Birinchidan, tabiiy va mineral xom ashyo zaxiralari yirik konlarda to’plangan bo’lib, ularni qazib olingan joining o’zidayoq kompleks qayta ishlash imkoniyati bor;
Ikkinchidan, foydali qazilmalarning ko’pgina turlari tahkibidagi foydali komponentlar yuqori darajada bo’libgina qolmay, katta miqdorda yo’ldosh elementlarga ham ega;
Uchinchidan, konlarning ko’pchiligida ochiq usulda ishlash mumkin, rudalarni boyitish texnologiyasi ham nisbatan oddiy. Bu texnologiya foydali komponentlarni ko’p miqdorda chiqarishni va jahon bozorida xaridorgir mahsulot olishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |