43
bo`ladi. Kasallik qo`zgatuvchisi ko`pincha yuqtiruvchisining organizmida uning butun umri
davomida saqlanib qoladi.
Qon infeksiyalarini mexanik yuqtiruvchilari avval kasal xayvonlarni, so`ngra sog`lom
xayvonlarni tishlar ekan, kasallik qo`zgatuvchisini xartumchasida qon tomchilari bilan birga
yuqtiradi. CHunonchi, tezgizak pashsha kuydirgi va tulyaremiya mikroblarini sanchuvchi apparati
— xartumchasi bilan sof mexanik tarzda yuqtiradi. Talaygina infeksion kasalliklar: toshmali
xamda qaytalama tiflar va boshqa rikketsiozlar — bitlar va kanalar orqali, toun — burgalar orqali,
ensefalit — chivin va kanalar orqali, bezgak — chivinlar orqali, leyshmaniozlar — iskaptopar
chivinlar — flebotomus orqali transmissiv yo`l bilan yuqadi.
Ichak infeksiyalarida mexanik yuqtiruvchilar kattagina rol o`ynaydi. Pashshalar
o`z oyoqlari
va tanasiga yopishib qolgan axlat bo`lakchalari bilan birga ichak infeksiyalari qo`zgatuvchilarini
turli masalliqlar va ovqatga yuqtiradi.
Patogen mikroblar tayyor oziq-ovqatlarda ko`payishi mumkin, shu oziq- ovqatlar iste’mol
qilinganida kasallik paydo bo`ladi.
6..2-rasm
Infeksiyaning kontakt yo`l bilan o`tishida qo`zgatuvchining bevosita va bilvosita yuqishi
farq qilinadi.
Patogen mikroblarning tashki muxit ishtirokisiz o`tishida bevosita kontakt tanosil kasalliklari
(zaxm va suzak) da xammadan ko`ra xarakterlidir. Quturish va sodoku (kalamush tishlashidan
paydo bo`ladigan kasallik) da xam ko`zg`atuvchi odamga to`gridan-to`gri xayvonning tishlashi
orqali o`tadi. Boshqa kasalliklarda (qo`tir, kal, brutsellyozda) bevosita kontakt yo`li- bilan
kasallik yuqishi nixoyatda kamdan-kam ko`rinadi. Ba’zan qon quyishda kasallik bevosita kontakt
yo`li bilan yuqadi (bezgak, Botkin kasalligi).
Bilvosita kontakt infeksiyaning tarqalishida etakchi axamiyatga egadir. Unda jonsiz
yuqtiruvchi omillar (xavo, suv, oziq-ovqat maxsulotlari, tuproq» ro`zg`or va ishlab chiqarishda
tutiladigan xilma-xil buyumlar) xamda tirik yuqtiruvchilar ishtirok etishi mumkin. SHu
munosabat bilan bilvosita kontakt infeksiyaning tomchi, chang, oziq-ovqat bilan va boshqa yo`llar
bilan tarqalishini o`z ichiga oladi.
Infeksiya manbalari, infeksion kasalliklarning tarqalish yo`llari va usullarini o`rganish
epidemiologiya predmeti xisoblanadi va profilaktika chora-tadbirlarini to`g`ri amalga o`shirish
xamda infeksion kasalliklarga qarshi kurashish uchun asos bo`lib xizmat qiladi.
Infeksion kasalliklarning kelib chiqishiga va tarqalib borishi uchta omilning o`zaro ta’siri va
bekamu ko`stligiga: infeksiya manbalari, yuqish mexanizmlari va beriluvchan axolining borligiga
bog`rliqdir. Bu — o`z navbatida odamlarning turmush sharoitlariga, ya’ni tabiiy va ijtimoiy
omillarga bog`lik bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: