58
Streptokokklar qandlik bulonlarda probirka devoriga yopishgan holda yoki probirka tagida
mayda donador cho‘kma holida o‘sadi. Ayrim hollarda bulonni loyqalantirib o‘sadi.
FERMENTATIV XOSSALARI: Streptokokklar jelatinani suyultir-maydi, nitratlarni
nitritlarga qaytarmaydi. Sutni ivitadi, fibrinni eritadi, glyukoza, maltoza, laktoza, saxaroza, mannit
(ayrim hollarda), salitsinni kislota hosil qilib parchalaydi.
TOKSIN HOSIL QILISHI: Patogen streptokokklar har xil ta’sir qiluvchi ekzotoksin
ajratadi:
Gemolizin
Leykotsidin
Nekrotoksin
Letal (o‘ldiruvchi) toksin
Eritrogen toksin
Bundan tashqari streptokokklar patogenlik fermentlarini ham hosil qiladi, bularga:
gialuronidaza, streptokinaza, fibrinolizin, proteinaza, amilaza, lipaza va boshqalar kiradi. YAna
spetsifik bo‘lgan termostabil endotoksin ham hosil qiladi.
ANTIGEN STRUKTURASI: Bir necha xil antigenlarga ega va antigenlari bo‘yicha
quyidagi serogruppalarga bo‘linadi: A, V, S, D, E va boshqalar. Antigenlar hujayra devori
tarkibidagi polisaxarid komponentidan iborat bo‘lib, guruh spetsifikligiga ega. A seroguruhiga
kiruvchi ayrim streptokokklarda qarama-qarshi (perekrest) ta’sir qiluvchi antigenlar mavjud.
KLASSIFIKATSIYASI: Streptokokklar qonli agarga bo‘lgan munosabatiga qarab quyidagi
guruhlarga bo‘linadi:
“Beta”-gemolitik streptokokklar-koloniyasi atrofida gemoliz zonasini hosil qilib o‘sadi (yuqoriga
qarang).
“Alfa”-gemolitik streptokokklar-koloniya atrofida kuchliroq yashil zona hosil qilib o‘sadi.
Gemolitik bo‘lmagan streptokokklar.
EKOLOGIYASI VA TARQALGANLIGI: Streptokokklar tabiatda nihoyatda keng
tarqalgan. Ekologik belgilariga ko‘ra streptokokklar quyidagicha bo‘linadilar:
Faqat odamlarda kasallik chaqiruvchi patogen streptokokklar – Str. pyogenes.
Odamlar va hayvonlar uchun patogen va shartli patogen bo‘lgan streptokokklar – Str. agalacticae,
Str. faecalis va boshqalar.
Odamlar uchun shartli patogen bo‘lgan streptokokklar – Str. salivarisus. Str. mitis va boshqalar.
Hayvonlar uchun shartli patogen bo‘lgan streptokokklar.
Saprofit streptokokklar – Str. lactis va boshqalar.
CHIDAMLILIGI: Past temperaturada uzoq vaqt saqlana oladi, quritishga chidamli, yiringda,
balg‘amda oylab saqlana oladi. 70
o
S gacha 1 soatda halok bo‘ladi. Fenolning 3-5% li eritmasida
15 daqiqada halok bo‘ladi.
HAYVONLAR UCHUN PATOGENLIGI: Patogen streptokokklarga yirik va mayda shoxli
hayvonlar, ot, cho‘chqa, it, mushuk va boshqalar sezgir bo‘ladilar.
KASALLIKNING PATOGENEZI: Streptokokklar chaqirgan kasalliklarning patogenezida
bir vaqtning o‘zida bakteriyaning o‘zining ham va uning toksinining ham ahamiyati bor.
Kasallikning rivojlanishida mikroorganizmlarning holati va sezgirligi alohida o‘rin tutadi. Kasallik
ekzogen va endogen yo‘llar bilan chaqirilishi mumkin. Ekzogen holda streptokokklar asosan
havo-tomchi orqali va teri hamda shilliq qavatlarning butunligi buzilganda organizmga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: