19-mavzu: O‘zbekiston davlat qo‘riqxonalari va bioxilma-xilligi.
Reja
1. Qo‘riqxonalari va ularning vazifalari.
2. O’zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish idoralari haqida ma’lumot.
3. Yo’qolib ketayotgan va qo’riqxonalarda saqlanayotgan dorivor o’simlikturlari.
Qo‘riqxonalar va ularning vazifalari.
Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni qo‘riqlash tizimini tashkil qilish Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar mintaqada, qolavyersa yyer yuzida ekologik muvozanatni boshqarib turadi, chunki busiz tabiiy boyliklardan tejamkorlik bilan foydalanish, har qanday xo‘jalik faoliyat oqibatini oldindan ko‘raolmaslik, tabiiy muhitni saqlashni ham iloji bo‘lmay qoladi. O‘simliklarni davlat tizimidagi hududlarini muhofaza qilishni quyidagi shakllari mavjud.
Qo‘riqxona quruqlik va suv havzasining har aktyerli tabiiy landshaftlari bo‘lgan ma’lum bir maydon bo‘lib, tabiatni muhofaza qilishning eng samarali shakllaridan biridir. Alohida muhofaza qilinadigan hududlar orasida qo‘riqxonalar muhim rol o‘ynaydi.
Qo‘riqxonalarning asosiy vazifasi va maqsadlari nimalardan iborat? qo‘riqxonalarning asosiy vazifasi - tabiatning diqqatga sazovor, qimmatli landshaftlarning jamiyat manfaatlari uchun saqlashdan iborat. Qo‘riqxonalarning xududlaridagi majmualar tabiiy holda saqlanadi. Ular inson tomonidan o‘vlashtirilgan va o‘zlashtirilayotgan qo‘shni hududlar uchun namuna bo‘lib xizmat qiladi.
Qo‘riqxona hududlaridan xo‘jalikda foydalanish, pichan tayyorlash, ov qilish, baliq tutish, qo‘ziqorin tyerish umuman taqiqlanadi. Qo‘riqxonalar atrofi ham, foydalanib muhofaza qilinadigan zona bo‘lishi kyerak.
Qo‘riqxonalarning vazifasi tabiatni bir butun holda o‘rganishdir. Ular landshaft tarkibiy qismlari o‘rtasidagi uzviy bog‘lanishlarni bilib olib, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yo‘llarini ishlab chiqish uchun zarur. Inson tomonidan o‘zlashtirilgan landshaftlarga moslasha olmagan hayvonlarni faqat qo‘riqxonalarda saqlash mumkin bo‘lmoqda.
Shuningdek, bir qancha o‘simlik turlari faqat qo‘riqxonalarda saqlanmoqda. Qo‘riqxonalar ovlanadigan hayvonlarni saqlash va ularni ko‘paytirishda ham katta rol o‘ynaydi. Shunday qilib, qo‘riqxona hududlari turli xil hayvon va o‘simlik turlarini, ovlanadigan hayvonlarning miqdori va genetik fondini saqlash uchun xizmat qiladi. Mamlakatimizda hamma qo‘riqxonalar ilmiy muassasalar hisoblanadi. Qo‘riqxonalarda minglab xodimlar tabiiy majmualarni va ularning ayrim tarkibiy qismlarini tekshiradilar.
Keyingi yillarda inson tomonidan dengiz va okeanlar boyliklari o‘zlashtirilishining tobora kuchayib borishi bilan bog‘liq holda atrof-muhitning ifloslanishiga, ekologik tuzumlarning buzilishiga, ayrim hayvon va o‘simlik turlarining yo‘q bo‘lib ketishiga olib keluvchi antropogen ta’sirlar kuchayib bormoqda. Shuning uchun dunyo ekvatoriyalarida ham qo‘riqxonalar tashkil etilib, ularning soni 170 dan ortib ketdi. Ular Avstraliya, Daniya, Isroil, Yaponiya, Flipppin, Janubiy Afrika va boshqa davlatlarda joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |