8.4. Diversiyalangan firmaning strategiyasini aniqlash.
Diversiyalangan kompaniya strategiyasini baxolashdagi asosiy masala, u kirib
borayotgan tarmokning jozibalilik masalasi xisoblanadi. Tarmok kanchalik jozibali
bulsa, firma oldida foyda olishning shunchalik yaxshi uzok muddatli istikbollari
ochiladi. Tarmokning jozibadorligini uchta yunalish buyicha baxolash mumkin:
1. Portfeldagi xar bir tarmokning jozibadorligi. Bunda kuyidagi savol urinli
buladi: «Bu tarmok kompaniya va unda ishlashi uchun etarli darajada yaxshimi?»
Kompaniyaga uz mablagini kuygan xar bir tarmok jozibalilik darajasi buyicha test
sinovidan utishi mumkin.
2. Xar bir tarmokning boshkalarga nisbatan jozibadorligi.
Bu xolda javob berilishi kerak bulgan savol, « Portfelning kaysi tarmogi
jozibalirok, kaysi biri jozibasizrok?» Tarmoklarni shu kursatkich buyicha turlarga
bulish korporatsiya resurslarini joylashtirish tugrisida karor kabul kilish uchun
dastlabki sharoit xisoblanadi.
3. Barcha tarmoklarning yagona gurux sifatidagi jozibadorligi. Bunda kuyidagi
savol kuyiladi: «Tarmoklar yigindisi kanchalar jozibali ?» Daromadlarning va foydasi
asosan
jozibasiz
tarmoklardagi
faoliyat
turlari
xisobiga
shakllanayotgan
kompaniyalar, balki uzining ishbop faollik portfelini kayta tarkiblash masalasini
kurib chikishi zarur buladi.
Diversifikatsiyalangan kompaniyalarning kupchiligini amalda quyidagicha
tasniflash mumkin:
- bog’liq va bog’liq bulmagan biznesning kamroq tabaqalangan qismi bilan
asosiy biznes bilan savdo xajmi buyicha tadbirkorlik qilish (korporatsiyaning tuliq
savdo xajmining taxminan uchdan bir yoki undan kamroq);
106
- bog’liq urta korxonalarning kamroq miqdori (2-5ta) bilan tor diversiyalangan
tadbirkorlik;
- kuplab bog’liq urta korxonalar bilan qat’iy tabaqalangan xolda ish olib borish;
- bog’liq bulmagan tarmoqlarda bir necha urta korxonalar bilan tor
diversiyalangan xolda ish olib borish;
- kupgina bog’liq bulmagan soxalarda kuplab urta korxonalar bilan qat’iy
differentsiyalangan xolda ish olib borish;
- bog’liq bulmagan tarmoqlardagi kuplab urta korxonalar bilan ishlash (biroq xar
bir soxadagi urta korxonalar guruxlarga birlashtirilgan);
Korporatsiya tomonidan qabul qilingan strategiyani baxolash quyidagi
bosqichlarni uz ichiga olishi lozim:
- mavjud strategiyani identifikatsiyalash;
- urta korxonalar portfelini taxlil qilish uchun uning bir yoki bir necha
matritsasini yasash;
- xar bir urta korxonaning uzoq muddatli jalb qiluvchanligini baxolash va
taqqoslash;
- ularning qaysi biri tarmoqdagi sharoitlarga eng yaxshi mos kelishini aniqlash
maqsadida kompaniyaning xar bir urta korxonasidagi raqobat kuchini baxolash va
taqqoslash;
- urta korxonalarni ularning faoliyat tarixi (evolyutsiya bosqichlari) va
istiqbollari buyicha saralash;
- xar bir urta korxonani korporativ strategiyaga mos kelishi jixatidan baxolash
va ularning korporatsiya uchun nisbiy strategik axamiyatini aniqlash;
- urta korxonalarni yangi investitsiya uchun imtiyozlari buyicha saralash, xar bir
urta korxona uchun asosiy taraqqiyot va strategik yunalishlarni belgilash (agresiv
rivojlanish, erishilgan yutuqlarni ximoyalash, «echintirish», «xosilni yig’ib olish»,
tugatish);
-
korporatsiyadagi
umumiy
diversifikatsiya
xolatini
aniqlash
(urta
korxonalardagi savdo xajmlarining nisbati, korporatsiya buyicha, ulardagi joriy
daromad buyicha);
- diversifikatsiya bazasini kengaytirish yoki qisqartirishning korporatsiya uchun
axamiyatini baxolash;
- bog’liq va bog’liq bulmagan urta korxonalarning firma portfelidagi nisbatini
baxolash;
- korporatsiyaning milliy miqyosdagi va biznesni baynalmilallashtirishdagi
rivojlanish tendentsiyalari;
- asosiy urta korxonalar va biznesdagi mavjud pozitsiyalarni kuchaytirish
buyicha sunggi hatti-harakatlarning natijalari;
- portfelni yangi urta korxonalar bilan tuldirish buyicha hatti-harakatlar;
107
- zaif va bush urta korxonalarni qisqartirish;
- urta korxonalardagi investitsiyalarning nisbatini baxolash;
- strategik maqsadlarni amalga oshirish va raqobatli ustunliklarni ustirish
buyicha korporatsiyani boshqarish samaradorligini baxolash;
Taxlil natijasida ushbu yunalishlar buyicha quyidagi savollarga javob topish
lozim:
- firmaning portfelida kerakli urta korxonalar bormi?
- portfelda daromadli urta korxonalar soni etarlimi?
- rivojlanayotgan va sunib borayotgan urta korxonalar urtasida muvozanat
bormi?
- «rivojlanayotgan g’oliblar»ni va «suroq belgilari»ni moliyaviy ta’minlash
uchun «daromad ishlab chiqaruvchi»lar etarlimi?
- kompaniyaning asosiy biznesi etarlicha daromadli va istiqbollimi yoki u
«sog’in sigir»mi?
- firmaga shuncha urta korxona xaqiqatdan ham kerakmi yoki ularni qisqartirish
kerakmi?
- firmada korporatsiya miqyosida katta ulushga ega bulgan tarmoq peshqadami
bormi yoki firma urtacha-zaif pozitsiyalardagi kuplab urta korxonalardan iboratmi?
- korporatsiyaning umumiy pozitsiyasini yaxshilash uchun qaysi urta korxona
faoliyatini tugatish kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |