Тошкент фармацевтика институти



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/264
Sana01.01.2022
Hajmi2,14 Mb.
#283099
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   264
Bog'liq
btyo

Anaerob infeksiyalar 
Gazli  gangrena-ko„proq    Clostridium  perfringens    turiga  mansub  mikroblar 
qo„zg„atadi. Bu mikroblar axlat, go„ng, chang, odamning iflos terisida juda ko„p bo„ladi. 
Gazli  gangrena  rivojlanishiga  magitsral  tomirlarni  zararlanishi,  suyaklarni  ochiq 
sinishida etarlicha immobilizatsiya qilinmaslik,  yaraning ifloslanishi, mushakda jarohat 
bo„lishi,  to„qimalardagi  kislorod  tanqisligi,  ochlik,  sovuq  qotish,  organizm  qarshiligini 
pasayishi va b. ta‟sir ko„rsatadi.  


 
77 
Klinik  belgilari  yaralanishdan  3-4  kun  o„tgach  yuzaga  chiqa  boshlaydi.  YArada 
qattiq  tortishadigan  og„riq  paydo  bo„lishi  va  yaralangan  bemor  umumiy  ahvolining 
yomonlashishi,  qo„zg„alish,  yuz  oqarishi,  tilning  quruqlashishi  datslabki  belgilar 
hisoblanadi.  Keyinchalik  yara  sohasi  quriydi,  to„qimalar  tezlik  bilan  shishadi  va  atsa-
sekin qo„l yoki oyoqning hamma eriga tarqaladi, mushaklar rangi o„zgaradi (qaynatilgan 
go„shtga  o„xshab  qoladi)  va  terida  har  xil  rangdagi  dog„lar  paydo  bo„ladi.  Teri  osti 
kletchatkasida  gaz  bo„lganligidan  ushlab  ko„rilganda  g„ijirlagandek  bo„ladi.  Bundan 
tashqari  yaradan  yomon  hid  keladi,  atrofiga  po„fakchalar  toshadi,  mushaklar  iriydi. 
Bemorning  ahvoli  zaharlanish  tufayli  yomonlasha  boradi.  Ayni  vaqtda  Yumshoq 
to„qimalar o„la boshlaydi, gangrena yuqoriga ko„tarilib boradi. 
Gazli gangrenaga jarrohlik usuli bilan davo qilinadi, ya‟ni SHikastlangan sohaning 
terisi  mushaklar  yo„nalishi  bo„ylab  kesiladi.  Agar  bu  choralar  yordam  bermasa,  qo„l 
yoki  oyoq  amputatsiya  qilinadi.  Bundan  tashqari  antibiotiklar,  qon  o„rnini  bosuvchi 
suyuqliklar  qo„yish    va  b.  choralar  ko„riladi.  Maxsus  davosi  50000  AB  gangrenaga 
qarshi  zardob  yuborish  hisoblanadi.  Bemor  alohida  palatada  parvarishlanadi.  Uning 
yarasiga tekkan narsalar tashlab yuboriladi. 
Oldini  olish  uchun  Yumshoq  to„qimalar  SHikastlanganda,  suyaklar  singanda 
mushaklar  orasiga  gangrenaga  qarshi  (3000  birlik  zardobni  100-150  ml  serillangan 
fiziologik  eritmada  eritib)    zardob  yuboriladi  hamda  yaralar  o„z  vaqtida  birlamchi 
jarrohlik qayta ishlovi o„tkaziladi. 
Qoqshol-o„tkir  yuqumli  kasallik  bo„lib,  uni  terida,  odamlar  kiyimida,  erda 
bo„ladigan qoqshol tayoqchalari keltirib chiqaradi. SHuning uchun ham teri yoki shilliq 
pardaning har  qanday kichik kichik SHikastlanishi natijasida qoqshol tayoqchasi odam 
organizmiga  shu  jarohatlar    orqali  tushishi  mumkin.  Qoqsholning  belgilari  o„ziga  xos 
bo„lib,  asosan  yarada tortishadigan og„riq paydo bo„lishi hamda  mushaklarning, hatto 
kuchsiz  taassurotda  ham  (tovush,  yorug„lik  tushishi,  tegi  shva  boshqalar)  tortishib 
qolishi  va  natijada  tirishib  qolishidan  iborat  bo„ladi.  Tirishish  asosan  chaynash 
mushaklaridan  boshlanadi  (trizm),  keyin  mimika  mushaklariga  (sardonik  kulish),   ensa 
mushaklariga hamda badanning hamma mushaklariga tarqaladi. Bemor majburiy holatni 
egallaydi  (opitsotonus).    Tana  harorati  40-42
0
  S  gacha  ko„tariladi,  nafas  va  puls 
tezlashadi,  bemor  ko„p  terlaydi,  behol  bo„lib  qoladi,  ichki  a‟zolarida  spazm  paydo 
bo„ladi.  Davolashda  tanaga  kuniga  3-4  l  suyuqlik  kiritiladi.  Nafas  yo„llarida  asoratlar 
yuzaga  kelmasligi uchun antibiotiklar, tirishishlarni oldini olish uchun miorelaksantlar-
diplatsin,  ditilin,  neyroleptiklar-aminazin,  antigitsamin  dorilar-dimedrol,  supratsin, 
qoqsholga qarshi zardob (venaga200000 AE kuniga) yuboriladi. 
Qoqsholni  oldini  olish  uchun  har  qanday  Shikastlanishlarda  teri  ostiga    maxsus 
zardob  va  anatoksin  qilinadi.  Zardobning    bir  profilaktik  dozasi  1500  AB  ni  tashkil 
qiladi, agar yara tuproq yoki  changli kiyim bilan ifloslangan bo„lsa 3000 AB yuboriladi. 

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish