16.3. Tezlik va bosim bosqichlari bor turbinalar
Parametrlari katta bo’lmagan bug’ olinadigan qozon agregatlarida issiqlik pasayishining hammasi bir bosqichli turbinada foydalanilar edi.
Qozon agregatlari takomillashib borishi bilan bug’ning parametrlari ham kattalashib bordi. Bug’ bosimi va haroratining ortishi uning entalpiyasining ortishiga va tegishlicha absolyut tezlik c1 ning kattalashuviga olib keldi. Natijada ish qanotlari va turbina disklarining aylanma tezligi u ham yanada ko’paydi.
Lekin materialning mutsahkamlik shartlariga ko’ra aylanma tezlik 300—400 m/sek dan ortib ketmasligi kerak, chunki bug’ndan katta tezliklarda vujudga keladigan markazdan qochuvchi kuchlar turbina qanotlari va disklarida nihoyatda katta va xavfli kuchlanishlar paydo qiladi.
Ko’p bosqichli turbinalar ishlatilgandan keyingina aylanma tezlikni kamaytirishga muvaffaq bo’lindi. Bug’nday turbinalarda issiqlik pasayishining hammasi birdaniga emas, baiki oz—ozdan, ya׳ni bir necha bosqichda foydalaniladi. Barcha issiqlik pasayishini turbinaning bir necha bosqichlariga taqsimlash turbina qanotlarida bug’ tezligining o’rtacha bo’lishiga va shunday qilib, tezliklar nisbatini kamaytirishga imkon beradi.
Tezlik bosqichlari bor turbinalar. Bug’ turbinalari takomillashuvining boshlangich davrida tezlik bosqichlarini tatbiq etish yo’li bilan ish diskining aylanishlar sonini kamaytirishga muvaffaq bo’lindi. Bug’nday turbinada bug’ning kinetik energiyasi mexanik ishga ikki yoki uch qator ish qanotlarida, ya׳ni bosqichlarda aylantiriladi.
Quyidagi rasmda ikkita tezlik bosqichi bor aktiv turbinaning sxemasi Keltirilgan. Bug’ valga o’tkazilgan diskga mahkamlangan bir necha qator qanotlari oldida joylashgan soplolarning bitta qatoridan o’tib, boshlangich bosimdan oxirgi bosimgacha kengayadi. Bug’nda absolyut tezlik boshlangich c0dan (soplolar olida) oxirgi c1 (soplolardan keyingi) tezlikkacha ko’payadi.
Tezligi c1 bo’lgan bug’ tezlikning birinchi bosqichiga, ya׳ni birinchi qatordagi ish qanotlarining kanallariga kiradi, u erda kinetik energiyasining faqat bir qismigina mexanik ishga aylanadi. So’ngra bug’ c21 tezlik bilan turbina korpusiga ko’zalmas qilib mahkamlangan yo’naltiruvchi qanotlarning kanallariga kiradi. Bug’ qanotlar bug’ jarayonchasining faqat yo’nalishini o’zgartirish uchun mo’ljallangan. Bug’ erda bug’ yo’naltiruvchi qanotlarga ishqalanishi natijasida tezligining faqat ozgina qismini yo’qotadi va tezlikning ikkinchi bosqichiga, ya׳ni ikkinchi qatordagi ish qanotlariga o’tadi. Tezlikning ikkinchi bosqichida kinetik energiyaning yana ma׳lum qismi ishga aylanadi.
Tezlik bosqichlari bor turbinalarni kontsruktor CHarIz Kyortis taklif etgan va birinchi marta 1900 yilda qurilgan edi. SHuning uchun tezlik bosqichlari bor disk, ko’pincha Kyortis ildiragi deyiladi.
Amalda tezlik bosqichlarining soni uchtadan ko’p bo’lgan turbinalar ishlatilmaydi, chunki bosqichlar soni ortishi bilan tegishlicha yo’naltiruvchi va ish qanotlarining soni ham ko’payadi. Bug’ esa o’z navbatida. Isroflarni ko’paytiradi va turbinaning f.i.k. ni ancha pasaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |