Alfagerpesviruslar
yuqori sitopatik aktivlikga ega bo’lib, ko’plab ho’jayin organizimlar
uchun patogen hisoblanadi. Odam uchun patogen turlari Simplexvirus (gerpes viruslarni 1 va 2
tipi va V gerpes virus) va Varicellovirus (gerpes viruslarni 3 tipi) avlodiga kiritilgan.
Betagerpesviruslar
kuchsizroq sitopatik xususiyatga ega bo’lib, kamroq ho’jayin
organizmlarga patogen hisoblanadi. Odam uchun patogen tiplari Cytomegalovirus (gerpes
viruslarni 5 tipi) va Roseolovirus (gerpes viruslarni 6A, 6V, 7, 8 tiplari) avlodiga kiritilgan.
Gammagerpesviruslar
ham kamroq ho’jayin organizmlarga patogen hisoblanadi, ularning
boshqa gerpesviruslardan farqi limfoid hujayralarda ko’payyadi. Odam uchun patogen tiplari
Lymphocryptovirus
(gerpes viruslarni 5 tipi) avlodiga kiritilgan. Epstayn-Bar virus ham deb yuritiladi.
Poksviruslar
oilasiga (pox- chechak ing. so’z) bo’g’imoyoqli, parandalar va
sutemizuvchilar uchun patogen viruslar kiritilgan. Poksviruslar shakli g’ishtsimon bo’lib o’lchami
250-390 nm teng bo’lib, bakteriyalar strukturasini eslatadi.Virion mag’iz qismidan, uni o’rab
turgan 5 nm qalinligdagi yupqa membra va bir tekisda joylashgan silindrik strukturadan iborat.
Tashqiy tamondan esa (oqsil tana) oval strukturali o’rab turovchi qobiqdan iborat Poksviruslarni
reproduksiyasi faqat sitoplazmada kechadi.Odam uchun 4 avlod vakillari patogen hisoblanadi,
bularga kiradi:
Orhtopoxvirus avlodi- odam chin chechagi va sigir chechagi (ospavaksina) viruslari.
Parapoxvirus avlodi – “sutsog’uchilar tuguncha” virusi (virus “uzelkov doyarok”), katta
shohdor hayvonlarning psevdochechak virusi.
Molluscipoxvirus avlodi – mollyuskalar kontagioz virusi.
Yatapoxvirus avlodi – Tana va Yaba chechak virusi (maymun chechagi virusi).
Chin chechak kasalligi o’ta hafli yuqumli kasalliklar guruhiga kiradi.
Chin chechak virusi tovuq embrionida yaxshi ko’payib 48-72 soatdan so’ng xorion-allantoist
qobig’ida mayda oqimtir va sog’lom qobig’dan yaqol ajralib turuvchi jarohatlar hosil qiladi.
Bundan tashqari virus birlamchi odam, maymun, qo’y va boshqa hayvonlar undiriluvi hujayra
kulturalarida yaxshi ko’payadi. Virusning XPT natijasida hujayra yumoloqlashadi va kattalashadi,
kiynchalik kultura shisha yuzasidan ajraladi.
Vaksina qo’llanilguncha ba’zi yillarda chin chechak kasalligi bir yilda 1,5 mln kishilarning
o’limiga sabab bo’lgan. 1974 yilda Xindistonda 31262 kasallik registrasiya qilingan. Oxirgi
marotiba kasallik 1977 yilda Samalida topilgan va bir necha yildan kiyin 1980 yillarda Butun
dunyo sog’liqni saqlash tashkiloti (VOZ) yer yuzida chin chechak kasalligi tugatilganligini e’lon
qildi. Hozirgi kungacha chin chechak kasalligi registrasi qilingani yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |