Qizil zirk (Byerberis nummularia )
Tog‘ qiyaliklarida, soylarda va uzoq tog‘ daryolari qirg‘oq-
lurida qo‘riqxona hududidagi Qizilsuv daryosi, G‘ilonsoy chega-
rularida tabiiy holda o‘sib rivojlanadigan, bo‘yi 2-2,5 m gacha
bo'lgan, mevasi shifobaxsh buta. Ildizi va po‘stlog‘ini bo‘yoq
simoatida ishlatish mumkin.
Barglari to‘q rangda, uzunligi 7 sm gacha. Gulchalari yalti-
roq sariq, osilib turgan panjalarga yig‘ilgan. Asal yig‘ishga
moyil mevalari ellipsoid - cho‘ziq, uzunligi 8-12 mm, yaltiroq
qi/il yoki to‘q qizil. Aprel - may oylarda gullaydi. Tog*
vodiylarini e’tiborga olgan holda, o‘rtacha o‘suvchi, sovuqqa
chidamli, issiqsevar, qurg‘oqchilikka chidamli. Tuproqqa talab-
141
chan emas. 0 ‘zbekistonning barcha hududlarida ekib foydala-
nish mumkin.
Oddiy shilvi (uchqat)
Lonicyera xyfosteum
Bo‘yi 2-3 metr keladigan, buta novdalari yoysimon yoki
kulrang-qizg‘ish rangli, yalang‘och yoki tukli. Barglarining
uzunligi 3-6 sm, keng tuxumsimon yoki ellips - tuxumsimon
shaklda, uch qismi o‘tkir, asosi keng, ponasimon, yuqori qismi
kulrang yoki to‘q yashil.
Gulchalarining o£lchami bir santimetr. Sarg‘ish-oq, ko‘pin-
cha, qizg‘ish tusli. Mevalari to‘q qizil,butasimon ushbu o‘simlik
may-iyunda gullaydi. Mevasi avgust - sentabrda pishib yetiladi.
Nisbatan tez o‘suvchi tur. Soyaga, sovuqqa chidamli. Tuproq va
namlikka kam talabchan. Unumdor tuproqlarda yaxshi o‘sadi
25-30 yil yashaydi.
Qatrang‘i (tug‘dona) - Celtis
Tog‘ qiyaliklarida, tosh-shag‘allari surilib qolgan og‘ir tosh-
li joylarda o‘sadi. Markaziy Osiyoda dengiz sathidan 1500-2000
m balandlikkacha o ‘sadi.
Qurg‘oqchilikka o‘ta chidamli butasimon o‘simlik. Tog‘
yon qiyaliklarida toshli va shag‘alli surilishlaming oldini olishda
himoya to‘siq sifatida ekish mumkin. Shifobaxsh meva sifatida
iste’mol qilinadi. Bo‘yi 4-5 m gacha boradigan butasimon
daraxtcha. Barg yoyish jarayonida gullaydi. Mevalari sentabrda
pishib yetiladi. Urug‘ida yog1 moddasi bo‘lib, bodom ta’mini
beradi. Baquwat ildiz tizimiga ega. 300-500 yilgacha, ya’ni
uzoq umr ko‘ruvchi tur. Lekin sekin o‘sadi. Yorug‘sevar, qur-
g‘oqchilikka o‘ta chidamli tur.
Chetan (Sorbus)
Bu turkumdagi daraxtlaming shox-shabbasi yoyiq, shoxlari
va tanasining po‘stlog‘i silliq, barglari yonbargchali, navbat
bilan joylashadi, kuzda to‘kilib ketadi. Gullari oq yoki oq-sariq,
ular yig‘ilib to‘pgul hosil qiladi. Ular ikki jinsli, hasharotlar
142
yordamida changlanadi. Mevasi yumaloq yoki oval shaklda,
olmaga o‘xshash, qizil yoki sariq. Ko‘p urug‘li, barglari
mtirakkab, toq patsimon va oddiy, butun yoki patsimon bo‘lakli
luzilganligi bilan turkumning boshqa turlaridan farq qiladi. 80 ta
luri bor, ulardan, 34 tasi MDH da yovvoyi holda o‘sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |