Toshkent farmatsevtika instituti tibbiy va biologik fanlar kafedrasi mikrobiologiya, virusologiya va


Infeksiya shakllari va ularning tavsifi



Download 3,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/281
Sana09.03.2022
Hajmi3,97 Mb.
#487540
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   281
Bog'liq
mikrobiologiya virusologiya va immunologiya

Infeksiya shakllari va ularning tavsifi. 
Infeksiya va infeksion jarayon shakllari xar xil bo'lib, bu kasallik qo'zg'atuvchisining 
tabiati, uning makroorganizmdagi ta'sir joyi, tarqalish yo'llari va boshqa sharoitlarga bog'liq. 
Ekzogen infeksiya - patogen makroorganizmning odam organizmiga tashqaridan oziq-
ovqat maxsulotlari, suv, xavo,va tuproq kasal odam, mikorb tashuvchi va rekonvalesentlarning 
chiqindilari orqali tushishi. Masalan, vabo, botulizm, ichburug', salmonellyoz va boshqalar. 
Endogen infeksiya - ma'lum bir sharoitda odamning normal mikroflorasiga kiruvchi 
shartli -patogen mikroorganizmlarning kasallik qo'zg'atishi.Bunday holat ko'pincha har xil 
sabablarga ko'ra, masalan organizmning ximoya omillari susayganda,uzoq vaqt antibiotiklar 
qo'llanilganda yuz beradi.Disbakterioz.appendisit,xolisistit kabi kasalliklar shular jumlasiga kiradi. 
Autoinfeksiya - endogen infeksiyaning bir turi bo'lib odam mikroflorasi bir biotopdan 
ikkinchisiga ma'lum bir sabablar bilan tushganida yuzaga keladi. Makro - va mikroorganizm 
o'rtasidagi muvozanatning buzilishi infeksiya o'chog'i faollashib patogen mikrobni
gematogen,limfogen, va neyrogen yo'l bilan organizmda tarqalishiga olip keladi. Bakteriyalar 
qonga tushsa,bakteremiya, bakteriya toksinlari tushsa, toksinemiya,viruslar tushsa , virussemiya 
xolati yuzaga keladi. Agar patogen mikroorganizmlar qondagi ximoya omillarini yengsa, unda 
ko'payib, sepsis yoki septisemiya xolatini vujudga keltiradi. Kasallik qo'zg'atuvchi infeksiya 
turlarining xili bo'yicha kam farq qiladi: monoinfeksiya- bir tur mikroorganizm qo'zg'atadigan 
kasalliklar (masalan, gripp, so'zak, zaxm, vabo va boshqalar ): aralash (mikst) infeksiya - bir necha 
tur patogen mikroorganizmlar yuzaga keltiradigan kasalliklar .Yuqumli kasallikning qaytalanishi 
bo'yicha quyidagi turlari mavjud : reinfeksiya - bemor kasallikdan tuzalgandan keyin qisqa vaqt 
ichida xuddi shu tur infeksiya qo'zg'atuvchisining organizmga qayta tushib kasallik paydo qilishi. 
Residiv - kasallik qo'zg'atuvchisining organizmda saqlanb qolib, ma'lum vaqtdan so'ng kasallik 
belgilarining qaytalanishi, Masalan, osteomielit.qorin tifi, sil va boshqalar. Superinfeksiya - bemor 
tuzalmasdan, xuddi shu tur patogen mikroorganizmning uning organizmiga tushishi. Masalan, 
zaxm kasalligida. Kasallik kechish muddatiga ko'ra ham farq qilinadi : o'tkir infeksiya va 
surunkali infeksiya. 
Kimyoterapevtik moddalarning asosiy guruhlari va ularning mikroblarga qarshi ta’sir mexanizmi.
Tibbiyot amaliyotida yuqumli kasalliklarni davolash va oldini olish uchun patogen 
mikroorganizmlarni nobud qila olish xususiyatiga ega bo’lgan kimyoviy moddalar keng 
qo’llaniladi. Bu moddalar kasallikni davolash maqsadida qo’llanilsa, kimyoterapiya, profilaktika 
maqsadida qo’llanilsa, kimyoprofilaktika deb ataladi.
1885 yil P. Erlix kimyoterapiyaga asos solib, mikrob hujayrasi ma’lum bir kimyoviy moddalar 
bilan o’zidagi maxsus reseptorlari yordamida o’zaro ta’sirlashadi degan xulosaga keldi. 
Kimyoterapevtik moddalarning ba’zi bir umumiy belgilari: 
a) odam organizmiga toksik ta’sirining yo’qligi. Moddalarning zararsizligi kimyoterapevtik 
ko’rsatkich (KK) yordamida aniqlanadi. 
b)kimyoterapevtik moddalarning mikroorganizmlarga kuchli tanlab ta’sir etishi, antimikrob ta’sir 
doirasi bilan aniqlanadi. 
c) kimyoterapevtik moddalar bakteriostatik yoki bakterisid ta’sirga ega. Bakteriostatik ta’sir 
deganda bakteriyalarning o’sishi va ko’payishini to’xtatish, bakterisid ta’sirda esa bakteriyalarning 
nobud bo’lishi tushuniladi. 
d) kimyoterapevtik moddalar har doim mikroorganzmlarning doriga chidamli shakllarini keltirib
chiqarish xususiyatiga ega, ba’zi bir dorilarga chidamli mikroorganizmlar tez hosil bo’lsa 
boshqalariga sekinlik bilan vujudga keladi. 


141 
e) virusli infeksiyalar kimyoterapiyasi. Virusli infeksiyalarga antibiotiklar samarali ta’sir 
ko’rsatmaydi. Bu vuruslarda xususiy metabolizmning yo’qligi bilan bog’liq. Pirimidinga o’xshash 
idoksuridin (5-yod-dezoksiuridin) gerpetik va adenovirusli keratit, kon’yugktivit va uchuqni 
davolashda qo’llaniladi. Gripp, qizamiq, qizilcha, vezikulyar stomatit viruslarning boshlang’ich 
davrida susaytiruvchi ta’sir ko’rsatadigan dorilarga amantadin hosilalari kiradi. Bulardan 
remantadin gripp A virusiga juda samarali ta’sir ko’rsatadi; 
f)chechak viruslari reproduksiyasini to’xtatadigan tiosemikarbazon hosilalari juda yaxshi naf 
beradi. 
Kimyoviy moddalar organotroplik va parazitotroplik xususiyatiga ega bo’lishi kerak: 
a) mishyak dorilar (salvarsan, asorsol,nevarsenol) sifilis, sibir yazvasi, qaytalama tifni davolashda 
ishlatiladi. 
b) xinin, akrixin, plazmosid, bigumal sodda jonivorlar ko’rsatuvchi malyariya kasalligini 
davolashda; 
c) sulfanilamidlar – oq streptosid, etazol, ftalazol, norsulfazol, sulfademizin. Sulfanilamidlarni 
ta’sir qilish mexanizmi hujayrada almashinuv proseslarini buzilishi o’z ichiga oladi.shu sababli 
organizmda mikrobni ko’payishi to’xtaydi. Shundan keyin organizmni himoya kuchlari ta’sirida 
mikroblar halok bo’ladi. 
d) tuberkulyozni davolash uchun PASK –poraaminosalisil kislota, tibon, tubazid. 
2.
Antibiotiklar: umumiy ma’lumotlar 
Antibiotiklar—ba’zi mikroorganizmlar (aktinomisetlar, zamburug’lar, bakteriyalar) hayvon 
to’qimalari va ayrim yuksak o’simliklar hayot faoliyati natijasida xosil bo’ladigan va turli xil 
mikroblarning o’sishi hamda rivojlanishini to’xtatadigan organik moddalar. Bu terminni Amerika 
olimi Z. Vaksman mikroblarda hosil bo’lib, boshqa mikroblarga qarshi ta’sir etadigan moddalarga 
nisbatan taklif etgan.
Antibiotiklar kasallantiruvchi (patogen) mikroblardagi moddalar almashinuvini buzib, ularni 
o’ldiradi yoki o’sishini to’xtatadi. Ular turli mikroblarga turlicha ta’sir ko’rsatadi. Masalan, bir 
antibiotik ma’lum bir mikrobga kuchli boshqasiga kuchsiz yoki umuman ta’sir qilmaydi. 
Antibiotiklar faqatgina mikroblarga ta’sir qilmay balki odam, hayvon va o’simlik organizmidagi 
to’qima va hujayralarini emiradi. Shuning uchun tibbiyot amaliyotida uning faqat zararli 
mikroblarni o’ldiradigan, ammo odam, hayvon va o’simlik organizmini yemirmaydigan 
turlarigina ishlatiladi. Birinchi antibiotic modda(tirotrisin)ni 1939 yilda Dyubo tuproqda 
yashovchi Basillus brevis nomli bekteriyadan oldi. 
Kimyoviy tarkibi bo’yicha antibiotiklar quyidagi guruxlarga bo’linadi: 
1.Betalaktamli antibiotiklar yoki betalaktamidlar-betalaktam xalqali azot tutuvchi geterotsiklik 
birikmalar. Bularga quyidagilar kiradi: penitsillin guruhi-tabiiy benzilpenitsillin va yarim suniy 
penitsillin va tefalosporin. 
2. Tetratsiklin va uning yarim suniy xosilalari; oksitetratsiklin, xlortetratsiklin, morfosiklin, 
metatsiklin, dioksitsiklin, vibromitsin. Bular har xil radikallar tutuvchi to’rta benzol xalqadan 
tashkil topgan.
3. Aminoglikozidlar-streptomitsin guruhi va dezoksistreptamin tutuvchi aminoglikozid
antibiotiklar. 
4.Makrolidlar-makrotsiklik lokton xalqa tutuvchi birikmalar (eritromitsin,olendomitsin). 
5.Levomitsetin(tabiiy turi xloramfenikol) suniy modda bo’lib, tarkibiga nitrofenil,dixloratsetamin 
propandiol kiradi. 
6. Rifamisinlar. Bu guruhga tabiiy antibiotik-rifamisin va uning yarim suniy hosilasi-rifampisin 
kiradi. Bular murakkab kimyoviy tuzilishga ega, makrosiklik halqasi bor. 
7. Poliyenli antibiotiklar-nistatin, levorin, amfoterisin B. bular bir qancha tutash qo’sh bog’larga 
ega. 
Antibiotiklar bakteriyalarga ko’rsatadigan ta’siriga qarab 3 guruhga bo’linadi: 
1. Bakteriostatik ta’sir-bakteriyaning o’sishi va ko’payishi faoliyatini to’xtatib qo’yadi. Buning 
natijasida bakteriya o’z zahrini ishlab chiqarolmaydi.(tuberkulyoz, zaxm) 
2.Bekteritsid ta’sir qiluvchi antibiotiklar-bakteriyaning hujayra devori yoki nukleidning 
parchalanishini keltirib chiqaruvchi antibiotiklar hisoblanadi. 


142 
3.Bakteriolitil ta’sir qiluvchi antibiotiklar-hamma turdagi bakteriyalarni eritib yo’q qilishga 
qaratilgan ta’sir. 
O’z ta’siriga qarab esa 2 guruhga bo’linadi: 
1.Tor doiradagi antibiotiklar faqatgina bir turdagi yoki grammanfiy yoki grammusbatlarga ta’sir 
etuvchilar. 
2.Keng doiradagi antibiotiklar bir necha grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga,masalan, 
rikketsiya, xlamidiy, mikoplazma va boshqalarga antimikrob ta’sir ko’rsata oladi. 
Antibiotiklarning antimikrob ta’siri turlicha bo’lib u shartli TB bilan belgilanadi. TB-
antibiotiklarning minimal dozasi olinib, bakteriyaning maksimal o’limini keltirib chiqarishi
tushuniladi. Har bir antibiotik uchun bu ko’rsatkich har xil. Antibiotic buyurilganda bemor yoshi, 
og’irligi aniqlanib, buni natijasida 1kg-TB olinadi. 

Download 3,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish