Yerdan ijara asosida foydalanish
deganda, ijarachi tomonidan
ma’lum muddatga, ma’lum haq evaziga, yer egasidan yer uchastkasini
foydalanish uchun olish tushuniladi. Yer uchastkasi ijarasining shartlari
va muddatlari taraflarning kelishuviga binoan belgilanadi va shartnoma
mustahkamlab qo‘yiladi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar
ijaraga ellik yilgacha bo‘lgan, biroq o‘n yildan kam bo‘lmagan
muddatga beriladi. Yerdan ijara asosida hozirda asosan fuqarolar fermer
xo’jaligi yuritish uchun foydalanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |