Loyihaning kapital byudjetini ishlab chiqish va u bo’yicha qarorlar qabul qilish.
Respublikamiz bozor munosabatlariga o’tish sharoitida turli mulkchilik
shakllariga asoslangan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni ko’paytirish, jumladan, mulkni
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, kichik biznesni rivojlantirish
bugungi kunning dolzarb vazifasiga aylanib qoldi. Mustaqillik qo’lga kiritilgandan
so’ng markazlashgan investitsiyalarning investitsion loyihalarga safarbar etilishi
mamlakat iqtisodiyoti va ishlab chiqarish infrastrukturasini rivojlantirish davlatimiz
investitsion siyosatining asosiy yo’nalishlariga aylandi. Hukumatimiz buning uchun
qulay investitsion muhitni yaratgan va zarur chora-tadbirlar amalda qo’llanilmoqda.
Har bir korxona o’z taraqqiyoti uchun va joriy rejalarini amalga oshirish
faoliyatini moliyalashtirish uchun mablag’ manbalariga ehtiyoj sezadi. Kapital,
korxona ihtiyoridagi aktiv mablag’lar manbasidir. Ularni qisqa va uzoq muddati
aktivlarga bo’lish mumkin. Moliyalashtirishning u yoki bu manbasini jalb qilish
kapitalning ma’lum xarajatlari bilan bog’liq: aktsionerlar uchun dividendlar,
banklardan olgan ssudalari uchun, investorlar qilingan investitsiyalari uchun
foizlardir. Ma’lum hajmdagi moliyaviy resurslarni qo’llaganligi uchun to’lash kerak
bo’lgan mablag’larni umumiy summasi foizda umumiy hajmga nisbatan yaratilgan
boylikning kapital bahosi deyiladi. Qoida bo’yicha joriy aktivlar qisqa muddatli, uzoq
muddatda foydalanishi esa uzoq muddatli mablag’lar manbasi hisobiga
moliyalashtiriladi. Buning natijasida sarf qilinishiga ketadigan xarajatlar umumiy
summasi shakllanadi.
Kapital bahosi konsepsiyasi kapital nazariyasida asosiy konsepsiyalardan
biridir. U investitsiya qilingan kapitalning rentabellik darajasini xarakterlaydi.
Rentabellik darajasi, korxonaning bozor qiymatining kamayib ketmasligi uchun
ta’minlanib turishi kerak.
109
«Mazkur kompaniya kapital bahosi» va «Kapitalni baholash» tushunchalarini
ajrata bilish kerak. Birinchi tushuncha kompaniyaning o’z investorlari va
kreditorlari oldidagi yillik xarajatlarini miqdori ifodalaydi. Ikkinchi tushuncha turli
xil ko’rsatkichlar bilan ifodalanishi mumkin. Masalan, o’z kapitali xajmida firma
bahosi va boshqalar, ya’ni mutloq ko’rsatkichlar. Shuni ham aytib o’tish kerakki, ular
nafaqat sifat jihatidan balki miqdor jihatidan ham o’zaro bog’liqdir. Agar kompaniya
daromadliligi kapital bahosidan kam bo’lgan investitsion loyihada ishtiroki bo’lsa, u
holda uning kapitallashgan qiymati bu loyiha yakunida kamayadi. Shunday yo’l bilan
kapital bahosi investitsion xarakterga ega masalalarini hal qilish nazariyasi va
amaliyotida asosiy element bo’lib hisoblanadi.
Korxona balans passivi tarkibi shuni ko’rsatdiki, uning asosiy ko’rinishi
quyidagilardir: ichki manbalar (mulkdorlar va qatnashuvchilarning ustav kapitali
ko’rinishidagi mablag’lari, taqsinlanmagan foyda va o’z mablag’lari fondi) uzoq
muddatli qarz mablag’lari (ssudalar), shuningdek, banklar yoki boshqa
investorlarning qarzlari va uzoq muddatga jalb qilingan mablag’lar (kreditorlar).
Bank o’z kapitali tushunchasini keng ochib berish uchun shuni aytib o’tish
kerakki, bank nazariyasida bank o’z mablag’i va o’z kapitali tushunchalari farq
qiladi. Yuqorida ta’kidlab o’tilgan «o’z mablag’i» tushunchasi – keng ma’noli, u o’z
ichiga bankning ichki faoliyati jarayonida tashkil topgan hamma passivlarni
(bankning ustav rezerv va boshqa fondlari, bank tashkil qilingandagi hamma
rezervlarni, taqsimlanmagan foyda va joriy yil foydasini) oladi.
Bankning o’z kapitali – bu hisob-kitob bilan aniqlanadigan kattalik. U iqtisodiy
ma’nosiga ko’ra bank kapitali funksiyalarini bajaradigan o’zlik mablag’larni ichiga
oladi.
Bankning o’z kapitali – bank vaqtincha jalb qilgan qarz mablag’laridan farqli
o’laroq, bevosita bankning o’ziga tegishli bo’lgan mablag’lardir. Bank kapitalining
boshqa korxonalar kapitalidan farqli shundaki, bankning o’z kapitali aylanma
mablag’larining 10 foizini, korxonalarda esa u taxminan 40-50 va undan ortiq foizini
tashkil etadi. Bank kapitaliga bankning o’z mablag’larining asosiy elementlari kiradi,
ya’ni qonunchilikka muvofiq tashkil topgan asosiy fondlar, bank faoliyatini
110
ta’minlash maqsadida ichki manbalar hisobiga tashkil topgan rezervlar kiradi. Ular
quyidagi shartlarga javob berishlari kerak:
- bank faoliyatining barqarorligi;
- kreditor huquqlari bo’yicha subordinatsiyalanganlik;
- qayd qilib yozilgan daromadlarning yo’qligi.
Bankning o’z kapitali deganda, bankning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga,
ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplashga qaratilgan maxsus tashkil qilinadigan
fond rezervlarni tushunishimiz kerak. Bank kapitaliga ustav kapitali, rezerv kapitali,
ta’sis foydasi, bank ixtiyorida qoldirilgan o’tgan va joriy yilda taqsimlanmagan
foydasi, turli risklarni qoplash uchun tashkil qilingan rezervlar kiradi va bank
faoliyatida muhim funksiyalarni bajaradi.
Bank kapitali I va II darajali kapitaldan iborat bo’ladi:
I darajali kapital quyidagilarni o’z ichiga oladi:
a) to’liq to’langan va muomalaga kiritilgan oddiy aksiyalar;
b) nokumulyativ imtiyozli aksiyalar. Bu aksiyalar muayyan sotib olish sanasi
va shartlariga, egasining xohishiga ko’ra sotib olinish imkoniyatiga ega emas. Bank
aksiyadorlarining umumiy yig’ilishi qaroriga muvofiq, ular bo’yicha dividentlar
to’lanmasligi mumkin;
v) qo’shimcha kapital-oddiy va imtiyozli aksiyalar bozor narxining ularning
nominal qiymatidan oshib ketishi;
g) taqsimlanmagan foyda:
- kapital zahiralar;
- avvalgi yillarning taqsimlanmagan foydasi.
- joriy yil zararlari.
d) aksiya egalari kamchiligining birlashgan korxonalar aksiyadorlik
hisobvaraqlarida o’sishi. Bu ulush shub’a korxonalari hisobvaraqlari bank moliyaviy
hisobotlarida birlashtirilganda va bank ulushi bunday korxonalar kapitalining 100
foizdan kam qismini tashkil qilganda vujudga keladi.
II darajali kapital quyidagilardan iborat:
a) joriy yildagi sof foyda;
111
b) riskni hisobga olgan holda aktivlar summasining 1,25 foizi va hisob-
kitoblardan so’ng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan miqdordagi umumiy
zahiralar. Nokumulyatsiyativ muddatsiz aksiyalar, ya’ni imtiyozli aksiyalar. Bu
aksiyalar muayyan sotib olish sanasi va shartlariga egasining xohishiga ko’ra sotib
olinish imokoniyatiga ega emas. Bank aksiyadorlarining umumiy yig’ilishi qaroriga
muvofiq, ular bo’yicha dividentlar to’lanmasligi mumkin;
v) hisob-kitoblardan so’ng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan miqdorda
aralash turdagi majburiyatlar;
g) subordinar qarz bu bankning qarz majburiyatlari shakli bo’lib, bank
kapitalini aniqlash maqsadida hisob-kitoblardan so’ng I darajali kapitalning 50
foizidan oshmasligi kerak. II darajali kapitalga kiruvchi subordinar qarz to’lash
muddati yetib kelgunga qadar oxirgi 5 yil davomida yiliga 30 foizga kamayib borishi
shart. II darajali kapital tarkibiga kiruvchi subordinar qarzlar garov ta’minotiga ega
bo’lmasligi, bank tugatilayotganda ushbu majburiyatlar bo’yicha talablar depozitlar
talablari qondirilgandan so’ng amalga oshirilishi, boshlang’ich to’lov muddati 5
yildan ortiq bo’lishi lozim.
Rezerv kapitali – bankning umumiy va maxsus maqsadlari uchun, masalan,
devalvatsiya uchun zahira, trast operatsiyalari bo’yicha biznes uchun zahira, ko’zda
tutilmagan xarajatlar, tabiiy ofatlar natijasidagi zararlar uchun zahira va boshqa
maqsadlar uchun, yaratgan zahirasining hisobi 30903-30906 balans hisobvaraqasida
olib boriladi. Ushbu zahira bankning taqsimlanmagan foydasi hisobiga tashkil etiladi.
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’langandan so’ng sof foyda hisobiga
shakllangan zahiralardir. Ushbu zahiralarga ajratiladigan chegirmalar miqdori ochiq
e’lon qilinadigan hisobotda ko’rsatilishi lozim. Zahiradan bank faoliyatida vujudga
keladigan turli zararlarni, ular yuzaga kelishi bilanoq hech qanday cheklashlarsiz
qoplash uchun foydalaniladi. Bunda mazkur zahiralar hisobiga qoplanadigan barcha
zararlar foyda va zararlar hisobida aks ettiriladi. 30903-umumiy zahira fondi bo’lib,
bu hisobvarag’i bankning taqsimlanmagan foydasi hisobidan umumiy maqsadlar,
masalan bank faoliyatining kengaytirish, bank uchun zarur vositalarni sotib olish va
ko’zda tutilmagan xarajatlar, tabiiy ofatlar natijasidagi zararlar uchun va hokazalar
112
uchun tashkil etgan zahirasi hisobini yuritish uchun mo’ljallangan. 30906-
Devalvatsiya uchun zahira bo’lib, bu hisobvaraqda milliy valyutaning devalvatsiyasi
natijasida ko’rishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplash uchun yaratilgan zahiraning
hisobi yuritiladi. Ushbu zahira mablag’lari bankning taqsimlanmagan foydasining
ma’lum qismidan va valyutadagi bank aktivining ustav kapitaliga tegishli
ekvivalentini qayta baholash natijasida hisoblangan mablag’lardan tashkil topgan.
Maxsus zahiralar – «standart», «substandart», «shubhali» va «umidsiz» deb
tasniflangan kredit va lizing operatsiyalari yoki boshqa alohida muayyan aktivlar
bo’yicha yuzaga kelishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplash uchun zahira tashkil
qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |