Bog'liq mikrobiologiya virusologiya va immunologiya
Toksigenligini bioprobada aniqlash . Kitt-Tarossi muhitida o’stirilgan, tekshiriluvchi
kulturaning toksigenlik xususiyatini aniqlash uchun muhit sentrifugada aylantiriladi, cho’kmaning
ustki qismidagi suyuqlik olinib dengiz chuchqachalariga yoki oq sichqonlar qorin bo’shlig’iga
yuboriladi, ijobiy natijada toksinlar ta’sirida ular halok bo’ladi. Shu maqsadda patologik
materiallar oq sichqonlar yoki dengiz chuchqachalarining muskullari orasiga yoki qorin
bo’shlig’iga yuborib tekshirish mumkin. Anaeroblar bo’lsa, in’eksiya qilingan hayvonlarda
anaerob infeksiyaning yuqorida tasvirlab o’tilgan manzarasi paydo bo’ladi.
Lesitinazani aniqlash. Ajratib olingan kultura tarkibidagi Cl. perfringens toksinini tezda
aniqlash uchun uning lesitinaza aktivligi tekshiriladi. Buning uchun tekshirilayotgan kultura olinib
tuxum sarig’i qo’shilgan Petri kosachasidagi muhitni yarmiga ekiladi, qolgan yarmiga ekilgan
kulturaga maxsus antizardob ehtiyotlik bilan qavatlantiriladi. Birinchi yarmiga ekilgan zonada α-
toksin (lesitinaza) hosil bo’lsa ko’zga ko’rinadigan bulutsimon presipitat hosil bo’ladi, ikkinchi
yarmida esa antitoksin zardob α- toksinni ingibisiya qilganligi uchun presipitat hosil bo’lmaydi.
Har turdagi klostridiylarning toksinlari turli antigenlik xususiyatlariga ega. Shuning uchun
ularni serologik usulda identifikasiya qilish laboratoriya hayvonlarida neytrallash reaksiyasiga
asoslangan holda olib boriladi.
Neytralizasiya reaksiyasi orqali gazli gangrena qo’zg’atuvchilarini turini aniqlash
Bakteriologik tekshiruv. 1 – kun. Tekshiriluvchi material Kitt-Tarossi muhitiga ekilib, anaerob
sharoitlarda 37°S da 3—4 sutka davomida o’stiriladi.
2 kun. Cl. tetani bakteriyalarning cho’kma holda o’sganligi kuzatiladi. Materialdan surtma
tayyorlanib gram usulida bo’yab mikroskopda ko’riladi So’ngra ular Petri kosachasidagi qand,
qon qo’shilgan agarga va probirkadagi qand qo’shilgan oziqli agar ustunchasiga qayta ekiladi.
Ekmalar anaerob sharoitlarda inkubasiya qilinadi.
3-kun. Qoqshol tayoqchalari qonli agar sathida nozik, tiniq, atrofida biroz gemoliz halkasi
bo’lgan koloniyalarni hosil qiladi. Bakterioskopik tekshiruv yana o’tkaziladi.
Shubhali koloniyalardan sof kultura ajratib olish uchun ular probirkalardagi Kitt-Tarossi
muhitlariga qayta ekiladi va vazelin moyi ostida yoki inert gazlar aralashmasi to’ldirilgan
anaerostatlarda saqlanadi identifikasiya qilinadi. Biosinama qo’yish mumkin. Olingan natijalar
asosida yakuniy javob beriladi.