Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Hamroyeva S.I. Tarix fanini o‘qitish metodikasi. – Navoiy.: 2015
2. Sagdiyev A. va boshqa. Tarix o‘qitish metodikasi. – T.: 2008
3. Muhamedov O‘.X., Usmonboyeva M.H., Rustamov S. Ta’limni tashkil etishda zamonaviy
interfaol usullar. – T.: 2016
35
Май 2021 3-қисм
Тошкент
AMIR TEMURNING DUNYO MIQYOSIDA TUTGAN O’RNI. AMIR TEMUR
HAYOTI VA FAOLIYATINING O’ZBEK ADABIYOTIDA YORITILISHI
Bahodirov Ibrohim Dostanboyevich
Namangan viloyati Norin tumani
18-maktab tarix fani o’qituvchisi
Telefon nomeri : 94 433 43 51
Annotatsiya
: Ushbu maqolada tarix darslarida Amir Temur shaxsining o’rganilishi,o’zbek
ijodkorlari tomonidan sohibqiron haqida yaratilgan asarlar va ularning talqini haqida so’z boradi
Kalit so’
zlar: Amir Temur, sohibqiron, sarkarda, o’gitlar, yurishlar, buyuk markazlashgan
davlat, strategiya, solnoma, kuch, adolat, Shahrisabz, me’moriy obidalar, tartib, qoidalar
Amir Temur buyuk sarkarda va davlat arbobi sifatida nafaqat O’rta Osiyoda, balki butun
dunyoda ma’lum va mashhurdir. Amir Temurning jasorati, uning sarkardalik mahorati, o’z
avlodlariga qoldirgan o’gitlari dunyo olim-u fuzalolarini hayratga solishda davom etmoqda.
“Taym” haftanomasining 1974 yil, 15 iyul sonida “Tarixdagi eng buyuk yo’lboshchilar” degan
umumiy mavzu ostida turkum maqolalar chop etilgan. Unda tarixchilar, yozuvchilar, harbiylar,
tadbirkorlar va boshqa ko’plab turli soha vakillarining mavzu yuzasidan nuqtai-nazar hamda
fikrlari keltirilgan. Ba’zilar buyuk yo’lboshchi sirasiga Gitlerni kiritsa, ayrimlar – Gandi, Budda,
Linkoln va hokazolarni tilga olishgan. Shu joyda, amerikalik ruhshunos Jyul Masserman, bu
muammoni odilona hal etish maqsadida, e’tiborga olinishi kerak bo’lgan aniq-ravshan omillarni
sanab o’tdi. Uning fikricha, Eng Buyuk Yo’lboshchi quyidagi uchta vazifani bajarmog’i lozim:
- o’z fuqarolarining ozod va farovon hayotini ta’minlash;
- insonlar uchun nisbatan xavf-xatarsiz hayot barpo etilgan jamiyat qurish;
- jamiyat a’zolariga iymon-e’tiqod va axloqiy me’yorlar tizimini taqdim etish.
Ushbu uchta omildan foydalanib, Masserman Adolf Gitler, Paster, Yuliy Sezar, Muso
alayhissalom, Konfutsiy va boshqa ko’pgina siymolar tarixini chuqur o’rgangach, quyidagi
xulosaga keladi:
“Paster va Salk kabi insonlar faqat birinchi tamoyilga javob bera oladilar. Bir yoqda – Gandi
va Konfutsiy, boshqa tomondan Iskandar Zulqarnayn, Sezar hamda Gitler – ikkinchi, balki
uchinchi talabga ham munosibdirlar. Iso Masih va Budda, faqatgina uchinchi shartga javob
beruvchi shaxslar sirasiga kiradilar.
Barcha zamonlar va xalqlar uchun ENG BUYuK YO’LBOShChI – Muhammad sollallohu
alayhi va sallamdir. Ul zot, yuqoridagi uchta talabga ham to’liq javob bera olganlar. Shunday
maqomga balki, Muso alayhissalom ham mosdirlar, ammo, ul zotning xizmatlari ko’lami biroz
cheklangandir”.
Chikago universiteti professori, yahudiy millatiga mansub bo’lgan Massermanning masalani
xolis baholash bo’yicha taklifi ana shunday natija bilan yakunlandi.
Amerikalik olim Maykl Xartning “Tarixdagi 100 buyuk odam” nomli asari G’arb dunyosida
katta shov-shuvga sabab bo’ldi. Bu asarda darj etilgan 100 nafar buyuk inson ichidan yana eng
buyugi kompyuter vositasida aniqlandi.
Maykl Xart tadqiqotining mohiyati bunday edi: u shu kungacha yashab o’tgan buyuk
insonlarning qobiliyatlari, kurashlari, tadqiqot va muvaffaqiyatlarini kompyuter hofizasiga kiritib,
inkor qilib bo’lmaydigan matematik bir yo’l bilan ularning eng qudratlisini aniqladi.
Xart kompyuterga lozim bo’lgan dasturni joylashtirib bo’lgunicha oylar o’tdi va nihoyat,
kunlardan birida u kerakli tugmani bosdi.
Natija juda hayajonli bo’ldi. Kompyuterda ketma-ket eshitilgan qitir-qitir tovushlar ketidan
Yer yuzidagi eng ulug’ inson ismi yozildi:
“HAZRATI MUHAMMAD SOLLALLOHU ALAYHI VA SALLAM!”
Bu tadqiqot olimning mutaassib o’rtoqlariga yoqmadi va u qattiq qarshilikka uchradi. Lekin
Xart natija menga bog’liq emas, deganday yelka qisib kompyuterni ko’rsatish bilan kifoyalandi.
Yana, o’zi ham boshqacha natijadan umid qilibmi, tadqiqotini qayta-qayta takrorladi va tekshirib
chiqdi. Shunga qaramay, monitordagi ism baribir o’zgarmadi:
“HAZRATI MUHAMMAD SOLLALLOHU ALAYHI VA SALLAM!”
(“Amir Temur va tarix” onlayn kanalidan).
Amir Temur haqida o’zbek adabiyotida ham bir qator asarlar yaratildi va hanuz ijodkorlar
36
Do'stlaringiz bilan baham: |