Lifangit-limfa tomirlarining, limfadenit esa limfa bezlarining yallig„lanishidir.
Yiringli jarayonlarning asorati sifatida rivojlanadi. Bemorlar SHikastlangan soxada
achishish, qichishga shikoyat qiladilar, yiringli o„choqdan limfa tugunlari tomon
yo„nalgan qizil chiziqlar hosil bo„ladi, ular og„riqli bo„lib, kattalashadi, zichlashadi.
Ularning atrofidagi teri qizargan, bir qancha vaqt o„tgach flyuktuatsiya kuzatiladi.
Davolashda
asosiy
yiring
o„chog„ini tugatish, antibakterial terapiya,
immobilizatsiyadan foydalaniladi.
Absess-yiringni to„qima va a‟zolarda chegaralangan to„planishidir. Asosiy
qo„zg„atuvchisi safilakokklar. YAralanganda, mikrotravmalarda, muolajalar qilishda
aseptika qoidalari buzilganda kelib chiqadi. og„riq, teri qizarishi, flyuktuatsiya
kuzatiladi. Tana harorati ko„tariladi.
Flegmona-teri osti yoki mushak aro to„qimasining tarqalgan yiringli yallig„lanishi.
Klinik belgilari: teri qizarishi, yuqori harorat, og„riq, SHikastlangan a‟zo faoliyatini
buzilishi.
Absess va flegmonani davolash shakllanib bo„lgan yiringni kesish, ulgan
to„qimalarni olib tashlash, vodorod peroksid, furatsilin bilan yarani yuvish, drenaj yoki
gipertonik eritmali tampon qo„yishdan iborat. Antibiotiklar, safilakokka qarshi γ-
globulin, dezintoksikatsiya maqsadida qon o„rnini bosuvchi suyuqliklar yuboriladi.
Sepsis-og„ir infeksion kasallik bo„lib, ko„pincha yiring chaqiruvchi mikroblar
keltirib chiqaradi. Sepsis to„g„ridan-to„g„ri rivojlansa birlamchi, yiringli kasalliklardan
so„ng kelib chiqsa ikkilamchi deyiladi. Sepsis organizmni infeksiyaga qarshi qobiliyati
pasayganda, yiringli yallig„lanishlar butun tana bo„ylab tarqalib ketishi natijasida ro„y
beradi. Septitsemiya va septikopiemiya farqlanadi. Metatsazlarsiz o„tkir sepsis-
septitsemiyada yuqori harorat (40-41
0
S), kunlik haroratni farqi kichik bo„lishi (1
0
S),
metatsazlarda esa (septikopiemiya) ertalabki va kechqurungi haroratlar orasida farq
katta bo„lishi kuzatiladi. Teri oqargan, petexial toshmalar, pulsni kuchsizligi, arterial
bosim pasaygani aniqlanadi. Qonda leykostitoz, serillikka tekshirilganda mikroblar
o„sishi aniqlanadi. Eng og„ir asorati septik shok hisoblanadi.
Davolashda bemorni kaloriyali, vitaminli ovqatlantirishga e‟tibor berish kerak.
YOtoq yaralarini oldi olinadi. Sepsisni keltrib chiqargan o„choq bartaraf etiladi.
Antibiotiklar, immunostimulyatorlardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |