Pastki cho‘l
Pastki cho‘lga Buxoro va Xorazm viloyatining ayrim joylari, Sirdaryo viloyatining shimoliy tumanlari, Qoraqalpog‘istonning Ustyurt tekisliklaridagi sho‘rxok yyerlar kiradi. Bu zonaning tuprog‘i sho‘rxok, nam, sho‘r va qum tuproqlardan iborat. Bu zonaga tuz bilan qoplangan tuz konlari ham kiradi. Masalan, Sirdaryo viloyatidagi Aydar tuz koni, Buxoro viloyatidagi Mingbo’loq pastligi, Qoraqalpog‘istondagi Borsakelmas sho‘rligi va boshqa yyerlar kiradi. Sho‘r tuproqli yyerlar unchalik katta maydonni egallamaydi. Tuz konlari va sho‘rxok yyerlarning hosil bo‘lishiga qishki-bahorgi qor va yomg‘ir suvlarining tepaliklardan pastga oqib kelishi sabab bo‘ladi. Natijada suvlar qum tarkibidagi tuzlarni ham yeritib pastga olib tushadi. Har yili shu hol takrorlanishi natijasida bunday sho‘rxok yyerlar hosil bo‘ladi. Sho‘rxok yyerlar juda ham turli-tumandir.
Hamma sho‘rxok yyerlarning yuza qismida suvda tez yeriydigan, o‘simliklar uchun zararli tuzlar ko‘p bo‘ladi. Shu tuzlarning miqdoriga qarab, sho‘rxok yyerlarning yuza qismi yumshoq yoki qattiq hamda bo‘rtiq bo‘lishi mumkin. Ba’zi sho‘r yyerlarning yuzi qotib, g‘isht kabi qatlamlar hosil qiladi. Uning qalinligi 10 sm dan ham ortiq bo‘ladi. Bunday joylar tuz konlari deb ataladi. U yyerlarda umuman o‘simlik mutlaqo o‘smaydi yoki faqat uning chekkalaridagina ba’zi o‘simliklar o‘sishi mumkin. Pastki cho‘lda sho‘r tuproqli yyerlardan tashqari, og‘ir va zich gil tuproqli tekis maydonlar ham uchraydi. Bo’lar — taqirlardir. Taqirlar unchalik katta maydonni egallamaydi. Bu yyerlarda qishda va baxorda suvlar to‘planib, kichik ko‘llar hosil qiladi. Yozda esa bu suvlar qurib, soz tuproq aralashgan yoriq yyerlar hosil bo‘ladi. Mazkur yyerlar havo isishi bilan yanada qotib qattiqlashadi. Taqir yyerlar qumloq cho‘llarda alohida-alohida maydonlar xolida uchraydi.
Bu yyerlarda ham o‘simliklar deyarli o‘smaydi yoki faqat uning chekkalarida, siyrak xolda bir oz o‘sadi, o‘rtalarida esa ba’zi ksyerofit o‘simliklargina o‘sishi mumkin. Pastki cho‘lning o‘simliklari turli-tumandir. Bu yyerda barg va poyalari semiz, ya’ni sukkulent (lotincha sukkus—shira, sukkules — shirali) o‘simliklar o‘sadi. Ularning barg va poyalarida tuz ko‘p bo‘ladi. O‘simliklar tuzli, o‘ta sho‘rxok joylarda o‘smaydi, faqat uning chekkalarida va atroflaridagina o‘sadi. Pastki cho‘lda eng ko‘p o‘sadigan o‘simliklardan ba’zilarining biologiyasi bilan quyida tanishasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |