Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti



Download 1,23 Mb.
bet29/159
Sana20.04.2022
Hajmi1,23 Mb.
#564656
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   159
Bog'liq
ТАРБИЯ УМК Fitrat

NAZORAT SAVOLLARI
1. Qaror bo’yicha “Ma’naviyat fidoiysi” ko’krak nishoni kimlarga berilishi nazarda tutilgan?
2. «Risolai asbobi savod» (1904), «Risolai jug‘rofiyai umroniy» (1905), «Risolai jug‘rofiyai Rusiy» (1905), «Kitobat-ul atfol» (1908), «Amaliyoti islom» (1908), «Tarixi islom» (1909) asarlarining muallifi kim? (M.Behbudiy)
3. A.Avloniyning tarbiyaga oid qaysi asarlarini bilasiz?
4. I.Ibratning tarbiya to’g’risidagi fikrlaridan misollar keltiring.
5.”Ikki emas, to’rt til lozim” maqolasining muallifi kim?

4-mavzu: Zamonaviy tarbiyashunoslik muammolari. Tarbiyaning globallashuv jarayonidagi vazifalari. Zamonaviy sharoitda tarbiyaviy jarayonlar va uni tashkil etish yo‘llari.


Reja:
1. Zamonaviy tarbiyashunoslik muammolari. Yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda ilmiy-texnologik isloh qilish.
2.Tarbiyaning globallashuv jarayonlaridagi vazifalari. Globallashuvning shaxs hayoti va faoliyatidagi o‘rni. Zamonaviy sharoitda tarbiyaviy jarayonlar va uni tashkil etish yo‘llari.
O`z hayot tajribasini har
Tomonlama boyitmagan
Odamning tarbiyasi-behuda.
R.Golbah.
Tayanch iboralar: Zamonaviy tarbiyashunoslik, ilmiy-texnologik, globallashuv, globallashuv jarayoni, globallashuvning shaxs hayotidagi o’rni.

4.1.Zamonaviy tarbiyashunoslik muammolari. Yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda ilmiy-texnologik isloh qilish.
XXI asrda insoniyat fan-texnik yutuqlarini qo‘lga kiritishda muvaffaqiyatlarga erishayotganligi bilan o‘ziga xosligini namoyon etmoqda. Dunyoning ilg‘or mamlakatlari kundan-kun ilmiy-amaliy kashfyotlarni jadallashtirmoqda. Yirik ishlab chiqarish salohiyatiga ega bo‘lgan AQSh, Yaponiya, XXR, Rossiya, Angliya, Germaniya kabi davlatlar eng ilg‘or texnologiyalarni ishga solib, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni amalga oshiryapti. BMT, JST (Jahon savdo tashkiloti), NATO, Shanxay hamkorlik tashkiloti kabi keng imkoniyatlarga ega nufuzli boshqaruv tizimlari dunyoning u yoki bu mintaqasida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarda bevostia yoki bilvosita ishtirok etishmoqda. Jahon miqyosidagi muammolar globallashuv jarayonida bir tomonlama hal etilishi darajasidan allaqachon yuqorilab ketdi. Hech kim, hech bir davlat masalalarga bir tomonlama yondasha olmaydi. Ilg‘or, zamonaviy texnologiyalar asosida ishlayotgan texnik qurilmalar inson ongi mahsuli sifatida Yer sharini, kosmosni, atrof -olamni to‘liq nazorat ostida ushlash imkoniyatlariga erishmoqda.
O‘tgan asrlarda voqea-hodisalar o‘tmish sifatida tarixdan joy oldi. Yangi fikr, yangi ong kelajak sari yangicha ko‘rinishda dadil qadam qo‘ymoqda. Jahon xalqlari dunyoda tinch-totuv, barqarorlik, hamjihatlik, yakdillik tamoyillari asosida demokratik jamiyatlar tashkil etib yashashga intiladi. Umumbashariy an’analarni saqlab qolish, ularni asrab-avaylash, urf-odatlar, jadal odimlash, ijtimoy-iqtisodiy komillik sari rivojlanishni davom ettirish yer yuzida istiqomat qilayotgan yetti millarddan ziyod kishilarning umumiy istagi. Yer kurrasining o‘tmishi ko‘plab bo‘hronlar, urushlar, qon to‘kishlarga guvoh bo‘ldi. Aql-zakovat sohibi bo‘lgan inson oldida bugungi globallashuv davrida hayotni bilan birga, ota-bobolarimizdan meros qolgan ma’naviy boyliklarni ertangi kelajak avlod uchun saqlab qolish vazifasi ko‘ndalang turibdi.
Yer sharining, bashariyat tamadduning taqdiri insoniyat o‘z o‘tmishidan qanday xulosalar chiqara olayotganiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Tuzilayotgan rejalar, yaratilayotgan doktrinalar inson hamda globallashuv manfaatlariga naqadar mos kelishi joriy islohotlarning pirovard natijalari qanday yakunlanishini belgilab beradi. Insoniyat o‘z tamaddunini asrab-avaylab qolishi uchun nimalarga nisbatan qanday munosabatda bo‘lmog‘i kerak? -degan masala o‘ta muhim va dolzarbdir. Albatta, globallashuv butun dunyoda ro‘y berayotgan, ortga qaytmaydigan jarayon. Boshqa mamlakatlar qatori biz uchun ham zaruriy. Lekin u biryoqlama bo‘lmasligi kerak. Globallashuv milliy o‘zlikni yo‘qotish degani emas!
Dunyo tamadduni turli xalqlarning o‘ziga xos an’analari, madaniyati, ma’naviy qadriyatlari bilan go‘zal va boy hisoblanadi. Ularning har biri yashash va ravnaq topishga haqli. Lekin qaysidir davlat yoki davlatlar, qaysidir xalq yoki xalqlar globallashuvni o‘z mentalitetidan kelib chiqib, o‘zgalarga tiqishtirishi kishilik jamiyatiga to‘g‘ri kelmaydigan holat hisoblanadi. U holda bu jarayon bir tomondan foyda qilsa, ikkinchi tarafdan jiddiy zarar keltirishi, asriy qadriyatlarga shikast yetkazishi, xalq o‘z ildizidan ayrilgan “omma”ga, millat o‘z qiyofasini yo‘qotgan “manqurt”ga aylanib qolishi ehtimoldan uzoq emas. Bunday xatarga yo‘l qo‘ymaslikning chorasi bitta: o‘zgalar qadriyatini kamsitmagan holda o‘z qadriyatlarimizni mahkam turib himoya qilishimiz va lozim bo‘lsa jumlai jahonga ko‘rsatishimiz kerak.
Globallashuv jarayonida kishilik jamiyati erishgan globallashuv tarixi, hozirgi kuni, yutuq va kamchiliklari, bosib o‘tilgan tarixiy uzoq yo‘ldan olingan falsafiy xulosalarga e’tibor qaratiladi. Shu bilan birga ertangi kunimiz farovonligi yo‘lida nazariy qarashlarning ahamiyatli jihatlariga nazar solinadi. “Odamlar olovga o‘xshaydi, degan edi donishmandlardan biri, issig‘idan bahra ol-u kuydirishidan ehtiyot bo‘l”. Taraqqiyot mevalari ham xuddi shunday, undan qo‘rqish emas, faqat to‘g‘ri foydalana bilish kerak. Qanday maqsadda qo‘llasangiz, o‘sha tarafga yetaklaydi. Yurtimizda boshlangan barcha ezgu ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad-davlatimiz salohiyatini oshirish, xalqimiz farovonligini ta’minlash, ozod va obod Vatan poydevorini mustahkamlash, barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan.
Yoshlarimizning o‘qib-o‘rganib, zamonaviy ilmlarni egallab, sog‘lom va ma’naviy yetuk avlod bo‘lib voyaga yetishi yo‘lida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, zarur sharoitlar yaratilmoqda. Har yili millatimiz yoshlarining kelajak ravnaqini o‘ylab hamda yoshlarimizning ehtiyojidan kelib chiqqan holda zamonaviy maktab va kollejlar qurilmoqda, ular eng so‘nggi rusumdagi o‘quv-laboratoriya jihozlari bilan ta’minlanmoqda.
Shunday ekan, davlatimiz farzandlarimiz istiqboli uchun muttasil qayg‘urayotgan bir paytda “globallashuv” bahonasi ostida tarbiyani izdan chiqaruvchi, ma’naviyatini kemiruvchi har qanday yot ta’sirlardan yoshlarimizni himoya qilish, dunyoda kechayotgan axborot tahdidiga qarshi yoshlarimizda sog‘lom immunitetni shakllantirish, ogohlikni bir daqiqa bo‘lsin qo‘ldan boy bermaslik- bugun suv va havodek eng muhim zaruratga aylangan.
Globallashuv tushunchasiga aksariyat hollarda insonning jamiyat moddiy, ma’naviy, xo‘jalik sohalaridagi o‘zgartiruvchilik faoliyati va uning yakunlari sifatida qaraladi. Hozirgi kunda globallashuv to‘g‘risida ko‘plab fikrlar mavjud. Abu Nasr Forobiy fikricha “har bir inson tabiatiga ko‘ra oliy darajadagi yetuklikka erishish uchun kurashadi. Bunday yetuklikka shahar jamoasi orqali erishiladi”. Amerikalik professor S.Xantington “globallashuv” tushunchasini “rivojlangan” ma’nosida qabul qilishni taklif qiladi. Aslida globallashuvning tub mohiyatiga e’tibor bersak u qandaydir utopik qarashlar samarasi emasligi ham, yoki reaksion ruhdagi jangari-fantastik yondoshishlar mahsuli emasligi ham aniq ko‘rinadi. Yer shari G‘arb va Sharq globallashuvi ta’siri ostida o‘zining bugungi qiyofasiga keldi. O‘rta asrlarda fan-texnika yutuqlaridan harbiy maqsadda foydalangan yevropalik hukumdorlar jahon mamlakatlari, xalqlari boshiga og‘ir musibatlar solgani tarixda ma’lum. Birinchi, ikkinchi jahon urushlari insoniyat boshiga qancha og‘ir kunlar solganini hamma biladi.
Globallashuv jarayonida madaniyatlar to‘qnashuvi natijasida urushlar paydo bo‘lishi to‘g‘risida fikrlarga borilganda ham bu fikr qanchalik globallashgan jamiyat vakili fikri ekan, degan savol paydo bo‘lishi tabiiy. Sharq globallashuvida qadimgi Xitoy tamadduniga asos solgan Konfutsiy ta’limoti, Daosizm, neokonfutsiychilik kabilar, islom ilohiy dini ta’limotidagi insonparvarlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan muqaddas oyatlar yoki hadislardagi globallashuv mujassamligi hayratlanarli.
Globallashuvning taqdirini o‘zaro urushlar, dunyoga hukumron bo‘lish g‘oyasi, mintaqalarda yakka hokim bo‘lib olib o‘z manfaatlari uchun boshqa kuchsiz davlatlarni, xalqlarni talon-taroj qilish usullari emas, balki insoniyat taqdiri haqida qayg‘urib, hayot ne’matini kelajak avlodlarga taqdim etish yo‘lidagi hamjihat intilishlar hal qiladi. Globallashuv darajasi shu ijtimoiy qurilma ichida muayyan shaxs, insonning kamol topishi uchun qanday imkoniyatlarga ega ekanligi bilan belgilansa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
XXI asr globallashuvida inson omiliga e’tibor ortib bormoqda. Odam muloqot quroli sifatida tildan, mehnat qurollari yaratish uchun aql va qo‘llaridan, yaratgan qurollaridan yaxshilik yo‘lida foydalanish uchun ong va tafakkurdan foydalandi. Inson globallashuv bosqichlaridan pog‘onama-pog‘ona ko‘tarilar ekan, fikrlarini yangilik, yaxshilik yaratishga qaratadi. Ixtiro etgan narsalari ezgulik maqsadiga ishlatilishini istaydi. Inson o‘z fitratidagi yaratuvchanlik xislatini tark etmaydi u o‘z yurtini, shahrini, qishlog‘ini, uyini madaniylashtirib, go‘zallashtirib yashashni istaydi. Vatanparvarlik hislarini davom ettiradi.
O‘zi yashab turgan mamlakat qonunlariga hurmat ruhida munosabatda bo‘lish fuqarolarga tinchlik, xotirjamlik, ijodiy kamolot beradi. Inson davlat organlari, ijtimoiy jamiyatga yaxshi munosabatda bo‘lib, o‘z farzandlariga ham farovon turmush qurish sharoitlarini yaratish va o‘rgatish yo‘lida mehnat qiladi. Jamiyat a’zolarining bir maqsad sari intilishlari shu jamiyatda barqarorlik va yuksalishiga zamin yaratadi. Globallashuvlar tarixi o‘rganilar ekan, ko‘p hollarda insonning ma’lum globallashuvga qo‘shgan hissasi haqida to‘xtalinadi. Qadimgi Rim imperiyasi, antik madaniyat, Vizantiya, Mesopotamiya, qadimgi Misr madaniyati, qadimgi Xitoy tamadduni, Yevropa uyg‘onish davri globallashuvi va hokazolar.
XXI asr fan-texnika taraqqiyoti insonga keng imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Inson bugunga kelib nafaqat globallashuvlarga hissa qo‘shuvchi individ, balki globallashuvlardan o‘z ehtiyojlariga kerakligini olish va uni ijodiy takomillashtirishga tomon qadam tashladi. O‘z islohotlarida sotsializmga bozor-tadbirkorlik instrumentlarini joriy etgan Xitoy (XXR) tarixan uncha katta bo‘lmagan davrda dunyodagi ilg‘or mamlakatlar oldingi qatoriga o‘tib oldi, o‘z fuqarolarining turmush darajasini bir necha barobarga yaxshiladi. Bunday globallashuvlar namunalarini Singapurda, Malayziyada, Janubiy Koreyada ko‘rishimiz mumkin. Respublikamizda AQSh, Yaponiya, Yevropa davlatlari tajribalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan besh tamoyil prinsiplari olg‘a surilganligi inson va jamiyat munosabatlariga yangicha ruh kiritdi. Prezidentimizning maqsadi xalqning boy-badavlat bo‘lishi uchun tadbirkorlik, ishlab chiqarish imkonlaridan unumli foydalanish kerakligi haqidagi fikrlari amalda to‘g‘ri ekanini isbotlab turibdi.
4.2.Tarbiyaning globallashuv jarayonlaridagi vazifalari. Globallashuvning shaxs hayoti va faoliyatidagi o‘rni. Zamonaviy sharoitda tarbiyaviy jarayonlar va uni tashkil etish yo‘llari. Dunyo globallashuv jarayonlari natijasida yaxlit bir media makonga aylanib qoldi. Hozirda ma’lumotlarni olish, uzatish va tarqatish juda oson. Lekin bu axborotlarni tahlil qilish, saragini va puchagini ajratish qiyin masala bo‘lib, bu yosh avlod tarbiyasiga ham katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Dunyo globallashuv jarayonini tahlil qilgan sotsiolog olim Entoni Giddens aytadiki: “An’ana va odatlarning hayotimizga ta’siri kundan-kun kamayib bormoqda, bu ijobiy jarayon, zero u insonga shu paytgacha erishilmagan shaxsiy erkinlikni beradi”. Bu so‘zlar zamiridagi xavfni anglash qiyin emas. Globallashuv sharoitida ijtimoiy muammolar, xususan oilada farzand tarbiyasidagi muammolar ham hozirgi kunda o‘z dolzarbligini butun bo‘y basti bilan namoyon qilmoqda. Hozirda jamiyatdagi ijtimoiy muammolarning tub mohiyatiga teran nazar solish ularning oiladagi farzand tarbiyasida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatmoqda. Ota-onalar tomonidan farzand tarbiyasiga yetarlicha e’tibor qaratilmayotganligi quyidagi o‘rinlarda namoyon bo‘lmoqda:
-yosh oilalarni mustaqil yashashga intilishlari natijasida o‘zbekona oilaviy qadriyatlarni keyingi yosh avlodga yetib bormayotganligi;
– ota-onalarda oilada farzand tarbiyasi haqida yetarli bilim, ko‘nikma va tajribalarning shakllanmaganligi;
– iqtisodiy muammolarni hal qilishni asosiy ustuvor vazifa deb belgilab olish va natijada farzand tarbiyasiga e’tibor qaratmaslik;
– farzand tarbiyasiga kam vaqt ajratish yoki tarbiyani asosan onalar va ta’lim-tarbiyachilar zimmasiga yuklash;
-maktabgacha bo‘lgan davrda bolalar ta’lim va tarbiyasiga yetarlicha e’tibor qaratmaslik;
– maktab davrida bolalar ta’limi va tarbiyasi bilan muntazam shug‘ullanmaslik, birga dars qilish va turli tarbiyaviy mavzularda suhbatlashishning kamligi;
– farzand tarbiyasining o‘z holiga tashlab qo‘yilishi, uning ichki dunyosiga kirib bormaslik, kelajak rejalari bilan qiziqmaslik va hayotga to‘g‘ri yo‘naltirmaslik;
– ota-onalarda turli yoshlarda oilada farzand tarbiyasiga doir rejalar, bilimlar va amaliy ko‘nikmalarning yetishmasligi.
Har bir oiladagi farzand tarbiyasi faqatgina shu oilaning muammosi bo‘libgina qolmay, balki butun jamiyatning muammosi sifatida qaralishi kerak. Qadimdan bekorga “Bitta bolaga yetti mahalla ota-ona” deb aytishmagan. Farzand tarbiyasi bilan ota-onalar, o‘qituvchi-pedagoglar, qo‘ni-qo‘shni, mahalla va butun jamiyat shug‘ullanmog‘i lozim bo‘lib qolmoqda.
Globallashuv “ommaviy madaniyat” deb ataladigan o‘zining ijtimoiy ta’sirini asosan internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targ‘ib qilib bormoqda. Bu holat yoshlarning ta’lim va tarbiyasiga juda katta ta’sir qilmoqda. Bunday holatlarda farzand tarbiyasiga e’tibor qaratilmasa, uni to‘g‘ri yo‘naltirilmasa bola tarbiyani oiladan emas, ko‘chadan, internetdan va boshqa manbalardan ola boshlaydi va bu juda yomon oqibatlarga olib kelishi hozirgi holatimizda oilada farzand tarbiyasi taqlidiy xarakterga ega bo‘lib, bolalar ota-onalariga har bir ishda taqlid qilishga harakat qilishadi. Shuning uchun ota-onalar farzand tarbiyasiga oid manbaalar bilan muntazam tanishib borishlari va ushbu usullarni o‘z oilasida tatbiq etib borishlari lozim.
Oilada farzand tarbiyasi haqida Imom G‘azzoliyning “Ihyou ulumud-din” kitobida bunday deyiladi: “Bola ota-ona qo‘lida bir omonatdir. Qalbi turli naqsh va rasmlardan pok, nima naqsh solinsa, qabul qiladi, nimaga moyil qilinsa, moyil bo‘laveradi. Agar yaxshilikka undalsa va o‘rgatilsa, uning ustida o‘saveradi, dunyo va oxiratda saodatli bo‘ladi, ota-onasi hamda odob, ta’limtarbiya berganlar barchasi savobga sherik bo‘lishadi. Agar yomonlikka undalsa va hayvon kabi bo‘sh qo‘yilsa, yomonlikka uchraydi, halok bo‘ladi va unga qarab turgan kishi zimmasiga gunohkorlik tushadi”.
Ota-onalar farzandlariga badan tarbiyasi, ruhiy tarbiya, aql va fikr tarbiyasi, axloqiy tarbiya, iroda tarbiyasi, so‘zlas huv tarbiyasi va mehnat tarbiyasi kabilarni muntazam ravishda o‘rgatib, tushuntirib, o‘rnak bo‘lib, tarbiyalab borishlari lozim. Yana ijtimoiy odoblarni o‘rgatib tushuntirib borishlari, salomlashish, so‘zlash, ovqatlanish, kiyinish, jamoat joyida o‘zini tutish, suhbatlashish, qo‘shnichilik va kasb-kor odoblari kabi odoblardan boxabar bo‘lib borishlari tadkirdorliklarini ko‘rib borishlari kerak bo‘ladi. Bitta daraxtni parvarishlab hosilga kirishini yillab kutilgani singari oilada farzand tarbiyasi ham muntazam va uzluksiz ravishda yillar davomida bajariladigan jarayondir.
Globallashuv jarayonida farzand tarbiyasida quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
– ota-onalar farzand tarbiyasi eng muhim jarayon ekanligini yaxshi anglashlari va bunga barvaqt kirishishlari lozim;
– ota-onalar farzand tarbiyasi eng sharafli ish ekanligi, farzandni kelajakda millatga, ota-onasiga va jamiyatga manfaat keltiradigan inson qilib tarbiyalash lozimligini yaxshi anglab yetishlari kerak;
– ota-onalar farzandlar o‘rtasida adolatli bo‘lishliklari ularda kelajakda hasad, ko‘rolmaslik, boshqalarga nisbatan dushmanlik hissi kabilarni paydo bo‘lmasligini bilishlari kerak;
– ota-onalar farzandlariga mehr-shafqatli bo‘lishlari va ularni suyub erkalashlari ularda ham mehr-muruvvat tuyg‘ularini hosil qiladi;
– farzandlar bilan hamisha ochiq chehra bilan muloyim muomalada bo‘lish, har bir ishda shaxsiy namuna bo‘lish lozim bo‘ladi;
– farzand tarbiyasida muqaddas dinimiz asoslari, milliy urf-odatlar, o‘zbekona mentalitet g‘oyalarini hisobga olish lozim;
– ota-ona farzandlari bilan muntazam birga bo‘lishga harakat qilishlari, yoshlar turli mashg‘ulotlarni birga o‘tkazishlari, hazil-mutoyiba qilib turishlari hamda nutqini o‘stirishga e’tibor qaratishlari lozim;
– farzandlarni qarg‘ash va kaltak vositasida tarbiyalashga harakat qilish ularni faqat oiladan bezdirishga xizmat qilishini anglab yetish lozim;
– bolalar sho‘xlik qilib, gapga quloq solmasa yoki biron ishni xato qilsa, boshqalar oldida uyaltirmay, xoli holda nasihat qilish, masalani yaxshi va yomon tomonlarini tushuntirish lozim;
– farzandlarda “bo‘sh vaqt” tushunchasi deyarli bo‘lmasligiga harakat qilish, doimo ularni biror ish, topshiriq, ilm olish yoki sport bilan shug‘ullanish bilan band qilish lozim;
– hazillashib ham yolg‘on gapirmaslik va doimo va’daga vafo qilishga o‘rgatib borish lozim;

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish