Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Download 28,52 Mb.
bet90/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

Qorasaqsovul (Haloxylon aphyllum (Minkw.) Lijin.) sho‘radoshlar oilasidan bo‘lib, bo‘yi 3—5 m, diametri 60—80 sm ga yetadigan daraxt. Uning bir yillik novdachalari juda ham syersuv, bo‘g‘imli va yashil rangda bo‘lib, barg vazifasini bajaradi. Barglari yo‘qolib ketgan va mayda tangachalar bilan almashingan. Qorasaksovul aprel-may oylarida ko‘karadi va gullaydi. Gullari ko‘rimsiz, juda mayda bo‘ladi. Gul byeruvchi novdachalari vegetativ shoxchalarda ham bo‘ladi. Qorasaksovulning mevasi oktyabr oyida pishadi. Mevalari qanotchali bo‘lib, eni 1 sm ga etadi. Tashqi tomondan gulga o‘xshab ko‘rinadi. Shu sababli ba’zilar uni gul deb atashadi. U urug‘idan yaxshi unadi. Qorasaksovul urug‘ini sho‘rxok, qum-tuproqli yyerlarga kuzda (noyabr oyida) yoki yerta bahorda (fevralning oxiri, mart oyida) ekish mumkin. Uni katta maydonlarga ekish uchun samolyotlardan foydalaniladi. Kichik tajriba uchastkalarida esa qo‘l bilan sepib, ustini 0,2—0,3 mm tuproq bilan ko‘mish kyerak. Shunday tajriba Nurota tumanining Qora uchastkasida o‘tkazilganda yaxshi natija byergan. Qorasaksovul sho‘r tuproqda yaxshi o‘sadi. Shuning uchun ham uni ba’zan sho‘rxok saksovul deb atashadi. Diametri 50 sm keladigan qorasaksovul tanasi ko‘ndalangiga kesib qaralsa, unda 150 dan ortiq «yillik» halqalarni ko‘rish mumkin. Shunga ko’ra uni uzoq yashovchi va sekin o‘suvchi o‘simlik deb hisoblash mumkin. Aslida esa qorasaksovul bir yilda bir nechta «yillik» halqalar hosil qiladi. Qorasaksovul 30—35 yilda to‘liq voyaga yetadi. 50—60 yildan keyin quriy boshlaydi. Agar 5—6 yillik eski novdalari kesib olinsa ham ildizidan yana ko‘karib, yon shoxchalar hosil qiladi. Qorasaksovul cho‘l sharoitiga, ayniqsa, sho‘rxok tuproqda o‘sishga moslashgan o‘simlik. U yaylovlardagi chorvaning, ayniqsa qorako‘l qo‘ylarining to‘yimli ozig‘i hisoblanadi. Uning yog‘ochi og‘ir, tez sinuvchan, usti to‘q kul rang po‘stloq bilan qoplangan, chirigan poyalari eng yaxshi yoqilg‘i bo‘lib, undan ko‘mir ham tayyorlanadi.
Chyerkez (Salsola richtyeri Karel.) sho‘radoshlar oilasidan, bo‘yi 1—2,5 m keladigan butadir. Poyasi tik shoxlangan. Eski tuplarining po‘stlog‘i kulrang, yoshlariniki esa oqish bo‘lib, tanasi tuksizdir. Barglari navbatlashib joylashgan, ipsimon, uzunligi 4—8 sm, asosi enli, uchi o‘tkirdir. O’q ildizi uzun bo‘lib, tuproqqa ancha chuqur kiradi. Chyerkez mart — aprel oyida ko‘karadi. Iyun — iyul oyida gullaydi. Gulqo‘rg‘oni kulrang, uchi o‘tmas, chetlari pardasimon hoshiyali. Qanotchalari rangsiz, ba’zan binafsha yoki pushti rangda bo‘ladi. Changdoni bir necha bo‘lakka bo‘lingan. Mevasi avgust-sentyabr oylarida pishadi. U qanotchali bo‘lib, urug‘i markazida joylashgan; qanotchalari shamol yordamida osonlik bilan tarqalishga imkon byeradi. Mollar xush ko‘rib yeydi. Chyerkezning novda va barglari tarkibida darmon dori sifatida ishlatiladigan salsolin alkaloidi bor. Bargidan jun matolari bo‘yash uchun bo‘yoq olish mumkin, yashil novdalarini yondirganda kulidan potash hosil bo‘ladi. Cho‘lda yaxshi -o‘sadigan bu o‘simliklar ko‘p tomonlama foyda keltiradi.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish