallapo‘sh
, Farg‘ona va
Toshkentda
do‘ppi
deyish shu lahjalar uchun me’yor hisoblanadi. Shuning uchun ham ba’zi
tilshunoslar me’yorni ikkiga bo‘lib o‘rganishni tavsiya qiladilar.
1. Umumiy me’yor
2. Xususiy me’yor
246
Umumiy me’yor qardosh tillarga nisbatan belgilanadi. O‘zbeklar nutqining qardosh
tillardan ajratib turuvchi me’yorlari, o‘zbek tilining umumiy me’yoridir. Bu me’yorga juda qattiq
amal qilinadi.
Umumiy me’yor bir tilning boshqa tillardan ajratuvchi me’yorlar bilan birga tilning ichki
me’yorlarini ham o‘z ichiga oladi. Umumiy me’yor xususiy me’yordan tarkib topadi.
Xususiy me’yor muayyan nutq shakllarida amal qiladigan me’yorlar bo‘lib, u umumiy
me’yorning nutqiy ko‘rinishlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |