fuqarolik huquqi subyektlari amal qiladigan qonunlarni oʻzi belgilaydi.
Fuqarolik huquqining boshqa subyektlari barcha subyektlar amal
qiluvchi qonun qabul qilish vakolatiga ega emas. Qonun qabul qilish
faqatgina davlat va uning organlari tomonidan amalga oshiriladi va ijro
etilishi ta’minlanadi.
2
. Davlat organlari fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining
asosi boʻladigan hujjatlar chiqarishi mumkin (FK, 8-modda, 2-band).
Umumiy qoidaga koʻra, fuqarolik-huquqiy munosabatlarda har bir
subyekt oʻzining nomidan harakat qilishi lozim. Bu qoida fuqarolarga
(fuqarolik muomala layoqati) ham, yuridik shaxslarga (yuridik
shaxslarning huquqiy belgilaridan biri – bu fuqarolik-huquqiy
munosabatlarda oʻz nomidan ishtirok etishi) ham taalluqlidir. Davlat ham
fuqarolik muomalasida oʻz nomidan qatnashadi. “Davlat” tushunchasi
mavhum hisoblanganligi uchun ham fuqarolik-huquqiy munosabatlarda
davlat nomidan uning organlari ishtirok etishi zarur. Chunki keyinchalik
yuzaga keladigan majburiyatlarga nisbatan javobgarlikni belgilashda bu
holat muhim hisoblanadi.
Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda davlat nomidan ishtirok etishi
mumkin boʻlgan subyektlar doirasi FKning 79-moddasi 2-qismida
belgilangan. Unga koʻra, fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga
solinadigan munosabatlarda davlat nomidan davlat hokimiyati va
boshqaruvi organlari hamda ular maxsus vakil qilgan boshqa maxsus
organlar ishtirok etadilar. Aynan qaysi fuqarolik-huquqiy munosabatlarda,
qaysi davlat organining ishtirok etishi shu organning funksiyasi, tuzilish
maqsadi va faoliyat doirasidan kelib chiqib belgilanadi.
8
8
Har qanday davlat organi tomonidan chiqarilgan normativ harakterga
ega boʻlmagan hujjatlar ham fuqarolik-huquqiy munosabatlarni vujudga
keltirishi mumkin.
Masalan, huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari ham majburiy
tusdagi hujjatlar qabul qiladi. Bunda ular Oʻzbekiston Respublikasi
nomidan harakat qiladi va bu hujjatlar fuqarolik huquq va burchlarini
vujudga keltirish, oʻzgartirish yoki bekor qilishga asos boʻlishi mumkin.
FPKning 16-moddasiga asosan sudning qonuniy kuchga kirgan hal
qiluv qarori, ajrimi, qarori va buyrugʻi barcha davlat organlari, tashkilotlar,
mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy boʻlib, Oʻzbekiston
Respublikasining butun hududida ijro etilishi lozim.
3
. Davlat immunitetdan foydalanadi, ya’ni davlat mol-mulkidan haq
undirishga davlat organlari rozi boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.
Fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi davlat immuniteti bu
davlatning oʻz vakolatlarini oʻzi qabul qilgan qonun hujjatlari asosida
amalga oshirishi, bunda fuqarolik-huquqiy munosabatdagi davlatning
huquq va majburiyatlari faqatgina shu davlatning qonun hujjatlariga
muvofiq belgilanishidir. Davlat immunitet sohibi sifatida fuqarolik-
huquqiy munosabatlarning qaysi turida ishtirok etishini ham faqat oʻzi
belgilaydi.
Masalan, FKning 457-moddasida davlat oʻz ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish
shartnomasida taraf sifatida ishtirok etishi belgilangan.
Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda immunitet davlatga nisbatan
shunday holatni yuzaga keltiradiki, fuqarolik-huquqiy munosabatlarda
ishtirok etib, oʻz majburiyatlarini bajarmagan davlat faqat oʻz milliy qonun
hujjatlari
asosida
javobgarlikka
tortiladi.
Fuqarolik-huquqiy
munosabatlarda davlatga nisbatan vakolatlarni amalga oshirmaslik va
hokimiyat vakolatlaridan foydalanmaslik talabi belgilangan boʻlsa-da,
davlatning bu belgilari u bilan chambarchas bogʻliqligi sababli fuqarolik-
huquqiy munosabatlarga ham ta’sir etadi. Aynan shu holatlar “immunitet”
atamasining mohiyatini tashkil etadi.
Eng muhimi, davlat oʻz immunitetidan voz kechmasligi kerak. Aks
holda, uning suverenitetiga putur yetadi, Oʻzbekiston Respublikasining
xalqaro tashkilotlarga a’zoligi unga toʻsqinlik qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |