Toshkent farmatsevtika instituti tibbiy va biologik fanlar kafedrasi mikrobiologiya, virusologiya va



Download 3,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/281
Sana09.03.2022
Hajmi3,97 Mb.
#487540
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   281
Bog'liq
mikrobiologiya virusologiya va immunologiya

Agressiv omillar.
Organizmning ximoya kuchlariga ta'sir ko'rsatuvchi omillar 
agresinlar deb yuritiladi. Bakteriya xujayrasining ustki qismida joylashgan kapsulalar
(polisaxaridlar, oqsillar) tilla rang stafilokokklarning xujayra devoridagi A-oqsili,patogen 
streptokokklarning 
M-oqsili, 
grammanfiy 
bakteriyalarning 
lipopolisaxaridlari, 
mikobakteriyalarning kort -omili, o'lat bakteriyasining V-va W - antigenlari shunday xususiyatga 
ega moddalardir. Bu omillar leykositlar xemotaksisini susaytirib, fagositozning amalga oshishiga 
to'sqinlik qiladi. Boshqa taxminlarga ko'ra. yuqorida sanab o'tilgan omillar opsoninlar (antitelolar) 
yoki komplement ma'lum bir komponentlarning faolligiga ta'sir ko'rsatadi. 
Fermentlar yordamida xam organizm ximoya to'sig'ini yengib o'tishi mumkin. Bularga 
proteaza, qon plazmasini ivitadigan koagulaza, fibrinni eritadigan fibrinolizinlar misol bo'la oladi 
Bakteriya toksinlari (zaxarli moddalari)
Bakteriyalar sintez qiladigan zaxarli moddalar 
kimyoviy tabiatiga ko'ra oqsillar (ekzotoksinlar) yoki liposaxaridlar (endotoksinlar)ga bo'linadi. 
Oqsillar bakteriya xujayrasining tashqi qobig'ida joylashgan bo'lib, to'liq tashqariga sintez 
qilinadigan (V.cholerae xolerogeni, V.parahaemolyticus gemolizni. Cor. diphteiae. gistotoksini va 
boshqalar) qisman (Bord.pertussis leykotoksini, Vl.teteani tetanospazmini, Cl.botulinum 
neyrotoksini,) va umuman sintez qilinmaydigan turlar (Sh.dysenteriae enterotoksini, Y.pestis " 
sichqon toksini") ga bo'linadi. Oxirgi xillari faqat bakteriya xujayrasi parchalangandan keyin 
tashqariga tushadi. Binobarin, oqsil tabiatli toksinlar nafaqat mikrob virulentligining amalga 
oshishida, balki bakteriyalarning metabolik jarayonlarida xam qatnashadi. 
Lipopolisaxaridlar (LPS) bakteriyaning xujayra devorida joylashgan bo'lib bu tuzilma 
parchalangandan so'ng tashqari tushadi. 
Oqsil tabiatli toksinlar. Bu xilga mansub 80 dan ortiq bakteriya zaharlari tafovut 
qilinadi.Ular bir-biridan molekulyar massasi, kimyoviy tuzilishi, tropligi (moyilligi) va biologik 
faolligi bilan farq qiladi. 
Oqsillar asaosan termolabil bo'lishiga qaramay, ularning issiqqa chidamli turlari xam 
mavjud. Masalan,Cl.botulinum, E.coli, patogen stafilokokklar ishlab chiqaradigan zaxarlar 100 C
da 
xam 
bir 
necha 
minut 
saqlanib 
qoladi. 
Ekzotoksinlar 
a'zo 
va 
to'qimalarga 
moyilligi,zaxarliligi,antigenligi, immunogenligiva boshqa belgilari bilan ta'riflanadi. Ta'sir
mexanizmiga ko'ra 4 xili ajratiladi. 
Sitotoksinlar oqsil sintezini buzadi. 
Membranotoksinlar- eritsosit (gemolizin) va leykositlar (leykosidin) o'tkazuvchanligini 
oshiradi, natijada birinchilar gemolizga uchraydi, ikkinchilari parchalanadi. 
Funksional 
blokatorlar- 
xujayra 
adenilatsiklaza 
fermenti 
faolligini 
oshiradigan 


139 
enterotoksinlar, ular ta'sirida ingichka ichak devorining o'tkazuvchanligini oshadi va suyuqlik
ko'p miqdorda chiqib ketishi xisobiga diareya yuzaga keladi. Masalan, patogen vabo vibrioni 
ishlab chiqaradigan xolerogen,enterobakteriyalarning enterotoksinlari xuddi shunday xususiyatga 
ega. 
Patogen stafilokokk va streptokokklar ishlap chiqaradigan eksfoliatin va eritrogenlarning 
xujayralarning o'zaro va xujayra aro moddalar ta'sirlashuvi jarayonlariga ta'sir ko'rsatadi. Bir 
qator oqsil tabiatli formalin ta'sirida anatoksinlar olinadi. 

Download 3,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish