TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
Bu tamoyillarning uyg‘unligi elektron taʼlimda dasturlash muhitidan foydalanib olib
borilayotgan ishlarning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi hamda taʼlim tizimining diqqat-
eʼtiborini talabaga qaratgan holda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida matematika
mashg‘ulotlarini amalga oshirish imkonini beradi. Ishlab chiqilgan elektron kurs taklif etilgan
tamoyillar va taʼlimni boshqaruv tizimlari funksional imkoniyatlarini foydalanish asosida nazariy
materiallar har biri uchun individual trayektoriya qurish talabalar individual xususiyatlarini
amalga oshirish imkonini beradi.
Individual taʼlim trayektoriyasini qurish asosida matematik kompetentlikni shakllantirish
uchun elektron taʼlimda dasturlash muhitidan foydalanib individuallashtirish tamoyili amalga
oshiriladi. Dasturlashtirilgan taʼlim nazariyasi АQShda XX asrning o‘rtalarida B. F.
Skinner
tomonidan rivojlana boshladi. Dasturlashtirilgan taʼlim o‘quv dasturida nazariy material va
ko‘nikmalarni kompyuter vositalari yordamida o‘qitish mustaqil va individual o‘zlashtirish
sifatida qaraladi. Dasturlashtirilgan taʼlim xususiyatlari quyidagilarni ichiga oladi: aniqlik, nazariy
materiallarni aniq taqdim etish, berilgan savollar to‘g‘ri javobni bevosita ko‘rsatish, nazariy
materiallarni o‘zlashtirish darajasi. Shunday qilib, dasturlashtirilgan taʼlimning birinchi versiyalari
elektron taʼlimda dasturlash muhitidan foydalangan holda chiziqli algoritm bo‘ylab yagona
harakatni ifodalaydi.
Dasturlashtirilgan taʼlim nazariyasining rivojlanishidagi so‘nggi bosqich adaptiv
yondashuvni ishlab chiqish bo‘lib, u har bir talaba uchun alohida o‘rganilgan nazariy
materialning optimal qiyinchilik darajasini saqlab turadi. Аdaptiv dasturlashtirilgan taʼlim
g‘oyalari birinchi bo‘lib G. Pask tomonidan ilgari surilgan. Shu bilan birga, dasturlashtirilgan
taʼlimga mavjud yondashuvlar kibernetik yondashuvga asoslangan bo‘lib, "talaba-o‘qituvchi" va
"o‘qituvchi-talaba" kabi o‘zaro taʼsir turlaridan mustasno holda taʼlim
jarayonini maksimal va
to‘liq avtomatlashtirishni nazarda tutadi.
Individual xususiyatlaridan foydalanish uchun mavjud yondashuvlar orasida bizning
tadqiqotimiz kompetensiyalarning kognitiv komponentining o‘zlashtirilishini
1
, talabalarga ta’lim
berish uslublarini (aql-idrok modalligi)
2
, tayyorgarlik darajalariga test topshiriqlarini
moslashtirish
3
va avtomatlashtirilgan individual ta’lim trayektoriyalarini qurishni
4
nazarda tutadi.
O‘qitish tizimlarida individual xususiyatlarni amalga oshirishning mavjud yagona namunalari
asosan cheklangan miqdordagi parametrlardan foydalanishga va kompetentli yondashuvi
doirasida talabalar kompetentligining asosan kognitiv komponentini shakllantirishni baholashga
qaratilgan.
Metodik materiallarni tahlil qilish asosida elektron taʼlimda dasturlash muhitidan
foydalanib individual taʼlim trayektoriyalarini qurish uchun quyidagi mezonlar ishlab chiqildi:
individual xususiyatlarni hisobga olish mezonlari – elektron taʼlimda dasturlash
muhitidan foydalanib ishlash jarayonida talabaning individual xususiyatlarini hisobga
olish va nazariy materiallarni o‘zlashtirish darajasiga, motivatsiya darajasiga va elektron
taʼlimda dasturlash muhitidan foydalana olishdagi faollik darajasiga qarab mazmun
o‘zgaruvchanligining taʼminlanishi;
1
Тураев С.Ж. Формирование научно-практических навыков студентов с привлечением к научному проекту № 1/1-F и
применением технологий программирования. //Преподаватель XXI век. №4. – Москва, 2018. С. 88-95.
2
Вайнштейн, Ю.В. Адаптивная модель построения индивидуальных образовательных
траекторий при реализации
смешанного обучения / Ю.В. Вайнштейн, Р.В. Есин, Г.М. Цибульский // Информатика и образование. – 2017. – №. 2. –
С. 83-86.
3
Бондаренко, А.В. Алгоритмическое обеспечение адаптивной системы тестирования знаний / А.В. Бондаренко, Н.А.
Бессарабов, Т.Н. Кондратенко, Д.С. Тимофеев // Программные продуктыи системы. – Тверь, 2016. – №1. –C. 68-74.
4
Brusilovsky, P. Adaptive and Intelligent Technologies for Web-based Education / P. Brusilovsky //Kunstliche Intelligenz. –
1999. – Vol13, № 4. P. 19-25.
182
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
rivojlanish mezoni – individual taʼlim trayektoriyasi aqliy qobiliyatlarning sifat va
miqdoriy ko‘rsatkichlarini, shu jumladan, matematik ko‘rsatkichlarni ishlab chiqishga
ko‘maklashadi, ularning kasbiy faoliyat jarayonida qo‘llanilishiga eʼtibor qaratadi;
taʼlim jarayonini intensifikatsiyalash mezoni – individual taʼlim trayektoriyasi taʼlim
sikllari va bosqichdan bosqichga o‘tish muddatlarini, bosqichlar davomiyligida talabaning
salohiyatini maksimal darajada ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashadi
1
;
Аralash taʼlim – anʼanaviy va elektron taʼlim texnologiyalarining integratsiyasi va o‘zaro
komplementligiga asoslangan taʼlim shakli bo‘lib, anʼanaviy o‘quv mashg‘ulotlarining bir qismini
elektron taʼlimda dasturlash muhitidan foydalanishni anglatadi
2
. Elektron taʼlimning aralash
shakliga o‘tish anʼanaviy texnologiyalarni o‘zgartiradi va ilgari mumkin bo‘lgan taʼlim
jarayonining samaradorligini faqat o‘qituvchi bilan talabaning taraqqiyotini diqqat bilan kuzatib
boradi va unga materialni bayon qiladi. Elektron taʼlimda dasturlash muhitidan foydalanib
taʼlimni tashkil etishda yuzaga keladigan asosiy qiyinchiliklarga quyidagilar kiradi: talabalarni
o‘quv jarayoniga jalb qilishning qiyinligi va mustaqil bajarishga motivatsiyaning yo‘qligi
3
.
Аralash taʼlimda tavsiya etilgan metodikada taʼlim jarayonini intensifikatsiyalashga
teskari pedagogik loyihalash texnologiyasi
4
asosida darsni loyihalash va barcha bosqichlarda
taʼlim jarayonining aloqasini takomillashtirish orqali erishiladi.
Teskari pedagogik loyihalash texnologiyasiga ko‘ra matematika taʼlimi uch bosqichga
mo‘ljallangan: o‘quv natijalarini loyihalash, o‘quv natijalarini baholash usullari va o‘qitish
usullari. Аralash modeldagi o‘zaro munosabatlarning asosiy turi "o‘qituvchi - talaba", "talaba -
o‘qituvchi" va "talaba - mazmun" o‘zaro munosabatlardir. Elektron taʼlimda talabalarning
intensiv taʼlimiy o‘zaro hamkorligini amalga oshirishning asosiy vositasi o‘zaro baholash,
muammoli masalalar bo‘yicha forumlarda ishtirok etish va bahs-munozaralarni tashkil etishdan
iborat.
Аralash modeldagi o‘qitishni rejalashtirishning asosiy yondashuvi elektron va auditoriya
komponentlarining o‘zaro munosabati "auditoriyadan oldingi – auditoriyada –
auditoriyadan
tashqari" sikli hisoblanadi. O‘quv jarayoni o‘quv kursining elektron taʼlimda dasturlash
muhitidan foydalanib mustaqil ishlashdan boshlanadi. Bundan tashqari, talabalarning mustaqil
ishlari auditoriyada konsultatsiya formatida davom etadi. Elektron taʼlimda dasturlash
muhitidan foydalanib o‘qitishni tashkil etish tegishli materialni ishlab chiqish va konsultatsiyalar
(zarur bo‘lsa) orqali amalga oshiriladi.
Taʼlim muassasalarida dasturlash tillarini joriy etish talabalar o‘rtasidagi o‘zaro
aloqalarning rivojlanishiga hamda kasbiy hamda ijtimoiy-madaniy foliyatini muvaffaqiyatli
amalga oshishini taʼminlaydi. Shu munasabat bilan zamonaviy dasturlash tillarini matematik
amallarni bajarishda qo‘llash bo‘lajak dasturchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash samaradorligini
amalga oshirishga imkon beradi. Bundan tashqari, jamiyatdagi o‘zgarishga dinamik ravishda
moslasha olish, faol ijodiy-kasbiy qobiliyatini rivojlanishini taʼminlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: