Toshkent farmatsevtika instituti tibbiy va biologik fanlar kafedrasi mikrobiologiya, virusologiya va


Gemagglyutinasiya reaksiyasini qo’yish (GAR)



Download 3,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/281
Sana09.03.2022
Hajmi3,97 Mb.
#487540
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   281
Bog'liq
mikrobiologiya virusologiya va immunologiya

Gemagglyutinasiya reaksiyasini qo’yish (GAR). 
Tovuq embrioni ochilgandan so’ng 
allantois suyuqligi so’rib olinadi va probirkalarga yoki pleksiglasdan tayyorlangan plastinkalar 
chuqurchasiga 0,5 ml hajmda (kontrol uchun 0,5 ml yuqtirilmagan embrionning shunday 
suyuqligidan) quyiladi. So’ngra uning ustiga 0,2 ml 1 % li yuvilgan tovuq eritrositidan qo’shiladi 
va uy temperaturasida saqlanadi. Reaksiya natijasi 40 min. dan so’ng, ya’ni eritrositlar cho’kma 
hosil qilgandan keyin tekshiriladi. Reaksiya musbat bo’lsa probirkaning ostida bir –biri bilan 
yopishgan eritrositlardan tashkil topgan yupqa parda zontik xosil bo’ladi. Reaksiya natijalari 4 
tagacha musbat belgi bilan aniqlanadi. Yaxshi gemagglyutnasiya + + + + — bu holatda 
probirkaning ostida parda zontik yaqol ko’rinishida bo’ladi; + + + pardaning oralarida ochiq joylar 
koladi; + + eritrositlarning birlashishida viruslar kamayganligi sababli parda chetlari tekislashadi; 
+ kam agglyutinasiyalangan eritrositlar birikmalari bilan o’ralgan eritrositlarniig cho’kmasi; — 
eritrositlar cho’kmasining atrof chegarasi yaqqol ko’rinib turadi, ammo kontroldan (eritrositlar 
tugmacha formasini oladi) farq qilmaydi- Agar tajribadagi probirkalarda gemagglyutinasiya 
bo’lib, kontrol probirkalarda bo’lmasa, bu — tekshirilayotgan suyuqlikda virus borligini 
ko’rsatadi. 
Viruslarni indikasiya qilishda tekshirilayotgan suyuqliklarda viruslarning titrini ( miqdoriy 
ko’rsatkichini) aniqlash muhim amaliy ahamiyatga ega. Virus saqlovchi materialni maksimal 
suyultirilganda virus o’zining (SPT. GAR, xayvonlarni nobud qilish va bosh.) infeksion aktivligini 
na’moyon qila oladigan miqdoriga virus titri deb ataladi. Titr 1 birlik qilib olingan, ya’niy shu 
titrda viruslar 50% yuqtirilgan kulturalarda SPT keltirib chiqaradi. GAR virus tirtri deb ++ ( I AE 
– bitta agglyutinasiya beruvchi birlik) dan kam bo’lmagan eritrasitlarni agglyutinasiyasini 
beruvchi eng ko’p suyultirilgan eritmasiga aytiladi. Viruslarni titrlarini aniqlash , viruslarning 
ishchi, yuqish dozalari ishlab chiqishda va keyinchalik viruslarni
Bakteriofaglar ( “bakteriya va yunoncha so’z phagos yeb yuboruvchi) –bakteriya 
hujayralariga maxsus kirishi va ularda parazitlik qilib, lizisga, o’limga olib keluvchi bakteriya 
viruslari xisoblanadi. 
Bakteriofaglar atrof-muhitda, suv havzalarida, tuproqda keng tarqalgan.Shu bilan birgalikda 
ularni ko’pchiligi bakteriyalardan va boshqa mikroorganizmlardan va zamburug’lardan 
topilgan.Shuning uchun bakteriofaglar keng ma’noda umumiy so’z bilan fag deb nomlanadi. 
Faglarni nomlashda lotin, yunon va rus alfaviti hariflaridan, sifrlardan foydalaniladi va ularning 
oldida bakteriya avlodi va turi yoziladi ( E. coli T2 ). Qarindosh avlod va tur vakillarini 
nomlashda, ularning ajratib olingan manbasi nomi beriladi: kolifaglar, stafilofaglar, aktinofaglar 
va bosh. 
Faglarni asosan elektron mikroskopda ularning ultrastrukturasi o’rganiladi (rasm 38). Faglar 
shakli va struktura tuzilishi jihatdan bir nechta morfologik tiplarga bo’linadi: ipsimon; mayda 
kubsimon


112 
(ba’zilarida o’simtalar analogi bo’lishi mumkin); spermatozoidsimon faglar, ya’niy kubsimon 
boshi va dum qismidan iborat bo’lib, ustida qisqaruvchi va qisqarmaydigan yopqichlar mavjud 
bo’ladi. Faglarni o’lcham 20 dan 800 nm gacha bo’ladi. 
Faglar o’zlarini tarkibida DNK yoki RNK tutadi. Faglarni nuklein kislotalari ikki ipli, bir 
ipli, chiziqli halqasimon bo’lishi mumkin. Ko’pchilik faglar ikki ipli halqasimon DNK tutadi. 
Struktura tuzilishlari viruslarga o’xshash kapsid va kapsomerlar faglar shakillanishida qatnashadi, 
lekin faglarda simmetriya tiplari aralash bo’ladi. Bosh qismi kubsimon simmetriyaga ega bo’lsa 
dum qismida spirallsimon simmetriya tiplari uchraydi. 
Faglarni antigen xususiyati. Bakteriofaglar gruppospesifik va tipospesifik antigenlar tutadi 
va ular immunogen xususiyatga ega, organizmda maxsus antitelalar hosil qiladi.Bu antitelalar 
faglar bilan birikib ularni bakteriyaga qarshi litik xususiyatini neytrallashi mumkin.Tipospesifik 
xususiyati bo’yicha faglar serotiplarga bo’linadi. 
Rezistentligi (chidamliligi). Viruslarga qaraganda tashqiy muhit faktorlariga ancha chidamli. 
Temperatura tasirida 65-70ºS o’ladi,bundan tashqari UF nurlari va radiasiyaning yuqori dozalari, 
kislota, farmolinlarga chidamli.Uzoq vaqt past temperaturada, quritganda saqlanib qoladi. 
Faglarning yuqumliligi o’ta maxsus bo’lib, ma’lum bakteriyalarda ko’payadi. Ularni maxsus
strukturasiga nisbatan sezgir bakteriyalarda reseptorlar mavjud.Faglarni sezgir bakteriyalar bilan 
maxsus o’zaro munosabatiga asosan faglar quyidagi ko’rinishlarda bo’ladi: polivalent – qarindosh 
bakteriyalarda ko’payya oladi; monovalent- ma’lum tur bakteriyalarda ko’payadi; tipovoy – 
bakteriya turlarining aloxida tiplarida ko’paya oladi. 
Faglarni bakteriya bilan o’zaro munosabati viruslarga o’xshab produktiv, abortiv va 
integrativ ko’rinishda kuzatiladi. Produktiv formada fag bakteriyani to’liq lizisga uchratadi va 
fagning avlodlari hosil bo’ladi. Abortiv formada, bakteriya lizisga uchramaydi va fagning 
avlodlari ham hosil bo’lmaydi. Integrativ tipda esa fag bakteriyaning xromosomasiga kirib oladi
va u bilan birga (profag) turadi. Shuning uchun faglarni bakteriyalar bilan o’zaro munosabati 
natijasida ular ikki xil ko’rinishda, virulent va avirulent (mo’’tadil) bo’ladi. 
Virulent faglarni bakteriyalar bilan o’zaro munosabati produktiv tipda kuzatiladi. Ularning 
reproduksiyasida 200-300 ta yangi faglar xosil bo’ladi. 
Mo’’tadil faglar virulent faglardan farqlanib ularning bakteriyalar bilan munosabati 
produktiv yoki integrativ bo’lishi mumkin (rasm -39). Produktiv ko’rinishda virulent fagdan 
reproduksiyasida farq kuzatilmaydi va bakteriyaning lizisi bilan tugaydi. Integrativ tipda fag 
genomi bakteriyaxromosomasiga kirib oladi va sinxron ko’rinishda ko’payayotgan bakteriya 
genomi bilan birga replikasiya bo’ladi, bakteriyani lizisga uchratmaydi. Shunday DNK saqlovchi 
faglar p r o f a g deb ataladi, bakteriya esa “l i z o g ye n” li kultura deb nomlanadi, chunki 
bunday lizogenli bakteriyalarda har doim profag aktivlansa lizisga uchrash ehtimoli yuqori 
bo’ladi.. Bunday bakteriyalar profagni o’z avlodlariga o’tkazadi. Lekin, fag replikasiyaga 
uchramaydi va o’z naslini qoldirmaydi. Buning sababi bakteriya hujayrasida fagni 
transkripsiyasini to’xtatib turuvchi past molekulyar oqsil repressor ishlab chiqiladi. Repressorlar 
biosentizini fag genlari boshqaradi. Shuning uchun bunday lizogenli bakteriyalarda boshqa 
faglarga nisbatan immunitet xosil bo’ladi, ya’niy boshqa yaqin qarindosh faglar bakteriyaga kira 
olmaydi.Ammo, lizogen termini shu bakteriyalarni har doim lizisga uchrashi mumkinligini 
bildiradi. Buning isboti sifatida, bakteriyalar tarkibidagi fag o’z-o’zidan spantan ravishda, yoki 
fizik, kimyoviy faktorlar ta’sirida vegitativ formaga o’tishi va bakteriya hujayrasini lizisga 
uchratishi mumkin. Bakteriya xromosomasidan ajrab chiqgan fag, bakteriyadan ma’lum ma’lum 
informasiya saqluvchi genlarni o’ziga biriktirib olishi va bu ma’lumotlarni boshqa bakteriyalarga 
(transduksiya xodisasi) o’tkazishi mumkin. Bakteriyalar oldin o’zlarida kuzatilmagan belgi va 
xususiyatlarni na’moyon qilishi mumkin. Profag ta’sirida bakteriyalarni xususiyatlarini o’zgarishi 
“ fagli konversiya” deb nomlangan ( lot. sonver-sio- o’zgartirmoq).
Bakteriofaglar 
amaliyotda 
quyidagi 
maqsadlarda 
qo’llaniladi; 
fagoterapiyada, 
fagoprofilaktikada, fagoidentifikasiyada va fagotiplashda.Bundan tashqari ichak tayoqchasini 
kolifagi tashqi muhit ob’ektlarini ifloslanishini aniqlashda sanitar ko’rsatkich (indikator) 
mikroorganizm sifatida qo’llaniladi: 
1) fagoterapiya — ayrim yuqumli
 
kasalliklarni keltirib chiqaradigan (shigella, protey, 
stafilokokk, ko’k yiring tayoqchasi) bakteriyalarga qarshi davolashda ishlatiladi.


113 
2) fagoprofilaktikada — epidemik o’chokda bo’lgan kishilar orasida ayrim 
kasalliklarning oldini olishda (masalan, dizenteriya, vabo);
3) fagoidentifikasiyada — fag yordamida bakteriya kulturasini qaysi turga mansubligini 
aniqlash;
4) fagodiagnostika kasal organizmidan (masalan, najasdan) fagni ajratib olishdan 
iborat bo’lib, organizmda shu fagning mikrobi borligini ko’rsatadi, ya’ni fag bilan diagnoz 
qo’yish; 
5) fagotiplash - bakteriyalarni fagotipini aniqlashda, ya’ni fagotipning, bir turdagi bakteriya 
shtammini shu tipga xos faglar bilan lizis qilish orqali aniqlanadi; bu esa tekshirilayotgan
kulturalarni belgilaganda, kasallikni epidemiologik tekshirishda ayniqsa muhimdir. 
Amaliyotda bulonda o’stirilgan bakteriyalar hujayralaridagi virulent faglar reproduksiyasi bu 
hujayralarning lizisga uchrashi va muhitning tiniq, yaltiroq tusga aylanishi bilan tugaydi. Petri 
kosachasidagi agarli muhitda sezuvchan bakteriyani gazon usuli bilan o’stirilganda faglar lizis 
o’choqli yoki yaxlit zonalarini hosil qiladi. Bu esa, fagning kopsentrasiyasiga bog’liqdir. Lizisning 
o’choqli zonalari fagning negativ koloniyalari yoki steril dog’lar — pilakchalar deb nomlanadi. 
Ular ma’lum faglarga xos morfologiyaga ega bo’lib, birgina fag zarrachasidan hosil bo’ladi va 
boshqa hujayralarga kirishi va keyinchalik ko’payishi natijasida hosil bo’ladi.
Fagning «sof liniyasini» (boshqa faglar aralashmasidan holi) olish uchun morfologik 
jihatdan bir xil bo’lgan negativ koloniyalarning qator passajlari bir xil bakterial shtamm 
gazonining aynan o’zida olib boriladi.

Download 3,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish