Tasdiqlangan



Download 120.41 Kb.
Sana11.01.2017
Hajmi120.41 Kb.

O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligida
2016 yil “11” martda
“№190”-son raqam bilan


RO‘YXATGA OLINGAN

O‘zbekiston Respublikasi
Davlat Raqobat qo‘mitasining
2016 yil “5” martdagi
№01-k-PO- sonli buyrug‘i bilan


TASDIQLANGAN


«O’ZBEKOZIQOVQATXOLDING» XOLDING KOMPANIYASI

AKSIYADORLIK JAMIYATI USTAVI

(YANGI TAXRIRDA)
I. Umumiy qoidalar

  1. Ushbu Ustav O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Konuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-sonli «Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish choralari to‘g‘risida»gi Farmoni, 2016 yil 11 martdagi Korporativ boshqaruv kodeksi, Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 12 oktyabrdagi 398-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xoldinglar to‘g‘risida”gi nizom va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari asosida ishlab chiqilgan.

  2. “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati (keyingi o‘rinlarda - Jamiyat) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 18 fevraldagi PQ-2492-sonli “Respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2016 yil 5 martdagi 01K-Po-sonli buyrug‘i bilan tashkil etilgan.

Jamiyat “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi”ning huquqiy vorisi hisoblanadi.

  1. Jamiyat o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi,

«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Konuni 2016 yil 11 martdagi Korporativ boshqaruv kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq olib boradi.

  1. Jamiyatning to‘liq nomi:

o‘zbek tilida:

lotin yozuvida:

«O’zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati;

kirill yozuvida:

«Ўзбекозиқовқатхолдинг» холдинг компанияси акциядорлик жамияти;

rus tilida:

Акционерное общество холдинговая компания “Узбекозиковкатхолдинг”;

ingliz tilida:

«O’zbekoziqovqatxolding» holding joint-stock company.

Jamiyatning qisqartirilgan nomi:

o‘zbek tilida:

lotin yozuvida:

«O’zbekoziqovqatxolding» XK AJ;

kirill yozuvida:

«Ўзбекозиқовқатхолдинг» ХК АЖ;

rus tilida:

АО ХК “Узбекозиковкатхолдинг”;

ingliz tilida:

«O’zbekoziqovqatxolding» HJSC.


  1. Jamiyatning joylashgan yeri (pochta manzili):

Indeks: 100015, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi 73-a uy.

  1. Jamiyatning elektron pochta manzili: oziqovqatxolding@oziq-ovqat.uz.


II. JAMIYATNING FAOLIYAT SOHASI (ASOSIY YO‘NALISHLARI) VA MAQSADLARI


    1. Jamiyat tijorat tashkiloti bo‘lib, uning asosiy maqsadi moliya-ho‘jalik faoliyatidan foyda olishdir.Jamiyatning asosiy daromadlari divident, ho‘jalik faoliyati natijalari bo‘yicha daromadlardan va qonun bilan ta’qiqlanmagan boshqa daromadlar hisobidan tashkil topadi.

Jamiyat tarkibiga oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi xususiy korxonalar uyushgan a’zo maqomida kirishi mumkin.

Jamiya davlat ro‘yxatidan o‘tgan paytdan boshlab, yuridik shaxs maqomiga, o‘zining mustaqil balansiga, hisob raqamlariga, o‘z nomi yozilgan muhrga, burchak tamg‘asiga va boshqa rekvizitlarga ega bo‘ladi.



    1. Quyidagilar Jamiyat faoliyatining asosiy vazifa va yo‘nalishlari hisoblanadi:

meva-sabzavot va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlarini

marketing jihatdan tadqiq etish va bu asosda sohani kelgusida rivojlantirishning o‘rta va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish;

yuqori sifatli, ichki va tashqi bozorda talabgor bo‘lgan yuqori qo‘shimcha qiymatli oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida soha korxonalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga mo‘ljallangan zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishni tashkil etish;

qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar, qayta ishlovchi korxonalar, tayyorlov va savdo tashkilotlari o‘rtasida bozor munosabatlari asosida tayyorlash, saqlash, chuqur qayta ishlash va savdoni o‘z ichiga olgan hamda qishloq xo‘jaligining oziq-ovqat xom ashyosini sotuvga qaratilgan zamonaviy logistikani keng joriy etish;

ilg‘or xorijiy texnologiyalar va dizayndan foydalangan holda zamonaviy qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish;

go‘sht, sut, meva-sabzavot va boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga yuqori samarali inovatsiya texnologiyalarini joriy etish va bu maqsadlarda, strategik xorijiy investorlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini jalb etish;

qayta ishlangan meva-sabzavot va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari eksportini tashkil etish, ishlab chiqariladigan mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish tadbirlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarishga oziq-ovqat mahsulotlari sifatini baholashning xalqaro zamonaviy tizimlarini joriy etish;

soha korxonalariga ishlab chiqariladigan mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish ishini tashkil etishda ko‘maklashish, korxonalarga axborot xizmatlari ko‘rsatish, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.



    1. Jamiyat yuqorida ko‘rsatilgan faoliyat turlaridan tashqari tadbirkorlik faoliyatining qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa turlari bilan shug‘ullanishi mumkin.

    2. Maxsus ruxsatnoma (litsenziya) talab qilinadigan faoliyat turlari tegishli ruxsatnoma (litsenziya) olingandan so‘ng amalga oshiriladi.

    3. Jamiyatning tashqi iqtisodiy faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


III. JAMIYAT USTAV FONDINING MIQDORI, UNI KO‘PAYTIRISh

YOKI KAMAYTIRISH TARTIBI

3.1. Jamiyatning dastlabki ustav kapitalining miqdori 4 324 132 600 (to‘rt milliard uch yuz yigirma to‘rt million bir yuz o‘ttiz ikki ming olti yuz) so‘mni tashkil etib, har birining nominal qiymati 100 so‘mdan bo‘lgan 43 241 326 dona egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalardan iborat.

3.2. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) jamiyat mol mulkining jamiyat kreditorlari manfaatlarini kafolatlaydigan eng kam miqdorini belgilaydi.

3.3. Jamiyat 700 000 000 000 (etti yuz milliard) so‘m miqdorida 7 000 000 000 (etti milliard) dona nominal qiymati 100 (yuz) so‘m bo‘lgan qo‘shimcha e’lon qilingan egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalar chiqarishga haqli.



a) jamiyat ustav fondini ko‘paytirish

3.4. Jamiyatning ustav fondi aksiyalar nominal qiymatini oshirish yoki qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan ko‘paytirilishi mumkin.

3.5. Qo‘shimcha aksiyalar e’lon qilingan Jamiyat Ustavida belgilangan aksiyalarning soni doirasidagina joylashtirilishi mumkin.

Jamiyatning ustav fondini qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan ko‘paytirish va Jamiyat Ustaviga tegishli o‘zgartirishlarni kiritish haqidagi qaror Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi.

Jamiyat ustav fondini qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan ko‘paytirish to‘g‘risidagi qarorda joylashtiriladigan qo‘shimcha aksiyalarning umumiy qiymati, soni, turi, nominal qiymati, joylashtirish tartibi, usuli, muddati, joylashtirish (aksiyalarning birja va uyushgan birjadan tashqari bozoriga chiqarish) narxi, aksiyalar uchun to‘lov tartibi, amalga oshmagan deb topish ulushi va amalga oshmagan deb topilgan taqdirda aksiyalar uchun qabul qilingan to‘lov vositalarini qaytarish tartibi belgilanadi.

3.6. Jamiyat ustav fondini qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan ko‘paytirish jalb qilingan investitsiyalar, Jamiyatning o‘z kapitali va hisoblangan dividentlar hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.



b) Jamiyatning ustav fondini kamaytirish

3.7. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) aksiyalarning nominal qiymatini

kamaytirish yoki aksiyalarning umumiy sonini qisqartirish yo‘li mumkin.

3.8. Agar ustav fondini kamaytirish natijasida uning miqdori qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdoridan kamayib ketsa, Jamiyat ustav fondini kamaytirishga haqli emas.

3.9. Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinagan vaqtda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish sabablarini ko‘rsatadi va uni kamaytirish tartibini belgilaydi.
IV. KOMPANIYA AKSIYALARINING TURLARI, NOMINAL QIYMATI JAMIYANING BOSHQA QIMMATLI QOG‘OZLARI

4.1. Kompaniyaning aksiyalari - egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar bo‘lib, ular turiga ko‘ra oddiy aksiyalardir.

4.2. Aksiyalar mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida qaysi yuridik yoki jismoniy shaxsga tegishli bo‘lsa, o‘sha yuridik yoxud jismoniy shaxs aksiyaning egasi — Jamiyat aksiyadori deb e’tirof etiladi.

4.3. Oddiy aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlar qonunchilik va ushbu Ustavga muvofiq Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida mazur yig‘ilish vakolatiga kiradigan barcha masalalar bo‘yicha ovoz berish huquqi bilan ishtirok etishi mumkin, shuningdek, dividentlar olish, Jamiyat tugatilgan taqdirda esa, o‘zlariga tegishli ulushga muvofiq Jamiyat mol-mulkining bir qismini olish huquqiga ega.

4.4. Jamiyat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan korporativ obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarishga hamda joylashtirishga haqli.

4.5. Jamiyat mol-mulk bilan ta’minlangan korporativ obligatsiyalarni ularni chiqarish to‘g‘risidv qaror qabul qilish sanasidagi o‘z kapitali miqdorida chiqarishga haqli.

4.6. Jamiyatning korporativ obligatsiyalari Jamiyat aksiyalariga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlar bo‘lishi mumkin.

4.7. Jamiyat tomonidan korporativ obligatsiyalarni chiqarish, shu jumladan aksiyalarga ayirboshlanadigan korporativ obligatsiyalarni chiqarish aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

4.8. Aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli Jamiyat tomonidan joylashtirilgan taqdirda e’lon qilingan aksiyalarning soni ushbu qimmatli qog‘ozlarning muomalada bo‘lishi muddati mobaynida ayirboshlash uchun zarur miqdordan kam bo‘lmasligi lozim.

4.9. Jamiyat o‘zi joylashtirgan qimmatli qog‘ozlar ayirboshlanishi mumkin bo‘lgan aksiyalar beradigan huquqlarni cheklash haqida ushbu qimmatli qog‘ozlar egalarining roziligisiz qaror qabul qilishga haqli emas.


V. JAMIYAT AKSIYALARINI JOYLASHTIRISH TARTIBI

VA SHARTLARI

5.1. Jamiyat aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarni ochiq va yopiq obuna vositasida joylashtirishga haqli.

Aksiyalarning ochiq obunasi faqat qimmatli qog‘ozlarning birja bozorida va uyushgan birjadan tashqarisida o‘tkaziladi.

5.2. Jamiyat tomonidan Jamiyatning qo‘shimcha aksiyalarini va boshqa emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish muddati ularning chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran bir yildan oshmasligi kerak. Jamiyatning qo‘shimcha aksiyalarga ushbu aksiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan joylashtirish muddati ichida haq to‘lanishi lozim.

5.3. Jamiyatning aksiyalarini va boshqa qimmatli joylashtirish chog‘ida ularga haq to‘lash pul va boshqa to‘lov vositalari, mol-mulk, shuningdek pulda ifodalanadigan bahoga ega bo‘lgan huquqlar (shu jumladan, mulkiy huquqlar) orqali amalga oshiriladi. Qo‘shimcha aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarga haq to‘lash tartibi ularni chiqarish to‘g‘risidagi qarorda belgilab qo‘yiladi.

5.4. Aksiyalarni joylashtirish, shu jumladan, aksiyadorlar o‘rtasida joylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilishda aksiyalarni joylashtirish (qimmatli qog‘ozlarning birja bozoriga va uyushgan birjadan tashqari bozoriga chiqarish) narxi Jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi tomonidan qimmatli qog‘ozlar savdosi tashkilotchilarining savdo maydonchalarida vujudga kelayotgan narxlar kon’yunkturasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Jamiyatning qo‘shimcha aksiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish chog‘ida ularga haq to‘lash ularni chiqarish to‘g‘risidagi qarorda belgilanganidan kam bo‘lmagan narx bo‘yicha amalga oshiriladi.

Jamiyatning ustav fondi ko‘paytirilayotganda jamiyatning qo‘shimcha aksiyalariga uning o‘z kapitali hisobidan, shuningdek haqini qo‘shimcha aksiyalar bilan to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilingan dividendlar hisobidan haq to‘langan taqdirda, bunday aksiyalarni joylashtirish Jamiyat aksiyalarining nominal qiymati bo‘yicha amalga oshiriladi.


VI. DIVIDYENTLARNI TO‘LASH TARTIBI

6.1. Divident Jamiyat sof foydasining aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanadigan qismidir.

Jamiyat aksiyalarning har bir turi bo‘yicha e’lon qilingan dividendlarni to‘lashi shart.

Dividend aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra pul mablag‘lari yoki boshqa qonuniy to‘lov vositalari yoxud jamiyatning qimmatli qog‘ozlari bilan to‘lanishi mumkin.

Jamiyatning imtiyozli aksiyalari bo‘yicha dividendlarni qimmatli qog‘ozlar bilan to‘lashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Dividend aksiyadorlar o‘rtasida ularga tegishli aksiyalarning soni va turiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.

6.2. Jamiyat aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi, to‘qqiz oyi natijalariga ko‘ra va (yoki) moliyaviy yil natijalariga ko‘ra, joylashtirilgan aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.

Jamiyatning moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi va to‘qqiz oyi natijalariga ko‘ra dividendlar to‘lash to‘g‘risidagi qarori tegishli davr tugagandan keyin uch oy ichida qabul qilinishi mumkin.

6.3. Aksiyalarning har bir turi bo‘yicha dividendlar to‘lash, dividendning miqdori, uni to‘lash shakli va tartibi to‘g‘risidagi qaror Jamiyat Kuzatuv kengashining tavsiyasi, moliyaviy hisobotning ishonchliligi haqida auditorlik xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda, moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. Dividendlarning miqdori Jamiyat Kuzatuv kengashi tomonidan tavsiya etilgan miqdordan ko‘p bo‘lishi mumkin emas. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi aksiyalarning muayyan turlari bo‘yicha dividendlar to‘lamaslik to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli. Dividendlar to‘lash to‘g‘risidagi qarorda dividendlar to‘lash boshlanadigan va tugallanadigan sanalar ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

6.4. Dividendlar jamiyatning jamiyat tasarrufida qoladigan sof foydasidan va (yoki) o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasidan to‘lanadi.

Dividendlar to‘lash muddati va tartibi Jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi qarorida belgilanadi. Dividendlarni to‘lash muddati shunday qaror qabul qilingan kundan e’tiboran oltmish kundan kech bo‘lmasligi lozim.

6.5. Egasi yoki egasining qonuniy huquqiy vorisi yoxud merosxo‘ri tomonidan uch yil ichida talab qilib olinmagan dividend aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra Jamiyat ixtiyorida qoladi.

6.6. Aksiyadorlarga dividendlarni to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilingan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun shakllantirilgan Jamiyat aksiyadorlarining reyestrida qayd etilgan shaxslar aksiyalar bo‘yicha dividend olish huquqiga ega.

6.7. Jamiyat:

ustav fondining hammasi u ta’sis etilishi chog‘ida to‘liq to‘lab bo‘linguniga qadar;

agar dividendlar to‘lanadigan paytda Jamiyatda bankrotlik belgilari mavjud bo‘lsa yoki Jamiyatda shunday belgilar dividendlarni to‘lash natijasida paydo bo‘lsa;

agar Jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondi va zaxira fondi summasidan kam bo‘lsa, aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilishga hamda dividendlar to‘lashga haqli emas.

Ushbu bandda ko‘rsatilgan holatlar tugatilgach, Jamiyat hisoblangan dividendlarni aksiyadorlarga to‘lashi shart.

6.8. Jamiyat dividendlarning miqdorini ulardan undiriladigan soliqlarni inobatga olmagan holda e’lon qiladi. Jamiyat to‘lanadigan dividendlar miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining va Jamiyatning rasmiy veb-saytlarida qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda e’lon qiladi.

VII. JAMIYATNING ZAXIRA FONDI VA BOSHQA FONDLARNI
TASHKIL ETISH TARTIBI

7.1. Jamiyatda sof foyda hisobidan o‘n besh foizi miqdorda zaxira fondi tashkil etiladi. Jamiyatning zaxira fondi ushbu ustavida belgilangan miqdorga yetguniga qadar sof foydaning 5 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda har yilgi majburiy ajratmalar orqali shakllantiriladi.

Boshqa mablag‘lar mavjud bo‘lmagan taqdirda, Jamiyatning zaxira fondi Jamiyatning zararlari o‘rnini qoplash, jamiyatning korporativ obligatsiyalarini muomaladan chiqarish, imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash va jamiyatning aksiyalarini qaytarib sotib olish uchun mo‘ljallanadi.

7.2. Jamiyatning zaxira fondidan boshqa maqsadlar uchun foydalanish mumkin emas.

7.3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 18 fevraldagi PQ-2492-son qaroriga asosan, Jamiyat tarkibida “Oziq-ovqat sanoatini korxonalarini rivojlantirish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash jamg‘armasi” tashkil etiladi.

Jamg‘arma daromadlarini shakllantirish manbalari etib, quyidagilar belgilanadi:

Jamiyat tarkibiga kiruvchi korxonalarning davlat ulushlari bo‘yicha hisoblanadigan dividentlarning 50 foizi;

Jamiyat tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar sof foydasining 0,5 foizi miqdoridagi ajratmalar;

Qonun xujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tarmoqda yangi korxonalar tashkil etish, amaldagi korxonalarni modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish, shuningdek xalqaro moliya institutlaridan hukumatlararo bitimlarga muvofiq Hukumatning kafolati bilan olingan kreditlarga xizmat ko‘rsatishga yo‘naltiriladi.

7.4. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq Jamiyatda boshqa fondlar tashkil etilishi mumkin.
VIII. JAMIYAT BOSHQARUVINING TUZILMASI

8.1. Jamiyatni boshqarish organlari quyidagilardan iborat:

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi (Yagona aksiyador);

Kuzatuv Kengashi;

Kollegial Ijroiya organi-Boshqaruv.
IX. JAMIYAT AKSIYADORLARINING UMUMIY YIG‘ILISHI

9.1. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi Jamiyatning yuqori boshqaruv organidir.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini Jamiyat kuzatuv kengashining raisi, u uzrli sabablarga ko‘ra bo‘lmagan taqdirda esa, Jamiyat kuzatuv kengashining a’zolaridan biri olib boradi.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini chaqirish va o‘tkazish tartibi, shuningdek Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini olib borish tartibi bo‘yicha Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan qaror qabul qilish tartibi Jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan “Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida”gi nizomda belgilanadi.

9.2. Jamiyat har yili aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini (aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini) o‘tkazishi shart.

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi moliya yili tugaganidan keyin olti oydan kechiktirmay o‘tkaziladi. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida jamiyatning Kuzatuv kengashini va taftish komissiyasini (taftishchisini) saylash to‘g‘risidagi, masalalar hal etiladi, shuningdek Jamiyatning yillik hisoboti, jamiyat ijroiya organi va kuzatuv kengashining jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlari va boshqa hujjatlari ko‘rib chiqiladi.

9.3. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishidan tashqari o‘tkaziladigan umumiy yig‘ilishlari navbatdan tashqari yig‘ilishlar hisoblanadi.

9.4. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolat doirasiga quyidagilar kiradi:

Jamiyat ustaviga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash;

jamiyatni qayta tashkil etish;

jamiyatni tugatish, tugatuvchini (tugatish komissiyasini) tayinlash hamda oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash;

jamiyat kuzatuv kengashining son tarkibini belgilash, ularning a’zolarini saylash va a’zolarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;

e’lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash;

jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish;

jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish;

o‘z aksiyalarini olish;

jamiyatning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash;

jamiyat taftish komissiyasining a’zolarini saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, shuningdek taftish komissiyasi (taftishchi) to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash;

jamiyatning yillik hisobotini va yillik biznes-rejasini, shuningdek jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va maqsadidan kelib chiqqan holda jamiyatni o‘rta muddatga va uzoq muddatga rivojlantirishning aniq muddatlari belgilangan strategiyasini tasdiqlash;

jamiyatning foydasi va zararlarini taqsimlash;

jamiyat kuzatuv kengashining va taftish komissiyasining (taftishchisining) o‘z vakolat doirasiga kiradigan masalalar yuzasidan, shu jumladan, jamiyatni boshqarishga doir qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan jamiyat kuzatuv kengashining hisobotlarini va taftish komissiyasining (taftishchisining) xulosalarini eshitish;

jamiyat Kuzatuv kengashi a’zolariga haq (mukofot va kompensatsiya) miqdorini belgilash;

jamiyat taftish komissiyasi a’zolariga mukofot va kompensatsiya miqdorini belgilash;

aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollarda sotib olishda aksiyadorlarning imtiyozli huquqini qo‘llamaslik to‘g‘risida qaror qabul qilish;

aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash;

aksiyalarni maydalash va yiriklashtirish;

Jamiyatning boshqaruv raisi va a’zolariga to‘lanadigan haq va (yoki) kompensatsiyalarni, shuningdek ularning eng ko‘p miqdorini belgilash;

qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollarda yirik bitimlar tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish;

qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollarda Jamiyatning afillangan shaxsi bilan tuziladigan bitimlar bo‘yicha qaror qabul qilish;

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qonun hujjatlariga, ushbu Ustav va Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan “Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq boshqa masalalarni hal etishi mumkin.

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalarni hal etish.

9.5. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar jamiyatning ijroiya organi hal qilishi uchun berilishi mumkin emas.

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar Jamiyat Boshqaruvi doirasiga kiritilgan masalalar Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar Jamiyatning Kuzatuv kengashi hal qilishi uchun berilishi mumkin emas, qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasno.

9.6. Jamiyat korporativ boshqaruv kodeksiga rioya etish majburiyatini olish to‘g‘risida qaror qabul qilish va xabarni oshkor qilish shaklini tasdiqlash.



X. JAMIYAT KUZATUV KYENGASHI

10.1. Jamiyatning Kuzatuv kengashi Jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ushbu Qonun va jamiyat ustavi bilan aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalarni hal etish bundan mustasno.

Jamiyat Kuzatuv kengashi qonun hujjatlariga, ushbu Ustav va Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan “Kuzatuv kengashi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq ish yuritadi.

10.2. Jamiyat Kuzatuv kengashi a’zolarining soni 5 (besh) kishidan iborat.

10.3. Jamiyat Kuzatuv kengashining vakolatlariga quyidagilar kiradi:

jamiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;

aksiyadorlarning yillik va navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishlarini chaqirish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;

aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining kun tartibini tayyorlash;

aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana, vaqt va joyni belgilash;

aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish sanasini belgilash;

aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun Jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish sanasini belgilash;

mol-mulkning bozor qiymatini belgilashni tashkil etish;

ichki audit xizmatini tashkil etish va uning xodimlarini tayinlash, shuningdek har chorakda uning hisobotlarini eshitib borish;

jamiyat ijroiya organini tuzish, boshqaruv raisini va uning a’zolarini saylash, ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;

jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash;

korporativ maslahatchini tayinlash va uning faoliyati tartibini belgilovchi nizomni tasdiqlash;

ichki audit xizmatini tashkil etish va uning xodimlarini tayinlash, shuningdek har chorakda uning hisobotlarini eshitib borish;

auditorlik tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risida, auditorlik tashkilotini va uning xizmatlariga to‘lanadigan haqning eng ko‘p miqdorini belgilash haqida qaror qabul qilish;

jamiyat boshqaruvining faoliyatiga daxldor har qanday hujjatlardan erkin foydalanish va jamiyat kuzatuv kengashi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun bu hujjatlarni Boshqaruvdan olish. Jamiyat kuzatuv kengashi va uning a’zolari olingan hujjatlardan faqat xizmat maqsadlarida foydalanishi mumkin;

jamiyatning taftish komissiyasi a’zolariga (taftishchisiga) to‘lanadigan haq va kompensatsiyalarning miqdorlari yuzasidan tavsiyalar berish;

dividend miqdori, uni to‘lash shakli va tartibi yuzasidan tavsiyalar berish;

jamiyatning zaxira fondidan va boshqa fondlaridan foydalanish;

jamiyatning filiallarini tashkil etish va vakolatxonalarini ochish;

jamiyatning sho‘‘ba va tobe xo‘jalik jamiyatlarini tashkil etish;

yirik bitimlar tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish;

afillangan shaxslar ishtirokida bitimlar tuzish to‘g‘risida qaror qbul qilish;

jamiyatning tijorat va notijorat tashkilotlardagi ishtiroki bilan bog‘liq bitimlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzish;

qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi to‘g‘risida qaror va emissiya risolasini tasdiqlash;

qimmatli qog‘ozlarning hosilalarini, obligatsiyalarini chiqarish va obligatsiyalarni xarid qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish;

avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlariga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilish, o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish matnini tasdiqlash;

Jamiyat Kuzatuv kengashining vakolat doirasiga qonun xujjatlariga, ushbu Ustavga va Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan “Kuzatuv kengashi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq boshqa masalalarni hal etish ham kiritilishi mumkin.

Jamiyat Kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar hal qilish uchun jamiyatning ijroiya organiga o‘tkazilishi mumkin emas.

10.4. Jamiyat kuzatuv kengashining a’zolari qonun hujjatlarida va jamiyat ustavida nazarda tutilgan tartibda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan bir yil muddatga saylanadi.

Jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga saylangan shaxslar cheklanmagan tarzda qayta saylanishi mumkin.

Jamiyat boshqaruvi a’zolari va Boshqaruv raisi jamiyatning kuzatuv kengashiga saylanishi mumkin emas.

Jamiyatda mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishlayotgan shaxslar jamiyatning Kuzatuv kengashi a’zosi bo‘lishi mumkin emas.

Jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga saylanadigan shaxslarga nisbatan qo‘yiladigan Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan “Kuzatuv kengashi to‘g‘risida”gi nizomda belgilab qo‘yiladi.

10.5. Jamiyatning kuzatuv kengashi a’zolari saylovi kumulyativ ovoz berish orqali amalga oshiriladi.

10.6. Jamiyat Kuzatuv kengashining raisi Kuzatuv kengashi a’zolarining umumiy soniga nisbatan ko‘pchilik ovoz bilan, ushbu kengash tarkibidan Kuzatuv kengashi a’zolari tomonidan saylanadi.

Jamiyatning Kuzatuv kengashi o‘z raisini Kuzatuv kengashi a’zolarining umumiy soniga nisbatan ko‘pchilik ovoz bilan qayta saylashga haqli.

Jamiyat Kuzatuv kengashining raisi uning ishini tashkil etadi, Kuzatuv kengashi majlislarini chaqiradi va ularda raislik qiladi, majlislarda bayonnoma yuritilishini tashkil etadi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida raislik qiladi.

Jamiyat Kuzatuv kengashining raisi bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini Kuzatuv kengashining a’zolaridan biri amalga oshiradi.

10.7. Jamiyat Kuzatuv kengashining majlisi Kuzatuv kengashining raisi tomonidan uning o‘z tashabbusiga ko‘ra, jamiyat Kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi (taftishchisining), Boshqaruv a’zosining talabiga ko‘ra chaqiriladi.

Jamiyat Kuzatuv kengashining majlisini o‘tkazish uchun jamiyat Kuzatuv kengashiga saylangan a’zolarning yetmish besh foizidan kam bo‘lmasligi kerak.

Jamiyat Kuzatuv kengashi a’zolarining soni jamiyat ustavida nazarda tutilgan miqdorning yetmish besh foizidan kam bo‘lgan taqdirda, jamiyat Kuzatuv kengashining yangi tarkibini saylash uchun aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirishi shart. Kuzatuv kengashining qolgan a’zolari aksiyadorlarning bunday navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga, shuningdek jamiyat boshqaruv raisining vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, uning vazifasini vaqtincha bajaruvchini tayinlashga haqlidir.

10.8. Jamiyat Kuzatuv kengashining majlisida qarorlar, agar Kuzatuv kengashining majlisini chaqirish va o‘tkazish tartibini belgilovchi qonun hujjatlarida, jamiyat ustavida o‘zgacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, majlisda hozir bo‘lganlarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

10.9. Jamiyat Kuzatuv kengashining majlisida masalalar hal etilayotganda Kuzatuv kengashining har bir a’zosi bitta ovozga ega bo‘ladi.

Jamiyat Kuzatuv kengashining bir a’zosi o‘z ovozini Kuzatuv kengashining boshqa a’zosiga berishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Jamiyat Kuzatuv kengashi a’zolarining ovozlari teng bo‘lgan taqdirda Kuzatuv kengashi tomonidan qaror qabul qilishda jamiyat Kuzatuv kengashi raisining hal qiluvchi ovoz huquqiga ega.

10.10. Jamiyat Kuzatuv kengashining qarorlari sirtdan ovoz berish yo‘li bilan (so‘rov yo‘li bilan) jamiyat Kuzatuv kengashining barcha a’zolari tomonidan bir ovozdan qabul qilinishi mumkin.

10.11.Jamiyat kuzatuv kengashining majlisida bayonnoma yuritiladi. Kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi majlis o‘tkazilganidan so‘ng o‘n kundan kechiktirmay tuziladi. Majlis bayonnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi:

majlis o‘tkazilgan sana, vaqt va joy;

majlisda hozir bo‘lgan shaxslar;

majlisning kun tartibi;

ovoz berishga qo‘yilgan masalalar, ular yuzasidan o‘tkazilgan ovoz berish yakunlari;

qabul qilingan qarorlar.

Jamiyat Kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi majlisda ishtirok etayotgan jamiyat Kuzatuv kengashi a’zolari tomonidan imzolanadi, ular majlis bayonnomasi to‘g‘ri rasmiylashtirilishi uchun javobgar bo‘ladi.

10.12. Jamiyat Kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi imzolangan kuni Jamiyatning ijroiya organiga ijro etish uchun topshiriladi. Kuzatuv kengashi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan taqdirda mazkur qaror haqidagi axborot jamiyatning ijroiya organiga kuzatuv kengashining majlisi o‘tkaziladigan kuni topshiriladi.


XI. JAMIYATNING IJROIYA ORGANI

11.1. Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilish vakolati jamiyatning kollegial ijroiya organi-Boshqaruv tomonidan amalga oshiriladi.

Jamiyat boshqaruvi tarkibiga boshqruv raisi, boshqaruv raisining o‘rinbosarlari, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi ijro organi mas’ul xodimlari kiradi.

Jamiyat boshqaruvi a’zolarining soni 7 (etti) kishidan iborat.

Jamiyat boshqaruvi qonun hujjatlari, ushbu Ustav va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan “Ijroiya organi to‘g‘risida”gi nizom asosida ish yuritadi.

11.2. Jamiyat boshqaruv raisi va uning o‘rinbosarlari Kuzatuv kengashi tomonidan saylanadi va lavozimga O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Maxkamasi tomonidan tayinlanadi.

Jamiyatning boshqaruv raisini saylash xorijiy menejerlar ham ishtirok etishi mumkin bo‘lgan tanlov asosida Kuzatuv kengashi tomonidan saylanishi mumkin.

11.3. Jamiyat Boshqaruvining vakolatlariga jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilishga doir barcha masalalar kiradi, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining yoki jamiyat Kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar bundan mustasno.

Jamiyat Boshqaruvi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining va jamiyat Kuzatuv kengashining qarorlari bajarilishini tashkil etadi.

11.4. Jamiyat Boshqaruvining majburiyatlari va vakolatlariga quyidagilar kiradi:

Jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishalari loyihasini ishlab chiqish;

Jamiyatni faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

Jamiyatning biznes-rejalarini ishlab chiqish;

Kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;

Jamiyat Ustaviga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

Jamiyat ichki hujjatlarini ishlab chiqish;

Homiylik to‘g‘risida qaror qabul qilish. Jamiyatning homiylik va boshqa beg‘araz yordamlar uchun yillik xarajatlari miqdori o‘tgan yil davomida olingan sof foydaning 10 foizidan oshmasligi lozim hamda jamiyatning oldingi hisobot yili uchun biznes-rejaning sof foyda ko‘rsatkichi bajarilgan taqdirda homiylik amalga oshiriladi. Homiylik haqida ijroiya organi va homiylik oluvchi o‘rtasida shartnoma rasmiylashtirilishi lozim.

Jamiyatning Boshqaruvi qonunchilik, ushbu ustav va “Ijroiya organi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq boshqa xuquq va vakolatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

11.5. Boshqaruv a’zolari quyidagilarga haqli:

Jamiyat boshqaruv yig‘ilishlarida shaxsan ishtirok etish, yig‘ilishda muhokama etilayotgan xar qanday masala muhokamasi bo‘yicha so‘zga chiqish;

Zimmasiga yuklatilgan masalalarni bajarish uchun jamiyat faoliyatiga taalluqli hujjatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lish;

Jamiyat faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;

Jamiyat faoliyatining yetakchi yo‘nalishlarini aniqlash buyicha takliflar kiritish;

Jamiyat Ustaviga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish va jamiyatning ichki hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar kiritish;

Boshqaruv a’zolari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

11.6. Boshqaruv a’zolarining majburiyatlari:

Jamiyat manfaatini ko‘zlab ish tutish;

O‘z majburiyatlarini u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq tegishli tarzda bajarish;

har oyda Boshqaruv yig‘ilishlarida o‘zlariga yuklatilgan topshiriqlar holati bo‘yicha axborotlar tayyorlash;

Jamiyat faoliyati to‘g‘risidagi maxfiy axborotni oshkora qilmaslik;

Jamiyat tijorat sirini tashkil etuvchi axborotning saqlanishini ta’minlash;

Jamiyat faoliyatida qonun hujjatlari, ushbu Ustav «Ijroiya organi to‘g‘risida»gi Nizom va jamiyatning boshqa ichki hujjatlari talablariga rioya etish;

Boshqaruv a’zolari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin;

11.7. Jamiyat Boshqaruv raisi Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydi va davlat muassasalarida, mulkchilikning turli shakldagi korxona va tashkilotlarda Jamiyat huquqlarini himoya qiladi.

Jamiyat Boshqaru raisi vakolatlariga quyidagilar kiradi:

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi va Jamiyat Kuzatuv kengashi qarorlarining ijro etilishini tashkil etadi;

Jamiyat Kuzatuv kengashining roziligiga ko‘ra uning ishida maslahat ovozi bilan ishtirok etadi;

Jamiyat Kuzatuv kengashiga ko‘rib chiqish uchun Jamiyat vakolat doirasiga kiradigan masalalar yuzasidan qonun hujjatlari va boshqa me’yoriy hujjatlar loyihalarini o‘rnatilgan tartibda kiritadi;

Jamiyatning moliyag‘xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi hujjatlarniJamiyatning Kuzatuv kengashi, Taftish komissiyasi yoki Jamiyat auditori talabiga ko‘ra taqdim etilishini ta’minlaydi;

Aksiyadorlarning amaldagi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan axborot olish, Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ishtirok etish, dividentlar to‘lovi bo‘yicha barcha huquqlarga amal qilinishini ta’minlaydi;

Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Jamiyat faoliyati to‘g‘risidagi axborotni tegishli tarzda oshkora qilishni tashkil etadi;

Jamiyat molg‘mulki va pul mablag‘larini qonun hujjatlarida va Jamiyat ichki me’yoriy hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tasarruf etadi;

Jamiyat nomidan shartnomalar, kontraktlar va boshqa bitimlar tuzadi;

Jamiyat nomidan ishonchnomalar beradi;

O‘zbekiston Respublikasi banklarida hisob raqami va boshqa hisoblarni ochadi, Jamiyatning hisob-kitob hujjatlari va hisobotlarini imzolaydi;

Jamiyatda buxgalteriya hisobining tashkil etilishi, holati va ishonchliligi, tegishli organlarga har yilgi hisobot va boshqa moliyaviy hisobotlar, shuningdek Jamiyatning rasmity veb-saytida va ommaviy axborot vositalarida aksiyadorlarga, kreditorlarga jamiyat to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlaydi;

Davlat statistika va buxgalteriya hisobotini tegishli organlarga o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlaydi;

Shtatlarni tasdiqlaydi, ularni malakali kadrlar bilan to‘liqligini ta’minlaydi;

Xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va ularni bekor qiladi;

Rais o‘rinbosarlari va xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, Jamiyat faoliyatiga oid masalalarni hal qilishda ularning vakolatlarini belgilaydi;

Jamiyatning barcha mansabdor shaxslari va xodimlari bajarishi shart bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar, ko‘rsatmalar chiqaradi, shuningdek o‘z vakolati doirasida yo‘riqnomalar va boshqa ichki hujjatlari tasdiqlaydi;

Jamiyat boshqarmalari va tarkibiy bo‘linmalari nizomlarini tasdiqlaydi;

Jamiyat xodimlariga nisbatan qonunda belgilangan tartibda intizomiy choralar qo‘llaydi;

Xodimlarni mukofotlash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi, lavozim ish haqlari, ularga ustamalarni, turli qo‘shimcha to‘lovlarni belgilaydi, Jamiyat xodimlarini rag‘batlantiradi, xodimlarni ijtimoiy himoyalash maqsadida kompensatsiya to‘lovlarini o‘rnatadi;

qonun hujjatlari, ushbu Ustav «Ijroiya organi to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq boshqaruv vakolatlariga kiruvchi boshqa masalalarni hal etadi;

11.8. Boshqaruv raisi quyidagilarga haqli:

O‘z vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha mustaqil ravishda qarorlar qabul qiladi;

Jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, boshqa tashkilot va organlar bilan o‘zaro munosabatlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;

Jamiyat Kuzatuv kengashining roziligiga ko‘ra uning ishida maslahat ovozi bilan ishtirok etadi;

Jamiyat Kuzatuv kengashining roziligiga ko‘ra boshqa tashkilotlarning boshqaruv organlarida lavozimga ega bo‘lishi mumkin;

Boshqaruv raisi boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

11.9. Boshqaruv raisining majburiyatlari:

Jamiyat manfaatlarini ko‘zlab ish tutadi;

O‘z majburiyatlarini u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq tegishli tarzda bajarish;

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi va Jamiyat Kuzatuv kengashi qarorlarining bajarilishi nazorat qili;

Jamiyatning yillik bizneg‘reja ko‘rsatkichlarining bajarilishi ta’minlash;

Jamiyat Kuzatuv kengashi va Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi oldida hisobot berish;

Aksiyadorlarning amaldagi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan axborotlarni olish, Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishilarida ishtirok etish, dividentlar hisoblash va to‘lash bo‘yicha barcha huquqlariga rioya etilishini nazorat qilish;

Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Jamiyat faoliyati to‘g‘risidagi axborotni tegishli tarzda oshkora etilishini nazorat qilish;

Jamiyatning moliyag‘xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi hujjatlarniJamiyatning Kuzatuv kengashi, Taftish komissiyasi yoki Jamiyat auditori talabiga ko‘ra taqdim etilishini ta’minlaydi;

Boshqaruv yig‘ilishlarini o‘tkazishni tashkil etadi;

Jamiyat tarkibiy tuzilmalarining samarali hamkorlik yuritishini ta’minlash;

Jamiyatda buxgalteriya hisobining tashkil etilishi, holati, ishonchliligi, tegishli organlarga yillik hisobot va boshqa moliyaviy hisobotlar o‘z vaqtida taqdim etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;

Davlat statistika va buxgalteriya hisobotini tegishli organlarga o‘z vaqtida taqdim etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;

Jamiyatning tijorat sirini tashkil etuvchi axborotning saqlanishini ta’minlash;

Jamiyat faoliyati to‘g‘risidagi maxfiy axborotni oshkor etmaslik;

Jamiyatni malakali kadrlar bilan ta’minlash, xodimlarning bilimi, tajribasi, malakasi va qobiliyatlaridan eng yaxshi foydalanish choralarini ko‘rish;

Mehnat munosabatlari bilan bog‘liq masalalarni qonuniy hal etilishini ta’minlash;

Qonun hujjatlari, ushbu Ustav «Ijroiya organi to‘g‘risida»gi Nizom va Jamiyatning boshqa ichki hujjatlari talablariga rioya qilish;

Boshqaruv raisi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

11.10. Boshqaruv raisi har chorakda Jamiyat kuzatuv kengashi oldida Jamiyatning yillik biznes-rejasini bajarish qanday borayotganligi yuzasidan hisobot beradi;

Boshqaruv raisi aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida moliya yili yakunlarga ko‘ra, Jamiyatning moliyag‘xo‘jalik faoliyati natijalari to‘g‘risida hisobot beradi.

11.11. Jamiyat Boshqaruvining majlisida bayonnoma yuritiladi. Jamiyat Boshqaruvi majlisining bayonnomasi Kuzatuv kengashining va taftish komissiyasining a’zolari talabiga ko‘ra ularga beriladi;

Jamiyat Boshqaruvi majlislarini o‘tkazishni Boshqaruv raisi tashkil etadi. Jamiyat nomidan barcha hujjatlarni hamda Jamiyat Boshqaruvi majlisi bayonnomalarini imzolaydi. Jamiyat Boshqaruvi o‘z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlarga muvofiq Jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi.

11.12. Boshqaruv a’zolarining huquq va majburiyatlari tegishincha qonun hujjatlarida, Jamiyat ustavida hamda ularning har biri Jamiyat bilan bir yil muddatga tuzadigan shartnomada belgilanib, shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uni bekor qilish mumkinligi to‘g‘risida har yili qaror qabul qilinadi. Shartnoma Jamiyat nomidan kuzatuv kengashining raisi bilan tuzilgan shartnomada uning Jamiyat faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha majburiyatlari hamda Jamiyatning yillik biznes-rejasini bajarish qanday borayotganligi yuzasidan Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi va Jamiyat Kuzatuv kengashi oldida berdigan hisobotlarning davriyligi nazarda tutilishi kerak.

11.13. Jamiyat Kuzatuv kengashi, Boshqaruv raisi va boshqa a’zolari bilan tuzilgan shartnomani, jamoa shartnomasini, agar ular jamiyat Ustavini qo‘pol tarzda buzsa yoki ularning harakatlari (harakatsizligi) tufayli jamiyatga zarar utkazilgan bo‘lsa, muddatidan ilgari tugatish (bekor qilish) huquqiga ega.

11.14. Jamiyatning boshqaruv raisiga, boshqaruv a’zolariga to‘lanadigan haq miqdori Jamiyat faoliyatining samaradorligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi va shartnomada belgilanadi.

11.15. Homiylik qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish. Jamiyatning homiylik va boshqa beg‘araz yordamlar uchun yillik xarajatlari miqdori o‘tgan yil davomida olingan sof foydaning 10 foizidan oshmasligi lozim hamda jamiyatning oldingi hisobot yili uchun biznes-rejaning sof foyda ko‘rsatkichi bajarilgan taqdirda homiylik amalga oshiriladi. Homiylik haqida ijroiya organi va homiylik oluvchi o‘rtasida shartnoma rasmiylashtirilishi lozim.


XII. JAMIYAT KUZATUV KYENGASHI A’ZOLARINING, BOSHQARUV RAISINING VA BOSHQARUV A’ZOLARINING JAVOBGARLIGI

12.1. Jamiyat Kuzatuv kengashining a’zolari, Boshqaruv raisi va boshqaruv a’zolari o‘z huquqlarini amalga oshirishda va o‘z majburiyatlarni bajarishda Jamiyatning manfaatlarini ko‘zlab ish tutishi hamda belgilangan tartibda javobgar bo‘lishi lozim.

Agar bir nechta shaxs javobgar bo‘lsa, larning jamiyat oldidagi javobgarligi solidar javobgarlik bo‘ladi.

12.2. Jamiyatga zarar yetkazilishiga sabab bo‘lgan qarorga ovoz berishda ishtirok etmagan yoki ushbu qarorga qarshi ovoz bergan Jamiyat Kuzatuv kengashi a’zolari, Boshqaruv raisi Boshqaruv a’zolari javogar bo‘lmaydi.

12.3. Jamiyat yoki u joylashtirgan aksiyalarning hammasi bo‘lib kamida bir foizga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar) Jamiyatga yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’vo bilan Jamiyat Kuzatuv kengashi a’zolari, Boshqaruv raisi yoki Boshqaruv a’zosi ustidan sudga murojaat qilishga haqli.
XIII. JAMIYATNING MOLIYA-XO‘JALIK FAOLIYATI

13.1. Jamiyat ijro etuvchi apparatining joriy ta’minoti va uning faoliyatini moliyalashtirish, uning tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarning dividendlari, ajratmalari, ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatidan tushadigan daromadlar, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.


XIV. JAMIYATNING MOLIYA-XO‘JALIK FAOLIYATINI NAZORAT QILISH

a) Taftish komissiyasi

14.1. Taftish komissiyasi Jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi taftish komissiyasini 1 yil muddatga saylaydi.

Jamiyat taftish komissiyasining vakolatlari:

- bir yillik davr ichida faoliyat yakunlari bo‘yicha Jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish;

- boshqa davr ichida faoliyat yakunlari bo‘yicha Jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish;

- Jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish yakunlariga ko‘ra xulosa tuzish;

- Jamiyatda affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar yoki yirik bitimlar mavjudligi, shuningdek qonun hujjatlarining va Jamiyat ichki hujjatlarining bunday bitimlarni tuzishga doir talablariga rioya qilinishi to‘g‘risidagi xulosani tayyorlash;

- Jamiyatda affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar yoki yirik bitimlar mavjudligi, shuningdek qonun hujjatlarining va Jamiyat ichki hujjatlarining bunday bitimlarni tuzishga doir talablariga rioya qilinishi to‘g‘risidagi xulosani har chorakda Jamiyat Kuzatuv kengashiga olib chiqish;

- Jamiyat taftish komissiyasi faoliyatining tartibi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadigan «Taftish komissiyasi to‘g‘risida»gi nizomda belgilanadi.

14.2. Jamiyat taftish komissiyasi 3 (uch) kishidan iborat.

- Jamiyat taftish komissiyasi a’zolariga doir malaka talablari aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan belgilanadi. Ayni bir shaxs taftish komissiyasi a’zoligiga ketma-ket 3 (uch) martadan ortiq saylanishi mumkin emas.

- Jamiyat taftish komissiyasining a’zolari bir vaqtning o‘zida Jamiyat kuzatuv kengashining a’zosi bo‘lishi, shuningdek ayni shu Jamiyatda mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishlashi mumkin emas.

14.3. Jamiyat taftish komissiyasining yozma talabiga ko‘ra Jamiyatning ijroiya organida mansabni egallab turgan shaxslar Jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi hujjatlarni taftish komissiyasiga taqdim etishlari shart.

14.4. Jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish taftish komissiyasining, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining, Jamiyat kuzatuv kengashining tashabbusiga ko‘ra yoki Jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qiluvchi aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga ko‘ra Jamiyat kuzatuv kengashini oldindan xabardor qilish yo‘li bilan bir yillik yoki boshqa davr ichidagi faoliyat yakunlari bo‘yicha amalga oshiriladi.

- Jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish yakunlariga ko‘ra Jamiyatning taftish komissiyasi xulosa tuzadi, bu xulosada:

- Jamiyatning hisobotlarida va boshqa moliyaviy hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligiga doir baho;

- buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni taqdim etish tartibi buzilganligi, shuningdek moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilayotganda qonun hujjatlari buzilganligi faktlari to‘g‘risidagi axborot ko‘rsatilishi shart.

14.5. Taftish komissiyasi Jamiyatda affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar yoki yirik bitimlar mavjudligi, shuningdek qonun hujjatlarining va Jamiyat ichki hujjatlarining bunday bitimlarni tuzishga doir talablariga rioya qilinishi to‘g‘risidagi xulosani har chorakda Jamiyat kuzatuv kengashining majlisiga olib chiqadi. Afillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar yoki yirik bitimlar mavjudligi to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olgan xulosa aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida eshitiladi.

14.6. Taftish komissiyasi Jamiyat manfaatlari xavf ostida qolish xollarida yoki mansaabdor shaxslar tomonidan suiste’mol qilish xollari aniqlanganda navbatdan tashqari aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini chaqirishga xaqli.

14.7. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga ko‘ra, Jamiyat Taftish komissiyasi a’zolariga ular o‘z vazifalarini bajarib turgan davr uchun haq to‘lanishi va (yoki) Taftish komissiyasi a’zosi vazifalarini bajarish bilan bog‘liq xarajatlarining o‘rni qoplanishi mumkin. Bunday haq va to‘lovlarning Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qarorida belgilanadi.



b) Ichki audit xizmati

    1. Jamiyat aktivlarining balans qiymati eng kam ish haqi miqdorining yuz ming barobaridan ko‘p bo‘lgan taqdirda Jamiyatda ichki audit xizmati tashkil etiladi. Ichki audit xizmati Jamiyatning kuzatuv kengashiga hisobdordir. Ichki audit xizmati a’zolarining soni va shaxsiy tarkibi amaldagi qonunchilik bilan belgilangan tartibda tashkil etiladi.

14.9. Jamiyatning ichki audit xizmati Jamiyat Boshqaruvi, vakolatxonalari va filiallari tomonidan qonun hujjatlariga, ta’sis hujjatlari va boshqa hujjatlarga rioya etilishini, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarda ma’lumotlarning to‘liq hamda to‘g‘ri aks ettirilishi ta’minlanishini, xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va tartib-taomillariga rioya etilishini, aktivlarning saqlanishini, shuningdek Jamiyatni boshqarish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishini tekshirish va bu borada monitoring olib borish orqali Jamiyatning ijroiya organi, vakolatxonalari va filiallari ishini nazorat qiladi hamda baholaydi.

14.10. Jamiyatning ichki audit xizmati o‘z faoliyatini qonun hujjatlarida, ushbu Ustavda, Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan “Jamiyat ichki audit xizmati to‘g‘risida”gi Nizomda belgilanadigan tartibga muvofiq amalga oshiradi.


v) Auditorlik tashkiloti

14.11. Auditorlik tashkiloti Jamiyat bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshiradi va unga auditorlik xulosasi taqdim etadi.

14.12.Auditorlik tashkiloti Jamiyatning moliyaviy hisoboti va moliyaga doir boshqa axborotlar haqida noto‘g‘ri yakun bayon etilgan auditorlik xulosasi tuzganlik oqibatida yetkazilgan zarar uchun Jamiyat oldida javobgar bo‘ladi.

14.13. Jamiyatda auditorlik tekshiruv o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan ro‘yxatdan kelib chiqqan holda tanlov asosida amalga oshiriladi.



g) Korporativ maslahatchi

14.4. Jamiyat kuzatuv kengashiga hisobdor bo‘lgan va korporptiv qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish vazifasini bajaruvchi Jamiyat korporativ maslahatchisi lavozimi joriy etilishi mumkin. Jamiyat korporativ maslahatchisining faoliyati Jamiyat Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida amalga oshiriladi.


XV. JAMIYATNING YILLIK HISOBOTLARINI TUZISH, TEKSHIRISH VA TASDIQLASH TARTIBI

15.1. Jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritishi va moliyaviy hisobot taqdim etishi shart.

Jamiyatda buxgalteriya hisobining tashkil etilishi, holati va ishonchliligi, tegishli organlarga har yilgi hisobot va boshqa moliyaviy hisobotlar, shuningdek jamiyatning rasmiy veb-saytida va ommaviy axborot vositalarida aksiyadorlarga, kreditorlarga taqdim etiladigan jamiyat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘z vaqtida taqdim etilishi uchun javobgarlik jamiyat ijroiya organining zimmasida bo‘ladi.

15.2. Jamiyatning moliyaviy hisobotida ko‘rsatilgan va aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishiga taqdim etiladigan moliyaviy hisobotdagi, buxgalteriya balansidagi, foyda va zararlar hisobvarag‘idagi ma’lumotlarning ishonchliligi mulkiy manfaatlari jamiyat yoki uning aksiyadorlari bilan bog‘liq bo‘lmagan auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

15.3. Jamiyatning yillik hisoboti aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan o‘n kundan kechiktirmay jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan dastlabki tarzda tasdiqlanishi lozim.

15.4. Jamiyat moliya yili 1 yanvardan boshlanadi va 31 dekabrda tugaydi.


XVI. YAKUNIY QOIDALAR

16.1. Ushbu Ustavning holatlari bo‘yicha kelib chiqadigan barcha nizo va kelishmovchiliklar aksiyadorlarning o‘zaro kelishuvi bilan hal kilinadi.

16.2. Nizo va kelishmovchiliklarni muzokaralar yuli bilan hal qilish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda ular tegishli ravishda sud orqali hal qilinadi.

16.3. Ustav bo‘yicha belgilanmagan qoidalar O‘zbekiston Respublikasi «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari talablariga asosan amalga oshiriladi.



16.4. Ushbu Ustav O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatiga olingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
«O’zbekoziqovqatxolding» xolding

Kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati

Boshqaruvi raisi O.Rustamov




Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa