11.17-rasm. Ipak akatsiyaning bargi, guli va mevasining tuzilishi.
Tez o‘suvchi tur, juda yorug‘sevar, tutun, gaz va changli,
lUKiiilay hidlarda ham bemalol o‘sa oladi. Chirindiga boy,
iluiqur qumoqli, allyuvial tuproqlarda ham bemalol o‘sib-
rivojlana oladi. Daraxt yozda, ayniqsa, gullagan vaqtida ajoyib
manzara namoyon etadi. Daraxt tuproq tarkibiga baquwat ildiz
otib o‘sadi. Tez-tez sug‘orib turilsa, yaxshi o‘sadi, kasallik va
/ararkunandalar bilan zararlanishi bo‘lmaydi, uzoq yashaydi.
I Ining manzarali xususiyatlaridan biri: kech kirib quyosh botishi
bilan o‘z gulini yashirib oladi, ertalab quyosh chiqishi bilan
ttullarini ochib o‘zining nafis husnini namoyon etadi. U -
oVining soyabonsimon shakli va kumushsimon yog‘och tanasi
hi Ian, yashil bargchalari kuzning oxirigacha davom etishi bilan
yimada ko‘rkam ko‘rinish hosil qiladigan manzarali daraxt.
Daraxt ko‘chatlari, asosan, tinim muddatini o‘tagan urug‘ini
bailor faslida sepish usuli bilan ko‘paytiriladi. Bunda
ko'chatxona xoloz bo‘lgan mayin tuproqli yer maydonining
149
relyefi 3° gacha qiyalikda bo‘lgan hosildor tuproqlarda tashkil
etiladi. Ko‘kalamzor hududlarda manzarali bu daraxt ko‘chati
bemalol o‘sib-rivojlanishi uchun uning uch yillik parvarish-
langan ko‘chatini ekish zarur bo‘ladi. Atrof-muhit ekologiyasiga
kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Uning ko‘chatlarini qatorga olib yoki
boshqa manzarali daraxt turlari bilan guruh holida ekilsa, yanada
ajoyib kompozitsion ko‘rinish namoyon etadi.
Ushbu manzarali daraxt ko‘chatidan shahar va qishloqlari-
mizdagi istirohat bog‘lari, xiyobonlar va sayilgohlarda yashil
hududlar barpo etishda bemalol foydalanish mumkin.
11.18-rasm. Sadaqayrag'och daraxtining umumiy ko‘rinishi.
Sadaqayrag‘och (Ulmus densa Litw)
Katta daraxt, shox-shabbasi keng, qalin soyabonsimon shakl-
da, po‘stlog‘i yorilgan, qora rangda, barglari qalin, cho‘zinchoq,
tuxumsimon, cheti ikki qator tisjichali.Ushbu qayrag‘och turi eng
manzarali
qayrag‘och
turlaadan
biri
hisoblanadi,
uzoq
o‘tmishdayoq bu tur ko‘kalamzorlashtirish maqsadlarida shahar va
qishloqlarga ko‘plab ekilgan. Daraxtning balandligi 15-20 metrga
yetadi.
150
Tanasining rangi, qari daraxtlaming novdalari jigarrang,
tanasi chuqur yorilgan bo‘ladi. Yosh novdalaming tanasi silliq
bo‘ladi. Bargi teskari tuxumsimon yoki romb shaklida bo‘ladi.
Bargining uzunligi 12 sm, eni 7sm, bargining chetlari ikki-uch
tishchali mustahkam bargli. Guli mayda, barg yozishdan oldin
mart-aprel oylarida gullaydi. Urug‘i qanotchalarda joylashgan.
Qanotcha teskari tuxumsimon shaklda, uzunligi 1,5-2 sm.
Mevasi may-iyun oylarida pishadi. Sadaqayrag‘och yoshligida
tezroq o‘sadi, lekin qariganda boshqa qayrag‘och daraxti
turlariga nisbatan o‘sishda sekinlashadi. 0 ‘rtacha yorug‘sevar,
issiqsevar bo‘ladi. Sovuqqa chidamli, lekin haddan tashqari
sovuqdan aziyat chekadi. fldiz tizimi baquwat, tuproqni
inustahkamlaydi. Tuproqqa talabchan, lekin sho‘r tuproqlarda
ham o‘sadi. Gazga, changga chidamli, kesish ishlarini yaxshi
ko'taradi va daraxtning shakli manzarali xususiyatini o‘zida tez
tmmoyon qiladi. Ko‘kalamzorlashtirish ishlarida ekilganda 300
yilgacha yashashi mumkin. Shahar sharoitida 50 yilgacha
kiimdan kam yashaydi. Katta daraxt, shox-shabbasi keng, qalin
piramida shaklida, po‘stlog‘i yorilgan, qora rangda, barglari
qalin, cho‘zinchoq, tuxumsimon, cheti ikki qator tishchali. Bu
i|nyrag‘och 0 ‘rta Osiyoda tog‘ daryolari vodiysida o‘sadi. U
bog‘larga, katta ariqlar bo‘yiga ekiladi.
Po‘kakli eman (Quyercus suber) -
Bo‘yi 20-22 m, diametri 1-1,5 m li daraxt, tanasi yoshli-
gidan boshlab po‘kak qavati bilan qoplanadi. Yosh novdalari,
kurtaklari va barglarining orqa tomoni sarg‘ish-kulrang, qalin
luk bilan qoplangan. Barglari doim yashil saqlanadi, oddiy
Ui/.ilgan, navbat bilan joylashadi, oval yoki cho‘ziq tuxum-
Himon, cheti o‘tkir tishchali, yuz tomoni to‘q yashil, yaltiroq, or-
qu tomoni qalin tukli. Yong‘oqlari 1-3 tadan bo‘lib, kalta bandli,
birinchi yili yetiladi. May oyidan boshlab yozning o‘rtalarigacha
gullaydi. Kuzda ikkinchi marta gullaydi. Shuning uchun bir tup
dttraxtda har xil muddatda yetiladigan yong‘oqlarni ko‘rish
mumkin.
151
Po‘kakli emanning yong‘og‘i tez ko‘karib chiqadi. Niholi
original tuzilishi bilan boshqalardan farq qiladi.Yong‘og‘i unib
chiqayotgan paytda urug‘palla tubida chetlari bir-biri bilan
qo‘shilib o‘sadi va naycha hosil qiladi, uning ichida
embrionning kurtakchasi yotadi. Bu naycha yer tagida 20-30 sm
gacha o‘sadi, so‘ng undagi kurtak una boshlaydi va yer ustiga
boshlang‘ich poya chiqadi, ildiz otadi. Po‘kakli eman O'rtayer
dengizining g‘arbiy sohillarida va Janubiy Yevropa: Fransiyada,
Ispaniyada, Portugaliyada, Italiyada, Shimoliy Afrikaning
janubiy rayonlarida tarqalgan. MDH da Kavkaz va Qrimning
subtropik rayonlarida ekiladi.
Po‘kakli eman issiqsevar, yorug‘sevar o‘simlik, sovuqqa
chidamsiz, -15-17 °S sovuqdan zararlanadi. Nam va ohakli
yerlarda yaxshi o‘sadi. Quruq tuproqda ham o‘sa oladi. Uning
po‘stlog‘idan po‘kak olinadi. Bu emanni shimoliy rayonlarga
introduksiya qilish katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |