Toshkent davlat yuridik universitetining akademik halollik va tadqiqot etikasi kodeksi



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/40
Sana28.03.2023
Hajmi0,88 Mb.
#922763
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40
Bog'liq
akademik halollik kodeksi.b6c22008

Amaliy (Applied)
tadqiqot bevosita muammoga yechim topishga 
qaratilgan. Bu yerda tadqiqotchi oʻz tadqiqotini amaliy konteksda koʻradi. 
Ushbu tadqiqot huquqning maʼlum bir sohasi boʻyicha toʻliq tadqiqot 
oʻtkazishni, soʻngra amalda qoʻllanilgan barcha texnik huquqiy qoidalar va 
tamoyillar toʻgʻrisida maʼlumot toʻplaydi. 
64. Amaliy tadqiqotning asosiy maqsadi har qanday dolzarb amaliy 
muammoning yechimini topishdan iborat boʻlsa, fundamental tadqiqotniki esa 
hodisa haqida qoʻshimcha maʼlumot topish va shu orqali mavjud ilmiy bilimlar 
toʻplamini qoʻshishdir. 
65. 
Fundamental (Fundamental) 
tadqiqotlarda tadqiqotchi asosan 
umumlashtirish va nazariyani shakllantirish bilan shugʻullanadi. Tadqiqotchi 
faqat oʻz soʻrovi boʻyicha qoʻshimcha bilim olish uchun tadqiqot olib boradi. 
Fundamental tadqiqotda natijaning amaliy samaradorligi muhim emas. Shu 
orqali ushbu tadqiqot turi amaliy tadqiqotdan farqlanadi.
66. Ushbu turdagi tadqiqot metodologiyasining maqsadi tadqiqotning 
muayyan sohasi haqida tushunchani kengaytirishdir.
Misol uchun, tadqiqotchilar savodsizlik ishsizlikka olib kelishi boʻyicha 
asosiy tadqiqotlar oʻtkazishi mumkin. Ushbu nazariy tadqiqotlar natijalari 
ishsizlikning muayyan muammolarini hal qilishga qaratilgan keyingi amaliy 
tadqiqotlarga olib kelishi mumkin. 


27 
67. 
Miqdor koʻrsatkichli (Quantitative)
tadqiqot miqdorni oʻlchashga 
asoslanadi. Bu miqdor bilan ifodalanishi mumkin boʻlgan hodisaga nisbatan 
qoʻllaniladi. Hodisaning miqdoriy xususiyatlarini va ularning oʻzaro 
bogʻliqligini tizimli ilmiy tekshirish tadqiqotchidan talab etiladi. Izlanuvchi 
soʻrovnomalar, kuzatuvlar va boshqa usullardan foydalanib toʻplangan 
maʼlumotlarni raqamli koʻrinishga keltiradi. Masalan, Fuqarolik ishlari boʻyicha 
oʻrta boʻgʻin sudlarida ishlarni koʻrib chiqish muddatini va ish qoʻzgʻatilgan 
paytdan boshlab sud qarori qabul qilingunga qadar qancha vaqt ketishini 
tadqiq qilish uchun oʻtkazilgan soʻrovni olish mumkin.
68. Miqdor koʻrsatkichli tadqiqotning maqsadi oʻrganilayotgan mavzuga 
doir matematik modellar, statistikalar, nazariyalar va gipotezalarni ishlab 
chiqish va ulardan foydalanishdir. Raqamli shaklga keltirilgan maʼlumotlarni 
diqqat bilan oʻrganish natijasida kelajakni bashorat qilish va muammoga 
yechim izlash uchun oʻzgartirishlar kiritish mumkin.
69. 

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish