4. To’g’ridan-to’g’ri to’lovlar:
adolatli emasligi;
risklarni umumlashtirmasligi va keng taqsimlash imkoniyatiga ega emasligi;
butun tizimni etarli resurslar bilan ta’minlay olmasligi.
O’zbekistonda sog’liqni saqlash xarajatlari hozirgi kunga qadar asosan davlat
budjeti hisobidan moliyalashtirilib kelinmoqda. Bu mablag’larning ham qariyb 65-70
foizi xodimlarning ish haqiga sarf etilmoqda. Shunga qaramasdan, soha xodimlarini
moddiy rag’batlantirish, sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi
texnika va texnologiyalarni joriy qilish uchun asosan budjet mablag’larining o’zi,
davlat resurslarining chegaralanganligi bois, etarli emasligini amaliyot isbotlab
turibdi. Shuning uchun ham sog’liqni saqlashni isloh qilishning dolzarb
yo’nalishlaridan biri – tarmoqni moliyalashning ko’p kanalli tizimini joriy etish
ekanligi e’tirof etildi.
O‘zbekistonda tibbiyot tashkilotlari tuzilmasi optimallashtirilib, tibbiy xizmatlar
tariflarini
shakllantirish
tartibi
qayta
ko‘rib
chiqilmoqda.
O‘zbekiston hukumati 10 sentyabr kuni 2016−2020 yillarda tibbiyot tashkilotlari
tuzilmasini yanada optimallashtirish va sog‘liqni saqlash tizimi tibbiyot xodimlari
mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni
e’lon qildi.Hujjatda ayrim tibbiyot tashkilotlarini tuman (shahar) tibbiyot
birlashmalariga va mintaqaviy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlariga qo‘shish (30 ta
muassasaga taalluqli), ularga tegishli funksiyalarni va shtatdagi xodimlar sonini
berish, qayta tashkil etish va tugatish yo‘li bilan ayrim tibbiyot tashkilotlarini
optimallashtirish, sil kasalliklariga qarshi muassasalar binolarini rekonstruksiya qilish
tugallanishiga ko‘ra ularning koykalar fondini qisqartirish (6592 tadan 1450 taga),
ayrim tibbiyot tashkilotlarida to‘lov asosida tibbiy xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan
byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga ta’minlanadigan koykalar fondi ulushini va
bemorlarni qabul qilish quvvatlarini bosqichma-bosqich ko‘paytirish ko‘zda
tutilgan.Yaqin muddatlarda tibbiyot tashkilotlarining yangilangan shtat normativlari
tasdiqlanadi. Ularda markaziy tuman (shahar) ko‘p tarmoqli poliklinikalari, «tez
tibbiy yordam» xizmatlari, qon quyish bo‘limlari, shuningdek davlat sanitariya-
epidemiologiya nazorati markazlari tibbiyot xodimlarining ish yuklamasi
normalarini, ularning zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlanganligi darajasi
bilan bog‘lab, diagnostika, davolash va laboratoriya tadqiqotlarining ilg‘or
texnologiyalari va metodlari joriy etilishini hisobga olgan holda qayta ko‘rib
chiqiladi.Shuningdek, shifokor nazoratini kecha-kunduz davomida tashkil etish
hisobiga, xizmat ko‘rsatiladigan kontingent xususiyatidan kelib chiqqan holda,
mazkur tashkilotlar uchun qo‘shimcha ravishda 246 nafar vrach hamda 149 nafar
o‘rta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari ajratib, tibbiy-ijtimoiy muassasalar
tomonidan
ko‘rsatiladigan
tibbiy
yordam
kuchaytiriladi.
146
1 dekabrga qadar 2000 aholi hisobiga 1,5 lavozim birligi shtat normatividan kelib
chiqqan holda qishloq vrachlik punktlarini va oilaviy poliklinikalarni patronaj
hamshiralar bilan qo‘shimcha ravishda to‘ldiriladi.Tibbiyot tashkilotlari tuzilmasini
optimallashtirish natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar tibbiy-ijtimoiy muassasalarda
qo‘shimcha xodimlar sonini joriy etish bo‘yicha xarajatlarni qoplash, tibbiyot
tashkilotlarining dori-darmon preparatlari va reaktivlar, inventarlar, sarflash
materiallari va uskunalarga ehtiyot qismlar bilan ta’minlanganligini yaxshilash,
takomillashtirilgan tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadlarini,
shuningdek alohida mehnat sharoitlari uchun qo‘shimcha haq va tarif stavkalariga
(lavozim maoshlariga) har oylik maxsus ustamalar miqdorlarini oshirish hisobiga
tibbiyot tashkilotlari xodimlarining ayrim toifalari ish haqini oshirishga
yo‘naltiriladi.Qo‘shimcha ravishda hozirda amalda bo‘lgan Sog‘liqni saqlash
vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat
tariflarini shakllantirish tartiblarini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.
Respublika akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining
Nukus, Jizzax, Qarshi, Namangan shaharlaridagi filiallari hamda hududiy perinatal
markazlarini qayta tashkil etish yo‘li bilan onalar va yangi tug‘ilgan go‘daklarga
ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat samaradorligi va sifatini oshirish belgilangan.
O‘zbekistonning barcha hududlaridagi bolalar stomatologiya poliklinikalari hamda
xizmat ko‘rsatilayotgan aholi soni 30 ming fuqarodan ziyodni tashkil etuvchi
shahalarda yangi oilaviy poliklinikalarni tuzish yo‘li bilan oilalarga va bolalarga
tibbiy xizmat ko‘rsatishni kuchaytirish ko‘zda tutilgan.Bundan tashqari, Salomatlik
va tibbiyot statistikasi instituti bazasida sog‘liqni saqlash tashkilotlari tizimini
takomillashtirish, tibbiy xizmatlar samaradorligi va sifatini oshirish, aholi salomatligi
holati monitoringi va tahlilini yuritish, tibbiyot sohasini rivojlantirish istiqbollarini
tahlil qilish masalalarini o‘rganish bo‘yicha zamonaviy ilmiy-tadqiqot institutini
tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoev 20 iyun kuni «O‘zbekiston Respublikasi aholisiga
2017−2021 yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjatga berilgan rasmiy sharhda keltirilishicha, mazkur sohada aniq va tezkor
chora-tadbirlar ko‘rishni talab etadigan qator tizimli masalalar mavjud.
Xususan, sog‘liqni saqlash tizimining viloyat va tuman darajalarida
ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni rivojlantirishda sezilarli darajada qoloqlik
kuzatilmoqda. Mintaqalarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga tashkiliy-metodik
rahbarlikning samarali vertikalini shakllantirishda respublika ixtisoslashtirilgan
muassasalarining roli pastligicha qolmoqda.
«Diagnostika va davolashning respublika muassasalarida sinovdan o‘tgan ilg‘or
yuqori texnologik usullar viloyat va tuman darajasidagi tibbiyot muassasalari
147
faoliyatiga sust joriy etilmoqda. Tibbiyotning ixtisoslashtirilgan yo‘nalishlari
bo‘yicha qo‘lga kiritilgan mahalliy va xorijiy ilmiy yutuqlarni viloyat va tuman
tibbiyot muassasalari amaliyotiga joriy etish darajasi past», — deyiladi sharhda.
Qarorda
respublikaning
ixtisoslashtirilgan
tibbiy
yordamini
yanada
rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlarini belgilash, uning geografiyasini tuman
(shahar) darajasigacha kengaytirish, hududiy ixtisoslashgan tibbiyot tashkilotlariga
tashkiliy-metodik rahbarlik qilish uchun respublika ixtisoslashtirilgan markazlarining
mas’uliyatini oshirish, ularning amaliyotiga tibbiy yordamning zamonaviy usullari
va texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari nazarda tutilgan.
Quyidagilarni nazarda tutgan holda ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish
tizimi barcha darajalarda isloh qilinadi:
respublika darajasida — ixtisosli yo‘nalishlar bo‘yicha eng zamonaviy yuqori
texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish;viloyat darajasida —
ixtisosli yo‘nalishlar bo‘yicha zamonaviy yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy
xizmatlar ko‘rsatish;tuman (shahar) darajasida — yangidan tashkil etiladigan
ixtisoslashtirilgan turdosh bo‘limlar negizida ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar
ko‘rsatish;birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini tashkil etish darajasida — maxsus
tasdiqlangan jadval bo‘yicha tuman (shahar) va viloyat darajasidagi tashkilotlarning
tor ixtisosli mutaxassislari tomonidan konsultatsiyalar berilishini, shuningdek,
davolash va konsultativ-diagnostika yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tibbiy
yordamning ayrim turlarini ko‘rsatish.
Qarorda, shuningdek, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tizimida
respublika bo‘yicha va har bir mintaqada kasalliklar tendensiyalarini o‘z vaqtida
aniqlashni ta’minlaydigan zamonaviy tahliliy va ilmiy-tadqiqot ishlarini keng
qo‘llash nazarda tutilgan.
Etakchi
respublika
ixtisoslashtirilgan
davolash-profilaktika
tashkilotlari
respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlariga aylantirilib, ularning
asosiy vazifalari belgilandi.
O‘z ixtisosligi bo‘yicha yagona metodik, texnologik, davolash va profilaktika
siyosatini amalga oshirish, zamonaviy tibbiyot uskunalari va texnologiyalariga, dori
vositalari va tibbiy buyumlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, klinik protokollarni,
shu jumladan, tegishli tibbiyot hujjatlarini ishlab chiqish, axborot va tahliliy
materiallarini nashr etish, sayyor maslahat berishlarni, mahorat darslarini,
shuningdek, birinchi navbatda eng murakkab holatlarda hududiy ixtisoslashgan
tibbiyot tashkilotlarida operatsiyalarni muntazam ravishda o‘tkazish orqali
mintaqalarda zarur profilaktika ishlari olib borilishiga ko‘maklashish markazlarning
asosiy vazifalari etib belgilangan. Bundan tashqari, markazlar Toshkent vrachlar
malakasini oshirish instituti tibbiyot xodimlarining, ixtisoslashgan hududiy tibbiyot
tashkilotlari xodimlarining malakasini tizimli ravishda oshiradi, shuningdek, klinik
148
ordinaturada, tayanch doktoranturada va doktoranturada tor mutaxassisliklar bo‘yicha
kadrlarni tayyorlaydi, etakchi xalqaro tibbiyot markazlari, klinikalar va yuqori
malakali
xorijiy
mutaxassislar
bilan
hamkorlik
qiladi,
shu jumladan,
maslahatlashuvlar va mahorat darslari o‘tkazish uchun ularni respublikaga taklif
etadi, sog‘liqni saqlash tizimi mahalliy mutaxassislarining chet elda
ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va klinikalarida tajriba orttirishini ta’minlaydi.
Qaror bilan aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sxemasi va
aholining sifatli va samarali ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlardan foydalanishini
kengaytirishga, Respublika markazlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirishga,
ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi tibbiyot tashkilotlarining moddiy-
texnika bazasini mustahkamlashga, tibbiyot kadrlari tayyorlash, qayta tayyorlash
va ularning
malakasini
oshirish
tizimini
takomillashtirishga,
aholiga
ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirishga, profilaktika,
diagnostika va davolashning zamonaviy usullarini joriy etishga yo‘naltirilgan
huquqiy bazani takomillashtirishga yo‘naltirilgan 2017−2021 yillarda O‘zbekiston
aholisiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari dasturi tasdiqlanadi.
Qarorga muvofiq, 2018 yil 1 yanvargacha imtiyozli toifa alohida hisobga
olingan holda tegishli ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlardan, shu jumladan, yuqori
texnologik tibbiy yordamdan foydalanishga muhtoj bo‘lgan bemorlarning doimiy
yangilanadigan yagona elektron ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi. 2019 yil 1
yanvargacha bo‘lgan muddatda barcha ixtisoslashtirilgan markazlarda, viloyat
filiallarida, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida vrach qabuliga masofadan
yozilish imkonini beradigan elektron dastur joriy etiladi.
2022 yil 1 yanvargacha aholiga pulli tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi
(stomatologiya va kosmetologiya xizmatlaridan tashqari) sog‘liqni saqlash tizimi
davlat tibbiyot tashkilotlarini soliqlarning barcha turlarini va davlat maqsadli
jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni to‘lashdan, shuningdek, belgilangan tartibda
tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha chetdan olib kelinadigan yangi tibbiyot uskunasi,
butlovchi buyumlar, tibbiyot uskunasiga ehtiyot qismlar va sarflash materiallari
uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod etish nazarda tutilgan. Bo‘shagan
mablag‘lar tibbiyot tashkilotlarini zamonaviy tibbiy, muhandislik-texnika uskunasi
bilan jihozlashga hamda unga servis va texnik xizmat ko‘rsatishga, ehtiyot qismlar,
sarflash materiallari, inventar va boshqa tibbiy buyumlarni xarid qilishga, yangi
binolar va inshootlar qurishga, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va mukammal
ta’mirlashga yo‘naltiriladi.
Qarorda davolanish uchun chet elga jo‘nab ketayotgan O‘zbekiston fuqarolarini
ijtimoiy-huquqiy himoya qilishning ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish,
mahalliy mutaxassislarning amaliy va nazariy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida
149
xorijiy etakchi olimlar, vrachlar va mutaxassislarni shartnoma asosida respublikaga
jalb etishga alohida e’tibor qaratilgan.
Dastur doirasida 2017−2021 yillarda O‘zbekistonda ixtisoslashtirilgan tibbiy
xizmatlarni yanada rivojlantirish maqsadida 373,5 milliard so‘m va 100 million
AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, shundan 60
milliard so‘m mablag‘ Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini qurish,
rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashga va 97 million AQSH dollari respublika
va hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarini jihozlashga yo‘naltiriladi
Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi davolash profilaktika
muassasalari tomonidan aholiga pullik va bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi
belgilangan.
Bepul tibbiy xizmatlar qo‘yidagi davolsh profilaktika muassasalarida ko‘rsatiladi:
Birlamchi tibbiy – sanitariya yordami – qishloq vrachlik punktlarida, shahar va tuman
tibbiyot birlashmalarida, bolalar shifoxonalarida, yuqumli kasalliklar shifoxonalarida,
to‘g‘ruqxona bo‘limlarida, sil kasalligi, teri-tanasil kasalligi, o‘sma kasalligi,
endokrin
kasalligi,
narkologiya
shifoxonalarida,
asab-ruhiy
kasalliklari
shifoxonalarida, endokrinologiya kasalligi shifoxonalarida, “Ona va bola ” skrining
hamda OITS markazlarida aholiga barcha tibbiy xizmatlar bepul ko‘rsatiladi.
Barchamiz guvohi bo‘layotganimizdek, yurtimizda, aholi turmush darajasini
yanada yaxshilash, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish
borasida yangilanish va rivojlanish jarayonlari kechmoqda. Bunday yangilanishlar
sog‘liqni saqlash tizimining shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmati faoliyatida ham
ro‘y berayapti.
Ayniqsa, davlatimiz rahbarining sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan
uchrashuvlarida, shuningdek, 30 mart kuni o‘tkazilgan videoselektor majlisida
tizimning bugungi holati tahlili, mavjud muammolarni hal etish, xalqimiz
salomatligini mustahkamlash yo‘lida olib borilayotgan sa’y-harakatlar sohani yangi
bosqichga olib chiqishda muhim burilish bo‘ldi, desak mubolag‘a emas.
– Mamlakatimiz Prezidentining 2017 yil 16 mart kuni imzolangan “Shoshilinch
tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni
hamda “Shoshilinch tibbiy yordam xizmatining faoliyatini tashkil etishni yanada
takomillashtirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarori ayni maqsadlarni ko‘zlagani bilan ahamiyatlidir, – deydi
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktori A.Xudoyorov. – Qayd
etish joiz, mustaqillik yillarida mamlakatimizda aholiga shoshilinch va tez tibbiy
yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘ziga hos infratuzilma yaratildi. Respublika shoshilinch
tibbiy yordam ilmiy markazi va uning viloyatlardagi filiallari, tuman va shahar
tibbiyot birlashmalari qoshida bo‘limlari, mamlakatimizning barcha hududlarida tez
tibbiy yordam xizmati stansiyalari va sanitar aviatsiya xizmati xalqimiz salomatligi
150
yo‘lida faoliyat yuritmoqda. Mazkur xizmat aholiga malakali ixtisoslashtirilgan,
yuqori texnologiyali shoshilinch, tez va kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda tibbiy
xizmat ko‘rsatish, samaradorligi bo‘yicha jahon talablariga mos keladigan
shoshilinch tibbiy yordam tizimini tashkil etish, xorijiy turdosh tashkilotlar bilan
yaqin hamkorlik o‘rnatish kabi vazifalarni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Soha
rivoji yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar natijasida
shoshilinch tibbiy yordam tizimida yiliga 600 ming nafardan ziyod bemorga yuqori
malakali statsionar hamda 1 million nafardan ortiq bemorga ambulator yordam
berilayapti. Shuningdek, 7 milliondan ziyod chaqiriq bo‘yicha xizmatlar
ko‘rsatilmoqda.
Mutaxassisning ta’kidlaganidek, shoshilinch holatlarda bemorga yordam
ko‘rsatish uchun zarur vositalarga ega bo‘lgan shoshilinch yordam brigadalari zudlik
bilan etib borishi muhimdir. Shundan kelib chiqib, yil oxirigacha 1200 ta tez tibbiy
yordamga ixtisoslashtirilgan avtotransport vositasi sotib olinishi rejalashtirilgan. Ayni
kunlarda zarur vositalar bilan jihozlangan 200 ga yaqin tez tibbiy yordam
avtomashinalari xarid qilinib, ehtiyoji baland bo‘lgan hududlarga etkazib berilgan.
Sog‘liqni saqlash vazirining joriy yil 13 fevraldagi “Tez tibbiy yordam
avtotransportlarining ixtisoslashtirilgan va umumtarmoq brigadalarini, tez tibbiy
yordam xizmati chaqiriqlarida ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar uchun zarur
bo‘ladigan dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash normativlarini
tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga ko‘ra, tez tibbiy yordam xizmatining bitta maxsus
brigadasida 41 nomdagi, umumtarmoq brigadasida esa 36 nomdagi dori vositalari
bo‘lishi belgilangan va ular bilan ta’minlash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
– Shoshilinch holatlarda tibbiy yordam brigadasi ishini tashkillashtiruvchi asosiy
bo‘g‘in – tez yordam xizmati dispetcherlari qayta o‘qitilib, ularga nisbatan talablar
ham oshirildi, – deydi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi ilmiy
xodimi Bobur SHukurov. – Endi dispetcherlarning kasbiy mahorati va malakasini
mustahkamlash uchun ular qayta o‘qitiladi. Bugungi kun talabiga ko‘ra, dispetcher
faqat murojaatni yozib olib, uni kerakli mutaxassisga etkazish bilangina cheklanmay,
zarur holatda murojaat qiluvchiga tez tibbiy yordam brigadalari etib borguniga qadar
birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilishi bo‘yicha maslahatlar ham bera olishi lozim.
Tizimdagi islohotlarning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, birlamchi tibbiy
bo‘g‘inda tibbiy xizmatning tezkorligi ta’minlanib, shu orqali shoshilinch va
ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatga tushayotgan yuklamalar engillashtirilayapti. Ushbu
maqsadda yaqinda poytaxtimizdagi 60 ta oilaviy poliklinikalarning har biriga
ikkitadan, jami 120 dona “Damas” rusumli avtomashinalar topshirildi. Endilikda
bemorlarning uyiga borib, eng kerakli tibbiy muolajalarni amalga oshirish, zarur
holatlarda ularni oilaviy poliklinika yoki boshqa tibbiyot muassasasiga etkazib borish
hamda patronaj xizmatini ko‘rsatish kabi vazifalar o‘z vaqtida, kechiktirilmay amalga
151
oshiriladi. Avtomashinalar o‘z hududi bo‘ylab harakatlangani bois, yo‘llar
tirbandligidan kelib chiqadigan tez yordam birigadalarining kechikishi kabi
holatlarning ham oldi olinadi.
Mutaxassislar fikricha, mazkur tizimning bugungi holati, tez tibbiy yordam
xizmatining sifat va samaradorligini oshirish, shoshilinch tibbiy yordam sohasidagi
ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish hamda bu borada xalqaro hamkorlikni
chuqurlashtirish bo‘yicha mamlakatimiz Prezidenti tomonidan belgilangan aniq
vazifalar o‘z ijrosini topmoqda.
SHoshilinch tibbiy yordam haqida so‘z borganda, avvalo, kafolatlangan, sifatli
va tezkor tibbiy yordam nazarda tutiladi. Bugungi kunda yurtimizda mazkur sohani
rivojlantirish yo‘lida belgilangan vazifalar va joriy etilayotgan imtiyozlar,
ajratilayotgan zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar tizim mutaxassislari olib borayotgan
ilmiy izlanishlar saviyasini yuksak darajaga oshirishni taqozo etadi. SHuningdek,
shoshilinch holatlarda diagnostika va davolashning yangi istiqbolli usullarini ishlab
chiqish hamda rivojlantirish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Bu esa tez tibbiy
yordam xizmatining sifat va samaradorligini oshirish, aholining har bir murojaatiga
amaliy yordam bilan javob qaytarish, eng muhimi, xalqimizni ushbu tizim
faoliyatidan rozi bo‘lishiga erishishga xizmat qiladi.
Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida Respublika Sog‘liqni saqlash
vazirligi tomonidan “Shoshilinch va tez tibbiy yordam tizimi: dolzarb masalalar va
istiqboldagi rejalar” mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ana shular xususida
so‘z yuritildi. Ommaviy axborot vositalari vakillarini qiziqtirgan savollarga soha
xodimlari atroflicha javob qaytarishdi
Do'stlaringiz bilan baham: |