Y=Retsession uzilish miqdori x Avtonom xarajatlar multiplikatori miqdori YaIMni to‘liq bandlikning noinflatsion darajasigacha pasaytirish uchun yalpi talab (jami xarajatlar) kamayishi zarur bo‘lgan miqdor inflatsion uzilish deyiladi.
Agarda, ishlab chiqarish haqiqiy hajmi (Yo) potensial (Y*) hajmidan ko‘p bo‘lsa, jami xarajatlar ortiqcha hisoblanadi. Yalpi talabning ortiqchaligi iqtisodiyotda inflatsiya jarayoniga olib keladi. Boshqacha aytganda yalpi talab hajmining yalpi taklif hajmidan qisqa muddatda katta bo‘lishi oqibatida haqiqiy va potensial YaIM hajmlari o‘rtasida inflatsion uzilish ro‘y beradi (7.4-rasm). Bu uzilishni bartaraf qilish uchun jami xarajatlarni kamaytirish, boshqacha qilib aytganda yalpi talabni cheklash zarur.
Grafikda bu jarayon muvozanatni A nuqtadan B nuqtagacha surishni anglatadi. Bu yerda jami muvozanatili yalpi daromad hajmidagi ( Y) qisqarish quyidagicha bo‘ladi: