Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti investitsiya loyihalarini boshqarish


Loyihaning kapital byudjetini ishlab chiqish va u bo’yicha qarorlar qabul qilish



Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/293
Sana31.12.2021
Hajmi2,84 Mb.
#246166
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   293
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

Loyihaning kapital byudjetini ishlab chiqish va u bo’yicha qarorlar qabul qilish. 
 
Respublikamiz  bozor  munosabatlariga  o’tish  sharoitida  turli  mulkchilik 
shakllariga asoslangan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni ko’paytirish, jumladan, mulkni 
davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish,  kichik  biznesni  rivojlantirish 
bugungi  kunning  dolzarb  vazifasiga  aylanib  qoldi.  Mustaqillik  qo’lga  kiritilgandan 
so’ng  markazlashgan  investitsiyalarning  investitsion  loyihalarga  safarbar  etilishi 
mamlakat  iqtisodiyoti  va  ishlab  chiqarish  infrastrukturasini  rivojlantirish  davlatimiz 
investitsion  siyosatining  asosiy  yo’nalishlariga  aylandi.  Hukumatimiz  buning  uchun 
qulay investitsion muhitni yaratgan va zarur chora-tadbirlar amalda qo’llanilmoqda. 
Har  bir  korxona  o’z  taraqqiyoti  uchun  va  joriy  rejalarini  amalga  oshirish 
faoliyatini  moliyalashtirish  uchun  mablag’  manbalariga  ehtiyoj  sezadi.  Kapital, 
korxona  ihtiyoridagi  aktiv  mablag’lar  manbasidir.  Ularni  qisqa  va  uzoq  muddati 
aktivlarga  bo’lish  mumkin.  Moliyalashtirishning  u  yoki  bu  manbasini  jalb  qilish 
kapitalning  ma’lum  xarajatlari  bilan  bog’liq:  aktsionerlar  uchun  dividendlar, 
banklardan  olgan  ssudalari  uchun,    investorlar  qilingan  investitsiyalari  uchun 
foizlardir. Ma’lum hajmdagi moliyaviy resurslarni qo’llaganligi uchun to’lash kerak 
bo’lgan   mablag’larni umumiy summasi foizda umumiy hajmga nisbatan yaratilgan 
boylikning kapital bahosi deyiladi. Qoida bo’yicha joriy aktivlar qisqa muddatli, uzoq 
muddatda  foydalanishi  esa  uzoq  muddatli  mablag’lar  manbasi  hisobiga 
moliyalashtiriladi.  Buning  natijasida  sarf  qilinishiga  ketadigan  xarajatlar  umumiy 
summasi shakllanadi. 
Kapital  bahosi  konsepsiyasi  kapital  nazariyasida  asosiy  konsepsiyalardan 
biridir.  U  investitsiya  qilingan  kapitalning  rentabellik  darajasini  xarakterlaydi. 
Rentabellik  darajasi,  korxonaning  bozor  qiymatining  kamayib  ketmasligi  uchun 
ta’minlanib turishi kerak. 


109 
 
«Mazkur  kompaniya  kapital  bahosi»  va  «Kapitalni  baholash»  tushunchalarini 
ajrata  bilish  kerak.  Birinchi  tushuncha  kompaniyaning  o’z  investorlari  va 
kreditorlari oldidagi yillik xarajatlarini miqdori ifodalaydi.  Ikkinchi tushuncha turli 
xil  ko’rsatkichlar  bilan  ifodalanishi  mumkin.  Masalan,  o’z  kapitali  xajmida  firma 
bahosi va boshqalar, ya’ni mutloq ko’rsatkichlar. Shuni ham aytib o’tish kerakki, ular 
nafaqat sifat jihatidan balki miqdor jihatidan ham o’zaro bog’liqdir. Agar kompaniya 
daromadliligi kapital bahosidan kam bo’lgan investitsion loyihada ishtiroki bo’lsa, u 
holda uning kapitallashgan qiymati bu loyiha yakunida kamayadi. Shunday yo’l bilan 
kapital  bahosi  investitsion  xarakterga  ega  masalalarini  hal  qilish  nazariyasi  va 
amaliyotida asosiy element bo’lib hisoblanadi. 
Korxona  balans  passivi  tarkibi  shuni  ko’rsatdiki,  uning  asosiy  ko’rinishi 
quyidagilardir:  ichki  manbalar  (mulkdorlar  va  qatnashuvchilarning  ustav  kapitali 
ko’rinishidagi  mablag’lari,  taqsinlanmagan  foyda  va  o’z  mablag’lari  fondi)  uzoq 
muddatli  qarz  mablag’lari  (ssudalar),  shuningdek,  banklar  yoki  boshqa 
investorlarning qarzlari va uzoq muddatga jalb qilingan mablag’lar (kreditorlar). 
Bank  o’z  kapitali  tushunchasini  keng  ochib  berish  uchun  shuni  aytib  o’tish 
kerakki,  bank  nazariyasida  bank  o’z  mablag’i  va  o’z  kapitali  tushunchalari  farq 
qiladi. Yuqorida ta’kidlab o’tilgan «o’z mablag’i» tushunchasi – keng ma’noli, u o’z 
ichiga  bankning  ichki  faoliyati  jarayonida  tashkil  topgan  hamma  passivlarni 
(bankning  ustav  rezerv  va  boshqa  fondlari,  bank  tashkil  qilingandagi  hamma 
rezervlarni, taqsimlanmagan foyda va joriy yil foydasini) oladi. 
Bankning o’z kapitali – bu hisob-kitob bilan aniqlanadigan kattalik. U iqtisodiy 
ma’nosiga  ko’ra  bank  kapitali  funksiyalarini  bajaradigan  o’zlik  mablag’larni  ichiga 
oladi. 
Bankning o’z  kapitali  –  bank  vaqtincha  jalb qilgan qarz  mablag’laridan  farqli 
o’laroq,  bevosita  bankning  o’ziga  tegishli  bo’lgan  mablag’lardir.  Bank  kapitalining 
boshqa  korxonalar  kapitalidan  farqli  shundaki,  bankning  o’z  kapitali  aylanma 
mablag’larining 10 foizini, korxonalarda esa u taxminan 40-50 va undan ortiq foizini 
tashkil etadi. Bank kapitaliga bankning o’z mablag’larining asosiy elementlari kiradi, 
ya’ni  qonunchilikka  muvofiq  tashkil  topgan  asosiy  fondlar,  bank  faoliyatini 


110 
 
ta’minlash  maqsadida  ichki  manbalar  hisobiga  tashkil  topgan  rezervlar  kiradi.  Ular 
quyidagi shartlarga javob berishlari kerak: 
- bank faoliyatining barqarorligi; 
- kreditor huquqlari bo’yicha subordinatsiyalanganlik; 
- qayd qilib yozilgan daromadlarning yo’qligi. 
Bankning o’z kapitali deganda, bankning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga, 
ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplashga qaratilgan maxsus tashkil qilinadigan 
fond rezervlarni tushunishimiz kerak. Bank kapitaliga ustav kapitali, rezerv kapitali, 
ta’sis  foydasi,  bank  ixtiyorida  qoldirilgan  o’tgan  va  joriy  yilda  taqsimlanmagan 
foydasi,  turli  risklarni  qoplash  uchun  tashkil  qilingan  rezervlar  kiradi  va  bank 
faoliyatida muhim funksiyalarni bajaradi. 
Bank kapitali I va II darajali kapitaldan iborat bo’ladi: 
I darajali kapital quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
a) to’liq to’langan va muomalaga kiritilgan oddiy aksiyalar; 
b)  nokumulyativ  imtiyozli  aksiyalar.  Bu  aksiyalar  muayyan  sotib  olish  sanasi 
va  shartlariga, egasining xohishiga ko’ra  sotib olinish  imkoniyatiga  ega  emas. Bank 
aksiyadorlarining  umumiy  yig’ilishi  qaroriga  muvofiq,  ular  bo’yicha  dividentlar 
to’lanmasligi mumkin; 
v)  qo’shimcha  kapital-oddiy  va  imtiyozli  aksiyalar  bozor  narxining  ularning 
nominal qiymatidan oshib ketishi; 
g) taqsimlanmagan foyda: 
- kapital zahiralar; 
- avvalgi yillarning taqsimlanmagan foydasi. 
- joriy yil zararlari. 
d)  aksiya  egalari  kamchiligining  birlashgan  korxonalar  aksiyadorlik 
hisobvaraqlarida o’sishi. Bu ulush shub’a korxonalari hisobvaraqlari bank moliyaviy 
hisobotlarida  birlashtirilganda  va  bank  ulushi  bunday  korxonalar  kapitalining  100 
foizdan kam qismini tashkil qilganda vujudga keladi. 
II darajali kapital quyidagilardan iborat: 
a) joriy yildagi sof foyda; 


111 
 
b)  riskni  hisobga  olgan  holda  aktivlar  summasining  1,25  foizi  va  hisob-
kitoblardan  so’ng  I  darajali  100  foizli  kapitaldan  oshmagan  miqdordagi  umumiy 
zahiralar.  Nokumulyatsiyativ  muddatsiz  aksiyalar,  ya’ni  imtiyozli  aksiyalar.  Bu 
aksiyalar  muayyan  sotib  olish  sanasi  va  shartlariga  egasining  xohishiga  ko’ra  sotib 
olinish  imokoniyatiga  ega  emas.  Bank  aksiyadorlarining  umumiy  yig’ilishi  qaroriga 
muvofiq, ular bo’yicha dividentlar to’lanmasligi mumkin; 
v) hisob-kitoblardan so’ng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan miqdorda 
aralash turdagi majburiyatlar; 
g)  subordinar  qarz  bu  bankning  qarz  majburiyatlari  shakli  bo’lib,  bank 
kapitalini  aniqlash  maqsadida  hisob-kitoblardan  so’ng  I  darajali  kapitalning  50 
foizidan  oshmasligi  kerak.  II  darajali  kapitalga  kiruvchi  subordinar  qarz  to’lash 
muddati yetib kelgunga qadar oxirgi 5 yil davomida yiliga 30 foizga kamayib borishi 
shart. II darajali kapital tarkibiga kiruvchi subordinar qarzlar garov ta’minotiga ega 
bo’lmasligi,  bank  tugatilayotganda  ushbu  majburiyatlar  bo’yicha  talablar  depozitlar 
talablari  qondirilgandan  so’ng  amalga  oshirilishi,  boshlang’ich  to’lov  muddati  5 
yildan ortiq bo’lishi lozim. 
Rezerv  kapitali  –  bankning  umumiy  va  maxsus  maqsadlari  uchun,  masalan, 
devalvatsiya  uchun  zahira,  trast  operatsiyalari  bo’yicha  biznes  uchun  zahira,  ko’zda 
tutilmagan  xarajatlar,  tabiiy  ofatlar  natijasidagi  zararlar  uchun  zahira  va  boshqa 
maqsadlar  uchun,  yaratgan  zahirasining  hisobi  30903-30906  balans  hisobvaraqasida 
olib boriladi. Ushbu zahira bankning taqsimlanmagan foydasi hisobiga tashkil etiladi. 
Soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  to’langandan  so’ng  sof  foyda  hisobiga 
shakllangan  zahiralardir.  Ushbu  zahiralarga  ajratiladigan  chegirmalar  miqdori  ochiq 
e’lon  qilinadigan  hisobotda  ko’rsatilishi  lozim.  Zahiradan  bank  faoliyatida  vujudga 
keladigan  turli  zararlarni,  ular  yuzaga  kelishi  bilanoq  hech  qanday  cheklashlarsiz 
qoplash  uchun  foydalaniladi.  Bunda  mazkur  zahiralar  hisobiga  qoplanadigan  barcha 
zararlar foyda va zararlar hisobida aks ettiriladi. 30903-umumiy zahira fondi bo’lib, 
bu  hisobvarag’i  bankning  taqsimlanmagan  foydasi  hisobidan  umumiy  maqsadlar, 
masalan bank faoliyatining kengaytirish, bank  uchun  zarur  vositalarni sotib  olish va 
ko’zda  tutilmagan  xarajatlar,  tabiiy  ofatlar  natijasidagi  zararlar  uchun  va  hokazalar 


112 
 
uchun  tashkil  etgan  zahirasi  hisobini  yuritish  uchun  mo’ljallangan.  30906-
Devalvatsiya uchun zahira bo’lib, bu hisobvaraqda milliy valyutaning devalvatsiyasi 
natijasida  ko’rishi  mumkin  bo’lgan  zararlarni  qoplash  uchun  yaratilgan  zahiraning 
hisobi  yuritiladi.  Ushbu  zahira  mablag’lari  bankning  taqsimlanmagan  foydasining 
ma’lum  qismidan  va  valyutadagi  bank  aktivining  ustav  kapitaliga  tegishli 
ekvivalentini  qayta  baholash  natijasida  hisoblangan  mablag’lardan  tashkil  topgan. 
Maxsus  zahiralar  –  «standart»,  «substandart»,  «shubhali»  va  «umidsiz»  deb 
tasniflangan  kredit  va  lizing  operatsiyalari  yoki  boshqa  alohida  muayyan  aktivlar 
bo’yicha  yuzaga  kelishi  mumkin  bo’lgan  zararlarni  qoplash  uchun  zahira  tashkil 
qilinadi. 

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish