Toshkent davlat yuridik universiteti


Sanoat maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar huquqiy holatining umumiy



Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/302
Sana16.01.2022
Hajmi1,94 Mb.
#379523
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   302
Bog'liq
Ер ҳуқуқи дарслик 2017

Sanoat maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar huquqiy holatining umumiy 
tavsifi 
 
Sanoat  ob’ektlarini  joylashtirishda,  ya’ni  u  yoki  bu  yer  uchastkasida 
sanoat  ob’ektini  qurish  to‘g‘risida  qaror  qabul  qilishda  yer  uchastkasining 
quyidagi xususiyatlari yuridik ahamiyat kasb etadi:  
1)  sanoat  ob’ektining  hududiy  bazisi  funktsiyasini  bajarish  uchun 
mazkur  yer  uchastkasining  yaroqliligini  ta’minlovchi  tabiiy  xossalarining 
(relef, gruntning mustahkamligi, seysmik jihatdan barqarorligi) mavjudligi; 
2)  ushbu  yer  uchastkasini  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlar  va 
alohida  qimmatga  ega  unumdor  yerlar  toifasiga  kiritish  imkoniyatini 
byeruvchi xususiyatlarning mavjud emasligi
44
.  
O‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega  bo‘lgan  ko‘chmas  mulk  ob’ekti  sifatida 
sanoat  ob’ektining  ayrim  jihatlarini  ajratib  ko‘rsatish  mumkin.  Avvalambor, 
sanoat  ob’ektini  ishlatish  mahsulot  olishga  yo‘naltirilgan,  ya’ni  moddiy 
ishlab  chiqarish  hamda  u  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  ishlarni  bajarish  va 
 
43
 Земельное право России. Учебник / М.В.Шульга и др. Коллектив авторов. – М., 2004. 
44
  Старова  Е.В.  Правовое  регулирование  предоставления  и  использования  земельных  участков  для 
размещения и эксплуатации промышленных объектов: автореф. дисс. ... канд. юрид. наук. – М., 2010. – С.7-
8. 


183 
 
xizmatlarni  ko‘rsatishga  qaratilgan  bo‘ladi.  Bunday  ishlab  chiqarish  foydali 
qazilmalarni  qazib  olish  yoki  xom-ashyoni  qayta  ishlash  yo‘li  bilan  amalga 
oshiriladi.  
Bundan  tashqari,  sanoat  ob’ektini  ishlatish  ko‘p  hollarda  maxsus 
qurilmalardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘ladi. Bundan kelib chiqqan holda 
sanoat maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarni ishlab chiqarish faoliyatini, ya’ni 
foydali  qazilmalarni  qazib  olish  yoki  xom-ashyo  va  yarim  tayyor 
mahsulotlarni  qayta  ishlash  yo‘li  bilan  xom-ashyo  yoki  tayyor  mahsulot 
olish,  shuningdek,  u  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  ishlarni  bajarish  yoki  xizmatlarni 
ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish uchun ishlatilayotgan 
hamda  ushbu  jarayon  qoida  tariqasida  ishlab  chiqarishning  mexanik, 
kimyoviy  va  jismoniy  jarayonlari,  ishchi  kuchi  va  transport  vositalari  bilan 
birgalikda  kechadigan  ob’ektlar  bilan  band  bo‘lgan  yer  uchastkasi  sifatida 
tavsiflash mumkin. 
Sanoat  maqsadlariga  mo‘ljallangan  yer  uchastkasini  –  bevosita  ishlab 
chiqarish  maqsadlari  uchun  xizmat  qiladigan  bino,  inshoot  va  maxsus 
qurilmalarni (stanok, press, konveyer, texnologik aloqa va h.k.), shuningdek, 
sanoat tuzilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi korxona ma’muriyati binosi, tayyor 
mahsulot  omborxonalari,  transport  yo‘nalishlari  hamda  ishlab  chiqarish 
faoliyatini  amalga  oshirish  uchun  ishlatiladigan  boshqa  ob’ektlarni 
joylashtirish  uchun  mo‘ljallangan  yer  uchastkasi  sifatida  ta’riflashimiz 
mumkin.   
yer uchastkalarini sanoat ob’ektlarini joylashtirish uchun taqdim etishni 
huquqiy  tartibga  solish  umuman  olganda  alohida  qimmatga  ega  bo‘lgan 
sug‘oriladigan  yerlarning,  shuningdek,  muhofaza  etiladigan  tabiiy 
hududlarning asossiz qisqarib ketishining oldini olishga qaratilgan. Xususan, 
amaldagi qonunchilikda bu borada bir qator huquqiy kafolatlar belgilangan:  
–  qishloq  xo‘jaligiga  mo‘ljallangan  yerlarni  va  boshqa  toifa  yerlarni 
sanoat,  transport,  aloqa,  mudofaa  va  boshqa  maqsadlarga  mo‘ljallangan 
yerlar fondiga o‘tkazish bilan bog‘liq cheklashlar; 
–  o‘rmon  fondi  yerlariga  sanoat  ob’ektlarini  joylashtirish  bilan  bog‘liq 
cheklashlar;  
–  sanoat  ob’ektlarini  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlarda 
joylashtirishga nisbatan ta’qiqlar; 
–  sanoat  ob’ektini  joylashtirish  uchun  ajratiladigan  yer  uchastkasining 
o‘lchamlarini belgilash bilan bog‘liq talablar.  
Qishloq  xo‘jaligi  yoki  o‘rmon  xo‘jaligida  ishlab  chiqarish  vositasi 
sifatida  foydalanilayotgan  yerlarni  muhofaza  qilishni  huquqiy  ta’minlash 
yo‘nalishi sifatida adabiyotlarda sanoat ob’ektlarini oqilona joylashtirishning 
asosiy mezonlari ko‘rsatiladi:  
–  aholi  sog‘lig‘ini muhofaza  qilish  maqsadida  sanoat  ob’ektlarini  aholi 
punktlari chegarasidan tashqarida joylashtirish;  


184 
 
–    sanoat  ob’ektlarini  joylashtirishda  atrof  muhitni  muhofaza  qilish  va 
aholining  sanitariya-epidemiologiya  xotirjamligini  ta’minlash  sohasiga  oid 
qonunchilikda belgilangan cheklashlarga amal qilish. 
Shuningdek,  sanoat  ob’ektini  joylashtirish  uchun  yer  uchastkasini 
tanlashda  ushbu  ob’ektning  individual  o‘ziga  xos  bo‘lgan  xususiyatlarini, 
xususan  uning  faoliyat  ko‘rsatishining  o‘ziga  xos  jihatlarini  ham  hisobga 
olish lozim bo‘ladi.  
Bu  boradagi  huquq  normalarini  ikki  guruhga  ajratishimiz  mumkin 
bo‘ladi:  
–  sanoat  ob’ekti  joylashgan  yer  uchastkasi  qaysi  yer  fondi  toifasiga 
taalluqligidan  qat’i  nazar  qo‘llanadigan  huquqiy  normalar.  Ushbu  normalar 
sanoat  ob’ekti  hududidini  tashkil  etish  va  obodonlashtirish  bilan  bog‘liq 
talablarni belgilaydi;  
–  yer  uchastkasi  qaysi  yer  fondi  toifasiga  mansubligiga  qarab 
qo‘llaniladigan  huquqiy  normalar.  Ushbu  normalar  bilan  aynan  qaysi  sanot 
ob’ektlari  joylashtirilishi  mumkinligi  belgilanadi,  shuningdek,  yerlarni 
muhofaza qilishning qo‘shimcha talablari ko‘zda tutiladi.  
Sanoat  maqsadlariga  mo‘ljallangan  yerlarning  yuridik  ahamiyatga  ega 
bo‘lgan belgilari sifatida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin:  
– aholi punktlari chegaralaridan tashqarida joylashishi; 
– yer uchastkasini nafaqat sanoat ob’ektlaridan foydalanish, balki sanoat 
va  boshqa  maqsadlariga  mo‘ljallangan  yerlardan  foydalanish  maqsadiga  zid 
bo‘lmagan boshqa maqsadlarda ham foydalanish imkoniyatining mavjudligi; 
–  shaharsozlik  qoidalariga  muvofiq,  yer  uchastkasidan  foydalanishning 
ruxsat byerilgan turlarini o‘zgartirish imkoniyatining mavjudligi; 
–  ushbu  yer  fondi  toifasiga  mansub  uchastkalarning  faqatgina  ishlab 
chiqarish  sanoat  faoliyatini  amalga  oshiruvchi  yuridik  shaxslarga 
tegishliligi
45
.  
Aholi  punkti  doirasida  joylashgan  sanoat  ob’ektining  ishlab  chiqarish 
faoliyatini  tugatishda  yuridik  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  mezonlar  sifatida 
quyidagilar e’tiborga olinadi:  
–  ob’ekt  boshqa  maqsadlarda  foydalanish  uchun  tabiiy  imkoniyatlarga 
ega bo‘lgan hudud doirasida joylashgan; 
– ob’ekt ushbu aholi punkti uchun ustuvor bo‘lmagan xo‘jalik faoliyatini 
amalga oshiradi; 
– ob’ekt xavfli ishlab chiqarish ob’ekti hisoblanadi; 
–  aholining  xavfsizligini  ta’minlash  uchun  sanitariya-muhofza  zonalari 
belgilanmagani holda, ob’ekt atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Yuqoridagilardan  kelib  chiqib,  yer  uchastkalarini  sanoat  maqsadlari 
uchun  ajratishni  huquqiy  tartibga  solish  asoslarini  yanada  takomillashtirish 
 
45
 Трифонов А.С. Правовой режим земель промышленности. – М.: Волтерс клувер, 2007. 


185 
 
maqsadida  sanoat  ob’ektlarini  joylashtirishning  boshqa  yo‘llarining 
mavjudligi yoki yo‘qligining yanada aniqroq mezonlarini qonunchilikda aniq 
belgilash  maqsadga  muvofiq.  Bunda  asosiy  mezonlar  sifatida  quyidagilarni 
ko‘zda  tutish  mumkin:  hududda  sanoat  ob’ektini  tashkil  etishga  nisbatan 
normativ  talablarga  rioya  etish  imkoniyati  ta’minlanishi  mumkin  bo‘lgan 
boshqa yer uchastkasining bor yoki yo‘qligi; sanoat ob’ektlarini joylashtirish 
uchun  amaldagi  ekologik  qonunchilik  asosida  ko‘zda  tutilgan  cheklashlar 
doirasiga tushmaydigan boshqa hududlar bor yoki yo‘qligi; hududiy rejalarga 
muvofiq,  sanoat  ob’ektlarini  joylashtirish  uchun  mo‘ljallangan  boshqa 
hududlarning 
bor 
yoki 
yo‘qligi.  Ikkinchidan,  sanoat  ob’ektini 
joylashtirishning  boshqa  yo‘llarining  bor  yoki  yo‘qligi  tuman  yoki  shahar 
chegarasi  doirasida  belgilanishi  lozimligini  qonunchilikda  mustahkamlash 
lozim. 

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish