Bog'liq Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti (1)
Fuqarolikhuquqiningfunksiyalari
Fuqarolik huquqi yagona huquq tizimining tarkibiy qismi sifatida
o‘ziga xos funksiyalarni, vazifalarni amalga oshiradi. Huquq tarmog‘ining
2
7
funksiyalari uning huquq tizimidagi joyini, o‘rnini belgilab beradi, chunki
aslini olganda aloxida tarmoqlar o‘z funksiyalari va o‘z mazmuni bo‘yicha
bir biridan farqlanadilar.
Fuqarolik huquqining asosiy funksiyalarini bo‘lib tartibga solish va
muhofaza qilish hisoblanadi. Fuqarolik huquqining o‘ziga xos funksiyasi
shundaki unda tartibga solish vazifalari ustuvor ahamiyatga ega, jinoyat
huquqida esa qo‘riqlash, muhofaza qilish vazifalari ustuvor ahamiyatga
ega.
Fuqarolik huquqining asosiy vazifasi eng avvalo jamiyatdagi normal
iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Boshqacha aytganda
fuqarolik huquqi huquqbuzarliklarni jazolashdan ko‘ra ko‘proq odatdagi
o‘zaro mulkiy munosabatlarni tashkil etish bilan shug‘ullanadi. Xuddi shu
sababli ham fuqarolik huquqida ta’qiqlar nihoyatda kam va yo‘l qo‘yilgan
harakatlar benihoyat ko‘pdir. Fuqarolik-huquqiy qurilmalar va ta’sir
vositalari orqali mulkiy munosabatlar ishtirokchilari o‘zlari mustaqil
tashkil etadilar. Shunday qilib, fuqarolik huquqining tartibga soluvchi
(regulyativ)
funksiyasi
tartibga
solinayotgan
munosabatlar
ishtirokchilariga o‘z o‘zini tashkil etish, o‘z o‘zini tartibga solish
imkoniyatlarini berishda ifodalanadi. Bunga fuqarolik munosabatlari
ishtirokchilari turli tijorat va notijorat yuridik shaxslari tuzish, o‘zaro
shartnomaviy munosabatlarga kirishish imkoniyatlari fuqarolik huquqiy
normalar orqali belgilab qo’yilganini misol keltirish mumkin.
O‘z o‘zidan yoki ushbu funksiyani mazmuni va yo’naltirilganligi
fuqarolik huquqi tarkibiga kiruvchi munosabatlarning xususiy harakteridan
kelib chiqadi. Bu esa ommaviy huquq oldida turgan regulyativ (tartibga
solish) munosabatlaridan tubdan farq qiladi. Ommaviy huquqda tegishli
munosabatlarni tartibga solish qat’i belgilangan harakterga ega bo’lib,
ishtirokchilarning erkin ravishda o‘z xohish irodasi bilan ish ko’rishlariga
imkon qolmaydi.
Fuqarolik huquqining muhofaza, qo‘riqlash funksiyasi birinchi
navbatda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarning mulkiy manfaatlarini
himoya qilish maqsadini ko’zlaydi. U fuqarolik muomalasining insofli
ishtirokchilari mulkiy holatini ularning huquq va manfaatlarini
buzilishidan ilgarigi, avvalgi holatiga qaytarishga yo’naltiriladi. Shu
sababli xam u umumiy qoidaga ko’ra buzilgan huquqlarni tiklash yoki
jabrlanuvchiga yetkazilgan zararlarni qoplanishi, tovon to’lashining
yo’llari bilan amalga oshiriladi. Aniqki uning qayta tiklash, tovon
to’lashiga yo’naltirilganligi tovar-pul mulkiy munosabatlarni ekvivalentli
to’lov, qiymatga asoslangan tabiyatidan kelib chiqadi.
2
8
Qo’riqlash, muhofaza qilish funksiyasining eng muhim
yo’nalishlaridan biri bo’lib huquqbuzarlikni oldini olish, huquqbuzarlarga
tarbiyaviy ta’sir etish (preventiv) vazifalari hisoblanadi. Buning uchun
fuqarolik huquqiy munosabatlar ishtirokchilarning muayyan xulq-atvori
rag‘batlantiriladi, xuddi shunday xulq-atvorga ular yo’naltiriladilar. Bu esa
o‘zgalarni manfaatini asossiz kamsitish yoxud buzilgan istisno etadi.
Ushbu funksiya delikt (zarar yetkazishdan kelib chiqadigan
majburiyatlarda) va boshqa huquqni qo’riqlovchi majburiyatlarda,
shuningdek, shaxsiy nomulkiy huquqlarni tartibga solishda yaqqol
namoyon bo’ladi. Mulkiy munosabatlar bilan bog‘lanmagan shaxsiy
nomulkiy munosabatlarni rasmiylashtirishda esa fuqarolik huquqi umuman
olganda mutlaqo himoya vazifalari bilan cheklanadi.