Maqsad va vazifalarni aniqlash uchta kichik jarayonlardan iborat. Birinchi kichik
jarayon firmaning vazifasini aniqlashdan iborat. Bu vazifa firmaning faoliyat
yuritishini mazmunini ifodalaydi va bu tashkilotda ishlovchi odamlarga ularning
joriy hatti-harkatlariga istiqbol nuqtai nazaridan ma’lum ma’no, mazmun berish
Tashkilot faoliyatiga manfaatlari ta’sir etuvchi odamlar guruhi (demakki, firma
vazifalari aniqlanishida hisobga olinishi lozim manfaatlar egalari) bo’lib tashkilot
egalari (ta’sischilari) xodimlari, tashkilot mahsulotlarini sotib oluvchilar, firmaning
hamkorlari, mahalliy jamoat va butun jamiyat hisoblanadi. Vazifada har bir sub’ekt
manfaatlarining namoyon bo’lish darajasi bevosita tashkilot katta-kichikligiga, qaysi
biznes turi bilan shug’ullanishiga, qaerda joylashganligiga va h.klarga bog’likdir.
Keyin uzoq muddatli maqsadlarni aniqlash kichik jarayoni boshlanadi. Strategik
boshqaruvning ushbu qismi qisqa muddatli maqsadlarni aniqlash bilan tugallanadi.
Firma maqsad va vazifalarini aniqlash firma nima uchun faoliyat yuritayotganligi va
13
nimaga erishmoqchiligi aniqlanishiga olib keladi. Buni bilib esa qzini tutish
strategiyasini to’g’ri tanlash mumkin.
Vazifa o’zida nimani va qanday muddatlarda tashkilot qilishi lozimligi hakida
aniq ko’rsatmalarni mujassamlantirmasligi lozim. U tashkilot harakatining asosiy
yo’nalishlarini ko’rsatadi.
Evropa, va ayniqsa, Amerika korxona va tashkilotlari potentsial xaridorlar hamda
o’ziga nisabatan jamiyatning yaxshi munosabatini mustaxkamlash uchun o’zaro
raqobatlashish jarayonida maksimal darajada shaffof bo’lishga harakat qiladilar.
Vazifani shakllantitrish korxonaning xaqiqiy maqsadlari xaqida o’ylantirishini
amaliyot ko’rsatmoqda, shuning uchun bu dastak eng avvalo, rahbarlarni qiziqtirish
lozim. Vazifa shunday shakllantirishi lozimki, uni tashqi muhitda sifat va ishonchlilik
jihatidan boshqalardan ajratib turuvchi tashkilotning joriy yutuqlarini aks ettirsin va
kelajakdagi intilishlarini ifoda etsin. Bunda vazifa strategik muljallarni aniqlaydi va
taktik yo’nalishlarni kqrsatadi, ular, o’z navbatida, tashkilot ichki muhiti uchun
o’ziga xos vazifa bo’ladi.
Kompaniya vazifasini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:
Kompaniya vazifasi=tasavvur+kredo. «Tasavvur» atrofdagilar tasavvurida
kompaniya qiyofasini shakllantirishga yo’naltirilgan. Uning asosini kompaniyaning
bozordagi obrqsi (joriy yutuqlar) va kompaniya qziga tashqi muhitda
ta’minlanmoqchi bo’lgan imidj (kelajakdagi intilish) tashkil etadi. Tasavvurning
asosiy mazmuni «Bu qanday tashkilot»? savoliga javobdan iborat. Bu erda, odatda,
kompaniya faoliyatining sohasi, asosiy tovar va xizmatlari, iste’molchi guruhlar,
faoliyatning geografik joylashuvi kabi tushunchalar beriladi. «Kredo», o’z navbatida,
kompaniyaga ichki butunlikni beradi va xodimlarda umumkorporativ maqsadlarga
erishish qiziqishini oshirishga mo’ljallangan. U kompaniyaning dunyoqarashini
(strategik mqljallar) va asosiy qarash, nuqtai nazarini (taktik yqnalishlar) ifodalaydi.
Kredo «Tashkilot nimaga intilmoqda»? savoliga javob beradi. Bu erda asosiy e’tibor
falsafa, boyliklar tizimi, ichki madaniyat, raqobatbardoshlik asosiga qaratiladi.
Yuqorilardan kelib chiqqan holda korxona yoki tashkilot vazifasining asosini
tashkil etishi lozim bo’lgan asosiy unsurlarni ajratish mumkin. Bular:
nom va status;
tovar yoki xizmat;
strategik mqljal;
manfaatdor guruhlar;
raqobatbardoshlik asosi.
Vazifa unsurlarining ketma-ketligi va mazmuni, shuningdek vazifa shakli, ancha
o’zgarishi mumkin va ko’p omillarga bog’lik. Har qanday holatda ham vazifa ifodasi
korxona tarixi, obro’si va imidji bilan muvozanatda bqlishi lozim. Bunda
iste’molchilarga o’z «va’dalar»ini aytish oldin, iqtisodiy sub’ekt ularni bajarish
14
uchun o’z kuchi va resurslarining etarliligini baholashi kerak. Maq-sadlar eng kamida
realistik va erishiladigan bo’lishi lozim.
Rejalashtirishning zamonaviy nazariyasida har bir korxona o’zining asosiy
maqsadlarini aniqlaydigan faoliyatning sakkizta asosiy soha ajratiladi. Bular-
korxonaning bozor o’rni, innovatsion faoliyat, ishlab chiqarish darajasi, ishlab
chiqarish resurslarining mavjudligi, barqarorlik darajasi, boshqarish tizimi, personal
malakasi va ijtimoiy javobgarlik. Ushbu sohalar doirasida foyda-lilik, moliyaviy
barqarorlik, bozor ulushining o’sishi, ilmiy tekshiruvlar, resurs ta’minoti,
diversifikatsiya, ishlab chiqarish samaradorligi, mahsulot va xizmatlar sifati,
menejment tizimining rivojlanishi, xalqaro kompaniyaga aylanishi va h.klar kabi
asosiy maqsadlar ajratiladi.
U yoki bu korxona ko’zlagan maqsadlar individual xarakterga ega va qaysi
tarmoqqa tegishliligi, korxona turi, bozordagi pozitsiya, mos etkazib beruvchilar,
xom ashyo manbalari va h.klar singari omillarga bog’liqdir. Shu bilan birga
maqsadlarni shakllantirishning ba’zi umumlashtiruvchi tamoyillar xaqida gapirish
imkonini beruvchi qator tashqi makroiqtisodiy omillarni ajratish mumkin. Hozirgi
korxonalar oldida tekshiruvlar va ilmiy yangiliklarni tadbiq qilish sohasidaga
maqsadlar turibdi. Biznes globalizatsiyasi korxonalarni milliy va xalqaro
manfaatlarni hisobga olishga majbur qilayapti.
Vazifa va maqsadlar aniqlanganidan so’ng strategiyani tanlash va tahlil qilish
bosqichi boshlanadi, ya’ni strategik boshqaruvning o’zagi.
Do'stlaringiz bilan baham: