III. JAMIYAT USTAV FONDINING MIQDORI, UNI KO‘PAYTIRISh
YOKI KAMAYTIRISH TARTIBI
3.1. Jamiyatning dastlabki ustav kapitalining miqdori 4 324 132 600 (to‘rt milliard uch yuz yigirma to‘rt million bir yuz o‘ttiz ikki ming olti yuz) so‘mni tashkil etib, har birining nominal qiymati 100 so‘mdan bo‘lgan 43 241 326 dona egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalardan iborat.
3.2. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) jamiyat mol mulkining jamiyat kreditorlari manfaatlarini kafolatlaydigan eng kam miqdorini belgilaydi.
3.3. Jamiyat 700 000 000 000 (etti yuz milliard) so‘m miqdorida 7 000 000 000 (etti milliard) dona nominal qiymati 100 (yuz) so‘m bo‘lgan qo‘shimcha e’lon qilingan egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalar chiqarishga haqli.
Do'stlaringiz bilan baham: |