«Avesto»dagi uchlikning haqiqiy manbalariga yondashiladigan bo'1sa, ular qadimgi zamon kishilarining axloqiy tasavvurlariga batamom muvofiq bo’lib tushadi. Fikr, so’z va ishning birligi ibtidoiy insonning ham ajralmas xislati edi. Uning ong, axloq va boshqalar xususidagi tasawurlari o’zi mansub bo’lgan jamoa bilan uzviy bog’langan, Jamoaning fikri uning ham fikri, jamoaning so’zlari uning ham so’zlari, jamoaning ishlari uning ham ishlari bo’lgan. Ijtimoiy va shaxsiy manfaatlarning uyg’unligi-urug’chilik jamiyatining muhim belgisidir. Jamoaning har qanday topshirig’ini bajarish uning a'zolari uchun muqaddas qonun edi.
Xulosa qilib aytganda, «Avesto» asarida insonning barkamol bo’lib yetishishida uning so’zi, fikri hamda ishi ezgu bo’lishi va ezgulikning tantanasi uchun xizmat qilishiga katta e'tibor beriladi. Ushbu axloqiy uchlik g’oyasi eng qadimgi davrlardan boshlab kishilik jamiyati taraqqiyotining keyingi bosqichlarida yaratilgan barcha ma'rifiy asarlar mazmunining shakllanishiga asos bo’lgan. Zero, unda insonning inson sifatida ma'naviy va moddiy jihatdan kamol topishi uchun zarur bo’lgan muayyan talablar o’z ifodasini topib, hayot kodeksi sifatida nafaqat Sharq, balki G’arb xalqlarining ham muhim ma'naviy merosi bo’lib qoldi. Asarda ifoda etilayotgan masalalarning ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olganligi Zardusht g’oyalarining nazariy va amaliy ahamiyatini oshirib, uning qimmati bugungi kunda ham yuqori bolishiga olib kelgan.
Qadimgi turkiy xalqlar yodgorliklarida tarbiyaga doir fikrlar.
Turkiy xalqlarning yozma ma'rifiy yodgorliklari o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, jamiyat a’zolari, xususan yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Bular «Urxun-Enasoy yodgorliklari», «Irq bitigi» («Ta'birnoma») kabi manbalar bo’lib, ulardan yangi davr kishisini tarbiyalashda foydalanish muhim vazifalardan sanaladi. Eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan va turkiy-run yozuvida bitilgan Urxun-Enasoy bitiklarini «toshlarga bitilgan kitoblar» ham deb ataydilar. O’ziga xos xat (yozuv)da bitilgan bu bitiklar eramizning VII-VIII asrlarida yozib qoldirilgan. Toshlarga bitilgan mazkur yodgorliklar ta'lim-tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlarni beradi.
Bu yodnoma yoshlarni o’z elini sevish, do’st va ittifoq bo’lib yashash, vatan va xalq manfaati uchun kurashga tayyor turish ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. Turk xoqonlari Bilga xoqon hamda Kul tegin jasoratlari haqiqiy vatanparvarlik hamda jasoratning ibrat namunasi bo’lib hisoblanadi.
Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, Urxun-Enasoy yodgorliklari, garchi yo’nalish nuqtai nazaridan ta'lim-tarbiya masalalariga bag’ishlanmagan bo’lsa ham, ularda bayon etilgan fikrlar o’sha davrda amal qilingan axloqiy qoidalar va talablarning mohiyatidan birmuncha xabardor bo’lishga munosabatlar mohiyati asosan qushlar va hayvonlar obrazlari orqali ochiladi.
Xulosa qilib aytganda, o’zbek xalqi tomonidan eng qadimgi davrlardan eramizning IX asrigacha qaror topgan ma'rifiy qarashlari inson shaxsining shakllanishida, uning kamolotini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ularda turkiy xalqlarning inson xulq-odobi va uni tarbiyalashga oid dastlabki tasavvurlari ifodalangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |