Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Download 1,01 Mb.
bet42/186
Sana15.09.2021
Hajmi1,01 Mb.
#175010
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   186
Bog'liq
Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi

Birinchidan, insoniyat sivilizatsiyasi tarixida erishgan har qanday moddiy va ma’naviy qadriyatlarning umuminsoniy jihatlari tarixiy makon doirasidan chiqib baynalmilallashib, universallashib bormoqda. Boshqacha aytganda, milliylik va umuminsoniylik tamoyillarining integratsiyalashuv jarayoni kechmoqda.

Ikkinchidan, millatlar va davlatlarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-madaniy rivojlanishidagi beqarorlik, ular manfaatidagi o‘ziga xoslikni mutloqlashtirish insoniyatga, shu jumladan, o‘z milatining kelajagiga xavf tug‘diradigan salbiy hodisalarning mafkuralashgan holda globallashuviga olib kelmoqda. Bu xalqaro terrorizm, ekstremizm, fundamentalizm va narkobiznes hodisalarida namoyon bo‘lmoqda. Biron-bir hudud yoki mamlakatda paydo bo‘layotgan g‘oyalar tez fursatda butun jahonga yoyilmoqda. Natijada odamzod ma’lum bir davlatlar va siyosiy kuchlarning manfaatlariga xizmat qiladigan, olis-yaqin manbalardan tarqaladigan, turli mafkuraviy markazlarning bosimini doimiy ravishda sezib yashamoqda. Bu jarayonning eng muhim xususiyatidan biri turli mamlakatlarni mafkuraviy zabt etish g‘oyat katta iqtisodiy manfaatlar bilan chirmashib ketganidir.

Mafkuraviy jarayonlar globallashuvning avj olishida xalqaro elektron axborot tizimi hisoblangan internetning o‘rni katta bo‘lmoqda. Bu - so‘nggi paytda insoniyat tomonidan yaratilgan yangi kashfiyot. Uning imkoniyat darajasi, ijtimoiy funksiyalari ko‘lami cheksiz bo‘lib, dunyoda internet ishqibozlari soni toboro ko‘payib bormoqda. AQSH, Norvegiya, SHvetsiya, Kanada, Singapur kabi mamlakatlarning 50 foizga yaqin aholisi shaxsiy kompyuterlardan internetga bog‘lanish imkoniyatiga ega. Finlandiya, Daniya, Avstraliya, YAngi Zenlandiya mamlakatlarida bu ko‘rsatkich 30-40 foizni buyuk Britaniya, Gollandiya, SHvetsariya, Avstriada 20 foizdan ortig‘rog‘ini tashkil etmoqda.

SHu o‘rinda ta’kidlash lozimki, globallashuv ijtimoiy-siyosiy hayotni yangicha tarzda mafkuraviylashtirish bilan xarakterlanib, hamma sohalarga «yangi ta’limot»ni, hayot tarzini singdirishga urinish tarzida yuz bermoqda. «YAngi ta’limot» rolini esa G‘arb liberalizmi o‘ynamoqda. Kommunizm g‘oyasi an’analarini davom ettirgan mafkura ham xuddi shunday izchillik va qat’iyat bilan yangi modellar va echimlarni hayotga joriy etishga harakat qilmoqda. Zero, liberal “baynalminal kuchlar” ortida xuddi bir zamonlar kommunizm ortida turgandek muayyan davlat manfaatlari yotibdi.

Aloqa tizimlarining globallashuvi axborotlar oqimi ustidan davlat nazoratini susaytiradi. Boshqacha aytganda davlat, hatto mahalliy ommaviy axborot vositalarini va jahon miqyosidagi yangiliklarni xolis sharhlab, mafkuraviy filtrdan o‘tkazib beradigan mafkuraviy siyosiy imkoniyatlardan ham, vositalardan ham mahrum bo‘ldi. Konkretlashtirib aytganda, dunyo informatsion chegaralari shartli bo‘lib qoldi.

Umuman, mafkuraviy globallashuv jarayonida inson qalbi va ongi uchun kurash o‘ta jiddiy tarzda ro‘y berishini ham e’tibordan chiqarmaslik zarur. Zero, hozir turli usullarda olib boriladigan mafkuraviy targ‘ibot va tashviqotning asosiy maqsadi ham inson qalbi va ongini egallash uchun kurashdir. CHunki, har qanday g‘oya inson tomonidan qabul qilingandan keyin amaliy hayot dasturi maqomiga ega bo‘ladi, shaxsni muayyan maqsad sari harakatga keltiradi. SHuning uchun ham bugungi kunda mafkuraviy kurashning bosh maqsadi-shaxs ongini, qalbini egallashdir.

Albatta, mafkuraviy globallashuv sharoitida ezgu, bunyodkor g‘oyalarning umumiylashuv jarayoni ham yuzaga keladi. Demokratiya, gumanizm, tinchlik, barqarorlik, mustaqillik va ozodlik, qonunning ustuvorligi, inson erkinliklari kabi g‘oyalar bunday globallashuv sharoitida umumbashariy qadriyatga aylanib bormoqda. Ezgu, bunyodkor g‘oyalarning universiallashuvi, ularning umumbashariy qadriyatlarga mutanosibligigina insonlarni vayronkor g‘oyalardan saqlab qolishi mumkin.

Hozirgi kundagi mafkuraviy integratsiya jarayonlarida jiddiy intensivlashuvni kuzatish mumkin. Dunyoning tez o‘zgarib borishi mafkuraviy jarayonlarni o‘zgartirib yuborayotgani singari, mafkuraviy jarayonlardagi sifat o‘zgarishlari jahonni o‘zgartirishga ham o‘z ta’sirni o‘tkazmoqda. Darhaqiqat, shunday. «Biron-bir hudud yoki mamlakatda paydo bo‘layotgan g‘oyalar tez fursatda butun jahonga yoyilmoqda. Natijada, odamzot ma’lum bir davlatlar va siyosiy kuchlarning manfaatlariga xizmat qiladigan, olis-yaqin manbalardan tarqaladigan, turli mafkuraviy markazlarning bosimini domiy ravishda sezib yashamoqda»1.

Dunyoning nihoyatda o‘zgarib berayotgan hozirgi siyosiy-ma’naviy, g‘oyaviy-mafkuraviy qiyofasini tasavvur etish juda murakkab. Buning jiddiy sabablaridan biri, uning tez o‘zgaruvchanligidir. Jarayonning tez o‘zgarishi esa, o‘z navbatida, uning mazmun- mohiyatini to‘g‘ri tahlil etishga, xolis xulosalar chiqarishga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Umuman, mafkuraviy jarayonlar tez o‘zgaruvchanlikdan tashqarimilliy taraqqiyotga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatish kuchiga ega. Mafkuraviy jarayon, eng avvalo, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy vaziyatni kompleks-sistemali tahlil etish orqaligina o‘rganilishi mumkin. Umuman, har qanday mafkuraviy jarayonga konkret umuminsoniy manfaatlar nuqtai nazaridan yondoshilsa, to‘g‘ri ilmiy xulosa chiqarish mumkin.

Masalan, XIX asrning ikkinchi yarmidagi mafkuraviy jarayon iqtisodiyotda yangi texnologiyalarni rivojlantirishga imkon bergan siyosiy vaziyat bilan hamohangdir. SHuningdek, dunyo siyosiy xaritasining 1917-1991 yillardagi o‘ziga xos mafkuraviy xususiyatlari davrda mafkuraviy vaziyat sotsializm va kapitalizm kurashi asnosida baholandi. Ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi bosqichidagi mafkuraviy jarayon esa, buyuk davlatchiliy shovinizmi, diniy ekstremizm, tajovuzkorlik va millatchilik g‘oyalarini o‘zida aks ettiruvchi siyosiy yo‘nalishlarni vujudga keltirmoqda.

Mafkuraviy jarayonlarning zamonaviy xususiyatlari millat taraqqiyotiga turlicha ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, bunday ta’sirning salbiy jihatlarini chuqurroq o‘rganish juda zarurdir. Umuman, dunyodagi barcha davlatlarda ham g‘oyaviy-mafkuraviy muammolar mavjud. Har bir davlatning xalqaro siyosiy mavqei, millatning rivojlanish darajalari ana shu muammolarni hal etishga tayyorligi bilan belgilanadi.

Xalqaro miqyosdagi g‘oyaviy-mafkuraviy munosabat muammolarini hal etish imkoniyati, ko‘p jihatdan, u yoki bu mamlakatning globallashayotgan mafkuraviy jarayonlarga moslashuv imkoniyatlari bilan bog‘liqdir. Ta’kidlash lozimki, mustaqillik yillarida O‘zbekistonning jahon mafkuraviy jarayonlariga moslashuv imkoniyatlari kengaydi. Bu, quyidagilardan iborat:



  • O‘zbekiston jahondagi barcha mamlakatlarga ochiq davlat sifatida namoyon bo‘ldi;

  • mamlakatimiz o‘z siyosatida milliy manfaatlarini himoya qilishga ustuvor ahamiyat bersada, biroq, boshqa davlatlar manfaatlarini ham himoya qilish yo‘lini tutmoqda;

  • O‘zbekiston xalqaro siyosatida boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik siyosati tamoyiliga asoslanmoqda;

  • O‘zbekiston hukumati jahon mafkuraviy jarayonlarida umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlarni, g‘oyalarni amalga oshirishdan iborat global hamda lokal siyosatda faol ishtirok etmoqda.

SHuningdek, O‘zbekistonning jahon mafkuraviy jarayonlariga moslashuvida o‘ziga xos qiyinchilik va muammolar ham mavjudligini esdan chiqarmaslik lozim. Zero, mafkuraviy muammolar insoniyat ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti tarixi boshlangan 6 ming yil ilgari bo‘lgani kabi, hozir ham saqlanib qolmoqda.

Mamlakatimizning jahon mafkuraviy jarayonlariga moslashishiga halaqit qilayotgan sabablarni ikkiga bo‘lish mumkin. Bularning birinchisi tashqi sabablar bo‘lib, ularga mamlakatimiz fuqarolarining hozirgi dunyo, undagi o‘zgarishlar to‘g‘risida mukammal bilim va tasavvurlarning yo‘qligi ta’sir ko‘rsatmoqda. SHuningdek, ayrim fuqarolarimizda hozir dunyoda mavjud bo‘lgan turli diniy-siyosiy oqimlar, tashkilotlar, uyushmalar xususida ob’ektiv ma’lumotlarga ega emasligi mazkur jarayonga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

O‘zbekistonning jahon mafkuraviy jarayonlariga moslashishga halaqit qilayotgan ikkinchi sabab: tashqaridan mamlakatimizdagi g‘oyaviy-mafkuraviy barqarorlikka putur etkazish, “mafkuraviy bo‘shliq”ni to‘ldirish, fuqarolarda mafkuraviy immunitetni hosil qilish- bularning bari hozirgi kunda O‘zbekiston oldida turgan jiddiy mafkuraviy muammolar hisoblanadi.

Ijtimoiy taraqqiyot globallashuvining bir sifat bosqichidan ikkinchisiga o‘tayotgan hozirgi sharoitda g‘oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni oqilona integratsiyalashtirish, turli davlatlar, millatlar, xalqlar manfaatlarini umumiy maqsad doirasida muvofiqlashtirish ichki ziddiyatli jarayon hisoblanadi.. Masalan, sovet mustabid tizimi davrida reaksion, ijtimoiy taraqqiyotga halaqit qiladi deb talqin etilgan narsalar mustaqillik yillarida boshqacha sifat bilan baholanmoqda, shuningdek, mustaqillikdan keyin ijtimoiy-siyosiy hayotimizga endi kirib kelayotgan barcha hodini ham ijobiy deb atash qiyin. YA’ni, hozir bir ijtimoiy-siyosiy voqea yoki hodisadan turli xil xulosa chiqarish mumkin. Bu xulosalarning yagona mezoni global miqyosdagi umuminsoniyat sivilizatsiyadagi istiqbollaridir. Zero, hozirgi davrda ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning integratsiyasi va universallashuv darajasi milliy manfaatlarni shartli hamda nisbiy qilib qo‘ymoqda.



SHu o‘rinda ta’kidlash kerakki, aloqa kommunikatsiyalari sohasidagi global tuzumlarda ommaviy axborotning transmilliy vositalarida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar siyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy munosabatlar globallashuvini tezlashtiradigan muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, «Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadartig‘iz, shu qadar tezkorki, ha bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo‘q, deb beparvo qarab bo‘lmaydi”16.

Darhaqiqat, axborotlar dunyosi kengayib, globallashib borayotgan bir davrda bunday holatlar ajablanarli emas.

Hozirgi kunda u yoki bu davlatning mafkuraviy muammosi jahon muammosiga aylanib bormoqda. Ta’kidlash lozimki, muayyan mamlakatda mafkuraviy muammolarni, jumladan: diniy ekstremizm, millatchilik, shovinizm, ma’naviy qashshoqlik, axloqsizlik, ommaviy qirg‘inlar, fojealarning oldini olish – global g‘oyaviy-mafkuraviy muammolarni hal etishning kafolati hisoblanadi. Zero, har qanday milliy muammo global muammoning elementi, tarkibiy qismidir.

O‘zbekiston hukumati milliy muammolarni jahon muammolari kontekstida hal etish mumkinligini anglab etdi va shu yo‘ldan bormoqda. Bu esa, xalqaro hamjamiyat tomonidan ma’qullanmoqda. Mamlakatmiz yirik industrial davlatlar bilan birga, endi rivojlanib kelayotgan mamlakatlar bilan ham bir xil darajada hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Xalqaro tashkilotlar, BMT, NATO, boshqa hamkorlik uyushmalari faoliyatida ishtirok etish orqali, O‘zbekiston bir tomondan, o‘zining mafkuraviy muammolarini hal etayotgan bo‘lsa, boshqa jihatdan, xalqaro hamjamiyat muammolarini bartaraf etishga o‘zining munosib hissasini qo‘shmoqda.

Hozirgi kunda olib borilayotgan mafkuraviy jarayonlar milliy mentalitetimizga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Dunyodagi barcha davlatlar, siyosiy, diniy, mafkuraviy tashkilotlar O‘zbekistonga o‘ziga xos tarzda ta’sir ko‘rsatish yo‘lidan bormoqdalar. Ayrim siyosiy kuchlar, diniy mafkuraviy birlashmalar O‘zbekiston aholisining siyosiy ongi, diniy e’tiqodi, ijtimoiy ruhiyatiga, ma’naviy-madaniy saviyasiga ta’sir o‘tkazish orqali o‘z manfaat-maqsadlariga erishishga harakat qilmoqdalar. O‘zbekistonni o‘z siyosiy ta’siriga o‘tkazish, sobiq SSSRni tiklash, postsovet siyosati, islom dunyosini birlashtirish kabi «g‘oya»lar bunday harakatning asosini tashkil etadi.

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida bunday salbiy holatlarga qarshi himoya vositalari ishlab chiqilgan. Bu himoya vositalari tizimida milliy istiqlol g‘oyasi alohida o‘ringa va ahamiyatga egadir. Zero, ijtimoiy rivojlanishning hozirgi bosqichida mafkuraviy kurashlar tobora kuchayib bormoqda, geopolitik maqsadlar mafkuraviy siyosat bilan ko‘proq qo‘shilib ketmoqda. Bir tomondan, umuminsoniy qadriyatlar hisoblangan demokratiya, o‘zaro hurmat, ijtimoiy-siyosiy hamkorlik kuchayib bormoqda. Biroq, boshqa tomondan, g‘arazli maqsadlarga erishish harakati, zo‘ravonlik, harbiy kuch ishlatish, mafkuraviy vositalardan foydalanish ham kuchayib bormoqda.

SHunday sharoitda O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishi, uning tarkibiy qismi va sub’ektiga aylanishi o‘ta muhimdir. Darahaqiqat, shu o‘rinda qayd etish lozimki, O‘zbekiston o‘zining iqtisodiy, siyosiy nufuzi, imkoniyatlari nuqtai nazardan jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashga haqlidir. Ma’lumki, O‘zbekiston har doim SHarq va G‘arbga birlashtirib turgan muhim bo‘g‘in hisoblangan. Uning maydoni 447, 4 ming kv. km. bo‘lib, uning g‘arbida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 viloyat, 165 qishloq (ovullar) mavjud. Mamlakatimizda hozir 136 millat, elatlar vakillari bo‘lgan 26 millionga yaqin kishi yashaydi. Aholining 60 foiziga yaqinini bolalar, o‘smirlar va 25 yoshga etmagan yigit-qizlar tashkil etadi. Mamlakatimiz qadimdan boy tabiiy resurslarga, hosildor erlar, kuchli iqtisodiy, ilmiy va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lgan mamlakatdir.

Mamlakatmizning ichki siyosatida inson, uning xaq-huquqlari, manfaatlarini himoya qilish, fuqarolar uchun munosib turmush sharoiti yaratib berish, ozchilikning ko‘pchilik irodasiga bo‘ysunishi, shu bilan birga, ozchilik fikrining ham ko‘pchilik tomonidan hurmat qilinishi kabi demokratik tamoyillar alohida o‘rin egallaydi. Mamlakatimizning tashqi siyosatida barcha davlatlar bilan teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik asosida hamkorlik qilish, ularning ichki ishlariga aralashmaslik, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, tinchlik va xavfsizlikni asrab-avaylash, xalqaro huquq me’yorlarning ustuvorligi kabi tamoyillarga amal qiladi1.

O‘zbekistonning tashqi siyosati uning siyosiy nufuzini ortishiga olib kelmoqda. SHuningdek, mamlakatimiz tashqi siyosatining o‘ziga xos g‘oyaviy-mafkuraviy asoslari ishlab chiqildi. Xususan, bu narsa mamlakat Konstitutsiyasining 17-moddasida o‘z aksini topgan. Unda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’ektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi.

Bularning barisi mamlakatimizning jahon hamjamiyatiga ishonchli sherik sifatida kirib borishiga imkon yaratmoqda. O‘zbekistoning jahon xalqaro tinchligi va xavfsizligiga mos bo‘lib tushgan tinchliksevar tashqi siyosati uning jahonda mustaqil davlat sifatida tan olinishini ta’minladi. Bugun mamlakatimiz mustaqilligini dunyodagi 165 nufuzli davlat tan oldi, ularning 120 tasi bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o‘rnatildi. Toshkentda 40 ta mamlakatning elchixonasi ochildi, 19 davlatning elchisi O‘zbekistonda o‘rindoshlik yo‘li bilan ishlab turibdi, 88 ta xorijiy vakolatxona, 24 ta hukumatlararo va 13 ta hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning soni tobora ortib bormoqda. Buni ham O‘zbekistonni jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilishining globallashuvi tarzida olib qarashga asos bo‘ladi.

Xo‘sh, bunday hamkorlik qanday natijalar bermoqda? Eng avvalo, O‘zbekistonning boshqa xorij davlatlari bilan o‘zaro aloqalari yaxshilanishi, ular o‘rtasida g‘oyaviy-mafkuraviy integratsiya kuchayishiga olib kelmoqda. Bunday integratsiya tufayli davlatlarning bir-biri to‘g‘risidagi tasavvurlari ortib, bilimlari kuchaymoqda. Lokal va global muammolarni hal etishda imkoniyatlar kengaymoqda. Bu imkoniyatlar, ayniqsa ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, kommunikatsiya hamda texnik-texnologik soha integratsiyasiga olib kelmoqda.

Qayd etish lozimki, g‘oyaviy-mafkuraviy integratsiyaning kuchayishi O‘zbekiston fuqarolarida sovet mustabid tizimi davrida shakllangan komform dunyoqarashni singdirishda, iqtisodiy va mafkuraviy-ma’naviy boqimandalik kayfiyatini bekor etishda muhim rol o‘ynamoqda. Bunday integratsiya, ayniqsa mustaqillikgacha biz uchun begona bo‘lgan demokratik jamiyatda yashash ko‘nikmasini hosil qilishda yordam bermoqda.

Xullas, har bir davlat va jamiyat o‘ziga xos rivojlanish modellariga ega bo‘lib, ular bir-biridan shakli, mazmuni jihatdan farq qilsa ham, umumiy rivojlanish qonuniyatlarini istisno qilmaydiadi. YA’ni, bir tomondan, bunday umumiylik, insoniyatning ezgu maqsadlari doirasida uyushish, jipslashish manfaatlarini ifodalaydi. Ikkinchi tomondan, milliy taraqqiyotdagi o‘ziga xoslik muayyan davlatning siyosiy tuzimi, iqtisodiy hayoti, madaniy turmushi, g‘oyaviy-mafkuraviy muhiti ta’sirida shakllanadi.«Sodda qilib aytganda, - degan edi Islom Karimov, - muayyan davlat va jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichi hayotning o‘zi o‘rtaga qo‘yayotgan shart va talablarning hisobga olinishini taqazo etadi.

Mafkuraviy globallashuvning o‘ziga xos salbiy jihatlari insonni, ayniqsa yoshlarni ma’naviy-ruhiy, mafkuraviy jihatdan tubanlikka boshlovchi g‘oyalarni turli vositalar orqali targ‘ib etishning kommunikatsiyalari, texnologiyalari universallashuvi va globallashuvini ham ifodalaydi. SHuningdek, demokratiyani su’istemol qilish oqibatida axloqsizlik, tubanlik, yovuzlikni targ‘ib etadigan san’at «asarlari» ham tobora ko‘payib borayotganligini esdan chiqarmaslik kerak.

SHunday sharoitda fuqarolar, ayniqsa yoshlarni ana shunday tajovuzkor g‘oyalardan muhofaza qilish juda muhim ahamiyat kasb etadi. g‘oyaviy-mafkuraviy globallashuv tufayli sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlardan ozod bo‘lish, axborot espansiyasidan qutilish bir davlat yoki bir millat vazifasi emas. Uni o‘zaro hamkorlik va hamjihatlikdagina hal etish mumkin.

Mafkuraviy globallashuv saviyasi past audio va videotasmalar, axloqsizlik, tubanlik va yovuzlikni targ‘ib qiladigan «san’at asarlari»ning ham keng tarqalishiga sabab bo‘lmoqda.G‘oyaviy-mafkuraviy tazyiq va tajovvuzlarning oldini olish uchun esa har bir millat, davlat o‘zining g‘oyaviy-mafkuraviy daxlsizligini ta’sinlaydigan chora-tadbirlarni ko‘rishi zarur bo‘lib qolmoqda. Ana shunday tadbirlar izchil amalga oshirilganda Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi g‘oyaviy qarashlardagi muayyan farqlardan qat’iy nazar, umuminsoniy qadriyatlar, tinchlik g‘oyalariga sodiqlikning kamol topishiga sharoit yaratadi, umuminsoniy sivilizatsiya taraqqiyotining muhim omiliga aylanadi.

Bugun bashariyat taqdirida inson va jamiyatni ozod etishning yangi bosqichi, yalpi yangilanishlar jarayoni amal qila boshlaganligini guvohi bo‘lish mumkin. SHu nuqtai nazardan qaraganda er yuzining turli mintaqalarida milliy-ozodlik va mustaqillik uchun kurash kengayib borayotganligini tarixiy zaruriyat sifatida, ob’ektiv holat deb qarash mumkin. Mazlum xalqlarning erk uchun kurashi asrimizning o‘ziga xos g‘oyasiga aylandi. O‘zga davlatlarga tobe bo‘lib kelgan ko‘plab mamlakatlar birin-ketin mustaqillikka erisha boshladi. Prizident I.Karimov ta’kidlaganidek, «Mustamlakachilik siyosati ijtimoiy hodisa sifatida xalqaro maydonda halokatga mahkum etilgani tobora ayon bo‘la bordi»17. Bu jarayon esa shubhasiz XX asrning eng asosiy, eng muhim ijtimoiy-siyosiy tamoyili sifatida ajralib turdi.

O‘tmish tarixga nazar solsak, mavjud chegaralarni o‘zgartirish, muayyan hududlarni bosib olish uchun son-sanoqsiz urushlar bo‘lganligini va bu urushlar jarayonida qurol-yarog‘lar ham muntazam takomillashib borganligini guvohi bo‘lamiz. Mazkur urushlar XX asrgacha asosan ko‘proq bir davlat ichida, ikki davlat o‘rtasida yoki nari borganda bir mintaqa doirasida bo‘lishi mumkin edi. To‘g‘ri, aytaylik Aleksandr Makedonskiy, CHingizxonning ulkan davlat barpo etish yoki o‘rta sarlardan boshlab evropalik istilochilarning boshqa qit’alarni zabt etish uchun olib borgan urushlari ko‘lami jihatidan bir-biridan ajralib turadi. Ammo bunday holatlar istisno hodisalar sifatida baholanmog‘i kerakka o‘xshaydi. XX asrda ro‘y bergan ikkita jahon urushida o‘nlab davlatlar, bir necha qit’a mamlakatlari ishtirok etganligini eslasak, bunday xulosa muayyan darajada o‘rinli ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin.

Xullas, urush qurollari takomillashib boraveradi. Bugungi kunda insoniyat qo‘lida mavjud bo‘lgan qurol-yarog‘lar butun Er sayyorasini yakson qilishga etadi. Hozirgi zamondagi eng katta xavf-insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir.

Prezidentimiz ta’kidlab o‘tganidek, endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani hal qiladi18.

Hozirgi davrda g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlar er yuzini, barcha mintaqa va mamlakatlarni qamrab olmoqda. Bugun bu jarayonlardan biror kishi chetda qolmayapti. Siyosatshunos olimlarimizning ilmiy xulosalari shuni ko‘rsatmoqdaki, hozirgi davrda mafkuraviy jarayonlar quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:




Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish