Fenotiazin xossalarini aniqlash uchun peshobni dastlabki tekshirish
1-usul. 1 ml peshobga, (60 ml 10 % sulfat kislotasi va 20 ml 5% temir (III) xloridi aralashmasidan tarkib topgan) reaktivdan 1ml qo‘shiladi. Fenotiazin va uning hosilalariga kiruvchi moddalar bo‘lsa to‘q-qizil-pushti rang hosil bo‘ladi.
2-usul. 1 ml peshobga, (5 ml 5%, FeCl3, 45 ml 20% HNO3 aralashmasidan tarkib topgan) reaktivdan 1 ml qo‘shilsa, fenotiazin va uning hosilalariga kiruvchi moddalar bo‘lsa, och qizil pushti rang hosil bo‘ladi.
Reaksiyalar chiqmasa fenotiazin hosilalari yo‘q degan xulosa berish mumkin. Reaksiyalar fenotiazin hosilalari borligini tasdiqlasa, ularni aniqroq tahlil qilish uchun qon va peshobdan suyuqlik-suyuqlik ekstraksiyasi bilan ajratib olinada va aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |